0 ‘zbekiston respublikasi oliy ya



Download 12,24 Mb.
bet41/64
Sana13.07.2022
Hajmi12,24 Mb.
#786257
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
Ish yuritish (A.Hasanov, R.Ishmuxamedova)

Nazorat savollari

I Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlarini ko‘rib chiqish masa- lalarini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatni ayting.


2. Fuqarolar yozma murojaatlarining qaysi turlarini bilasiz? Ularga tavsifbering.
3. Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlarini ko'rib chiqish mud- datlari.
4. Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat qaysi organlar tomonidan amalga oshi-
riladi?


11-BOB | HUJJATLARNI OPERATIV
SAQLASHNI TASHKIL ETISH


11.1. Ish yuritishda ijro etilgan hujjatlarni saqlashni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
Yig‘majildlar nomenklaturasi
Tashkilotning hujjat aylanmasi hujjatlarni ijro etish bosqi- chidan keyin tugallanadi. Biroq hujjatlarda ifodalangan axborot tashkilotning kelgusi ishida kerak bo‘ladi. Binobarin, hujjatlarhi tizimga solish —boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlashdagi muhim vazifalardan biri. Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar shunday saqlanishi lozimki, ularni osongina topish, ularning butligini va saqlashning muayyan shart-sharoitlarini ta ’minlash (yorug'likdari, changdan saqlash va sh.k.), shuningdek, ulardan g'ayriqonuniy foydalanishning oldini olish m um kin boTsin. Kundalik isti yuritishda hujjatlarni saqlashning belgilangan tartibini ta’minlasii
— tashkilot arxiv fondini to‘g‘ri va toTiq shakllantirishning ka- folatidir. i
Hujjatlar yig'majildlarga joylanadi. Hujjatlar yig‘majildi —bir masalaga yoki faohyat jabhasiga taalluqli bo'lgan, bir muqovaga ichiga joylangan hujjatlar majm ui. H ujjatlar y ig (majildinj shakllantirish — bu hujjatlar yig'majildlari nomenklaturasiga muvofiq hujjatlar yig'majildlaridagi ijro etilgan hujjatlami guruh- larga bo‘lishdir. j
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi — tashkilotda yuritila digan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ularni saqlasn muddatlari ko‘rsatilgan holda tartibga solingan hujjatlar yig'majildlaii sarlavhalari ro‘yxatidir. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi hujjatlarni asosli ravishda taqsimlash ham da yig'm ajildlarni shakllantirish, hujjatlarni izlash hamda yig‘majildlar hisobi yuriti hshini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Tashkilotlarda tarkibiy boTinmalar, jamoat tashkilotlarinin hujjatlar yig'majildlari nomenklaturalari va ular asosida barcha tashkilotlarning hujjatlar yig‘majildlari yig‘ma nomenklaturasji tuziladi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kohejlari kadrlar bo‘limli yig'majildlarining taxminiy ro'yxati ilovada keltirilgan (23-ilova).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tarkibiy tuzilmalar va jamoat tashkilotlari hujjatlar yig'ma- jildlari nomenklaturasi yetakchi mutaxassislar jalb qilingan holda, hujjatlar uchun javobgar shaxs tomonidan tuziladi, idoraviy arxiv bilan kelishiladi va uning rahbari tomonidan imzolanadi (21- ilova).
Hujjatlar yighuajildlari yighna nomenklaturasi ishlar bosh- qarmasi, umumiy bodim, kanselariya, kotib tomonidan tuziladi, tashkilotlarning markaziy ekspert (ekspert) komissiyasi (MEK, EK), so'ngra arxiv muassasasining ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) bilan kelishiladi va tashkilotlar rahbari tomonidan tasdiq- lanadi (22-ilova).
Hujjatlarni davlat saqloviga topshirmaydigan tashkilotlar hujjatlaryig'majildlari nomenklaturasini yuqori tashkilotning MEK (EK)si bilan kelishib olishadi.
Hujjatlar yig'majildlari nomenklaturasini tuzishda namunaviy va taxminiy hujjatlar yig'majildi nomenklaturasiga, namunaviy va idoraviy ro'yxatlar saqlash niuddatiga, idoraviy arxivlar ishlarining asosiy qoidalariga amal qilinishi lozim.
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasiga tashkilot ishlarining barcha hujjatlashtirilgan uchastkalarini aks ettiruvchi hujjatlar yig'majildi sarlavhalari, shu jumladan, madumot va nazorat kartochkalari, shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, hujjatlar yig‘ma- jildlari nomenklaturasi kiritiladi.
Har bir hujjatlar yig‘majildiga tarkibiy bo'linma indeksidan (tarkibiy bodinmalar tasnifi bo‘yicha) hujjatlar yig'majildlari nomenklaturasi bo'yicha tartib raqamidan iborat bo‘lgan indeks beriladi (masalan: 03—12). Hujjatlar yig'majildida bir nechta jildlar (qismlar) mavjud bo‘lganda indeks har bir jildga „1 j, 11 j “ qo‘shimchasi bilan qo‘yib chiqiladi.
Tashkilotda kelgusi kalendar yilga hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi kelgusi yilning oxirgi choragida, belgilangan shaklda tuziladi, zarurbo‘lgan nusxada chiqariladi va 1-yanvardan boshlab harakatga tushiriladi. Hujjatlar yig‘majildi nomenklaturasi tashkilot funksiyalari va tuzilmalari o'zgargan taqdirda, biroq 5 yilda kamida bir marta qayta tuziladi va kelishib olinadi.
U har yili tegishli to‘g‘rilashlar bilan qayta tuziladi va tasdiq- lanadi. Tashkilot hujjatlaryig‘majildlari yig‘ma nomenklaturasining birinchi nusxasi ishlar boshqarmasida, umumiy boMimda, kan-


selariyada, kotibda saqlanadi, ikkinchisidan — ish nusxasi sifatida foydalaniladi, uchinchisi —idora arxivida turishi kerak, to'rtinchisi
— hujjatlar yig'majildlari nomenklaturasi kelishib olingan arxiv muassasasida qoladi.
Yil davomida tasdiqlangan hujjatlar yig‘majildlari nomenk- laturasiga hujjatlar yig'majildi yuritilganligi to‘g‘risidagi, yangi hujjatlar yig‘majildlari kiritilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Yil oxirida unga turlari va yuritilgan hujjatlar yig‘majildlari to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar kiritiladi. Tashkilot hujjatlar yig'majildlari nomenklaturasining yakuniy yozuvi tarkibiy bojinmalarning hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasining yakuniy yozuvlari asosida tuziladi.



Download 12,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish