L iderlik.
Lider asosan m a’lum bir guruhda o'zi boshchilik
qilayotgan yo'nalishlarda shaxslararo (norasmiy) munosabatlarni
boshqarib, u o'z guruhi a'zolarining kuchli va salbiy tomonlarini,
ijobiy va
salbiy
odatlarini,
shuningdek,
ularning
psixologik
xususiyatlari, kayfiyatlari, moyilligi, intilishlari hamda qiziqishlarini
yaxshi bilganligi sababli yetakchilik qiladi. Ixtiyoriy jam oada turli
yo'nalishlarda liderlar bo'lishi mumkin. Masalan, turli xil tadbirlarni
(jamoa a'zolarining turli xil uy ishlarida hasharlar, dam olish
tadbirlari, guruh bo'lib turli xil ziyofatlar uyushtirish va h. k.) tashkil
etish bo'yicha jam oatchilik yo'nalishida, sport yoki sportning m a’lum
bir turi bo'yicha, o'quv jarayonini tashkil etish yoki fanlarni yuqori
darajada o'zlashtirish yo'nalishlarida.
Lo yih alash
- Pedagogik jarayonlarni tashkil
etish
va
boshqarish jarayonlarini loyihalashda tizimli ob'yekt sifatida yaxlit
pedagogik jarayonni
rivojlantirish
va
uning
unikal
modelini
takom illashtirishga tashkil etuvchi qism lar ta’sir ko'rsatishining
ahamiyatini inobatga olish, shuningdek, bir xil va teng sharoitlarda
pedagogik jarayonlarning rivojlanishiga ko’proq ta ’sir ko'rsatuvchi
ba’zi qism va bo'g'inlarni o'zgartirishga imtiyozlar berish zarur.
Shuningdek, pedagogik jarayonlarning integrativ tabiatiga mos
rivojlantiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish
mexanizmlarini
loyihalashtirish
pedagogik
jarayonlarda
69
o'rganiladigan tushunchalarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini
hamda
axborotlarning
yangiligi
va
ishonchliligini
ta ’minlash
zaruriyatini belgilaydi.
Bunda dars (m a’ruza. seminar, amaliy mashg'ulot, ekskursiya),
darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar (davra suhbati,
uchrashuv, turli musobaqa va tanlovlar, konferensiya va h.k.),
mustaqil ta'lim hamda tarbiyaviy munosabatlar (inson-inson, inson-
texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san'at-
inson kabi tarbiyaviy m unosabatlar) jarayonlarini, shuningdek ta ’lim
muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik tajriba-sinov ishlari
hamda talabalar (oliy o'quv yurtlari va o'rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari talabalari) uchun tashkil etiladigan pedagogik
amaliyot yaxlit, bir butun dinamik tizim ko'rinishida tasavvur qilinib
loyihalashtirilishi zarur.
Pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish va tashkil etishda dars
va darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar, mustaqil ta’lim,
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari hamda pedagogik amaliyot va
pedagogik
tajriba-sinov
jarayonlarining
o'zaro
bog'liqligi
va
aloqadorligini ta ’minlash o'quvchi-talabalar uchun tashkil etiladigan
ta’lim-tarbiya
jarayonlari
natijaviyligi
hisoblangan
pedagogik
jarayonlar samaradorligini ta ’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |