uigan ariza yoKi MiiKoyauar esa, o n Desn Kunuan KecniKurmay
ko'rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni kolrib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Davlat organlari fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunga xilof harakatlarning (harakatsizlikning) darhol oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rishlari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlashlari, murojaat qilganliklari munosabati bilan fuqarolar ta’qib qilinishining belgilangan tartibda oldini olishlari shart.
Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozrna shaklda xabar qilishi shart.
Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo'lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organi, uning mansabdor shaxsi murojaatni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishi, agar fuqaroga uning luiquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zararyoki tua’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kom- pensatsiya qilishga doir chora-tadbirlar ko‘rishi ham shart.
Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqayotgan davlat organ- lari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni o ‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda umumlashtiradilar hamda tahlil etib boradilar.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.
huqaroiarnmg murojaatlarim qabul qilisnni va ko rib cniqisnni asossiz ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish. fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini ta'minlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun ta'qib qilish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |