Nazorat savollari
1. „Hujjat“ tushunchasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
2. Hujjatlashtirishning qaysi tillari va usullarini bilasiz?
3. Axborotni qayd etishning zamonaviy vositalarini ayting.
4. Axborot resurslarini yaratish, saqlash va ulardan foydalanishning huquqiy rejimi qaysi qonunda belgilangan?
5. Shaxsiy hujjat rasmiy hujjatdan nima bilan farq qiladi?
6. Rasmiy hujjatning yuridik kuchi nima bilan belgilanadi?
IIUJJAlJLAJKTNl K IK AlL/JLAoJtl 1 l K lo x l |
2-BOB. VA S T A N D A R T L A S H T IR IS H . H U J J A t - LA R N IN G B IR X IL L A SH T IR IL G A N j
T IZ IM L A R I !
Fan va texnikaning rivojlanishi, mulkchilik yangi shakllarining yuzaga kelishi, iqtisodiy va m adaniy aloqalarning yanaijia kengayishi, ijtimoiy jarayonlarning faollashuvi boshqaruv faoliyati uchun zarur axborot hajmlarining sezilarli darajada ko'payishiga olib keldi. XX asr boshida qo'llanilgan hujjatlarda ifodalangan axborotga qo'lda ishlov berishdan tortib, ishlov berishning mexarli- zatsiyalashtirilgan, so'ngra — avtomatlashtirilgan usullarigacha|— hujjatlar bilan ishlashni oqilonalashtirish jarayoni shu yo‘ldan bofdi. Biroq tartibsizlikni avtomatlashtirish mumkin emas, awal ishlbv berish va foydalanish lozim bo‘lgan hujjatlami tartibga solish kefak.
Hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi bir xillashtirish (unifikatsiya qilish) va standartlashtirishdir.
Unifikatsiya (lotincha unis —bir va ...fikatsiya) qilish - muayyan narsani bir tizimga, shaklga solish, bir xillashtirish. Unifikatsiya qilish standartlashtirish metodlaridan biri hisoblanadi1. j
Hujjatlarni bir xillashtirish boshqaruv faoliyatida qo‘llani- ladigan hujjatlar sonini kamaytirish, bir turdagi boshqaruv vazi- falarini hal qilish chog‘ida yaratiladigan hujjatlami rasmiylashtirishga bir xil talablami belgilash, hujjatlami tayyorlash va ularga ishlov berishga mehnat va vaqt sarfi hamda moddiy xarajatlami kamaytirish, faoliyatning turli tarmoqlarida tashkil etiladigan m a’lumotlar bazalarining informatsion muvofiqhgiga erishish maqsadida amajga oshiriladi. \
Har qanday tashkilotning boshqamv faoliyati u bajaradigan vazifalar (funksiyalar) majmui bilan tavsiflanadi. Har qanday tashkilotga xos bo'lgan ayrim namunaviy funksiyalar mavjud. Bujar: tashkiliy-farmoyish faoliyati, rejalashtirish, hisob, hisobot yuritish va b. 0 ‘ziga xos funksiyalar (tarmoq funksiyalari) ham borki, ujlar tashkilotda mavjud bo'lmasligi mumkin; masalan, ta’lim faoliyati har qanday taslikilotga xos emas. !
Do'stlaringiz bilan baham: |