Tayyorlash asuliga qarab, faksimil va erkin nusxalar farqlanadi.
Faksimilnusxada hujjatning barcha tashqi belgilari, rekvizitlarni rasmiylashtirishning badiiy xususiyatlari, ularning joylashuvi aniq aks ettiriladi. Faksimil nusxalarni tashkiliv texnika vositalari yorda- mida, bosma usulda tayyorlash mumkin.
Hujjatning erkin nusxasi qo‘lda yozilishi yoki yozuv mashinasida (kompyuterda) ko'chirilishi mumkin. Unda rasmiy hujjatdagi
ma’lumotlar to'liq aks ettirilishi mumkin, biroq tashqi belgillar (masalan, shrift) mutlaqo aniq aks ettirilmaydi. i
Tashkilotda tayyorlanadigan nusxa unda „Nusxalaming tasdiq- langani haqida belgi“ rekvizitini toTiq yoki qisqacha shaklda qo'yish yoTi bilan tasdiqlanadi. !
Nusxalaming quyidagi turlarifarqlanadi: to ‘liq nusxa; ko ‘chirma; jo ‘natma. j
Rasmiy hujjatning qoTga beriladigan to‘liq nusxasi „Nus- xalarning tasdiqlangani haqida“gi belgi bilan toTiq shaklda tashkilotning gerbli m uhrini qo‘yish yo'li bilan tasdiqlanishi lozim.
Agar rasmiy hujjat ko‘p sonli tashkilotlar yoki ijrochilar e’tiboriga havola qihnishi yoki ijroga topshirihshi lozim bo'lsa, uning nusxasi tashkiliy texnika vositalari yordamida zarur miqdorda tayyorlanadi. Bu holda nusxa ko'chirish asl nusxadan emas (rahbar imzosidan bunday usulda nusxa ko‘chirishga ruxsat etilmaydi), balki ko‘paytirish uchun maxsus tayyorlangan, „Im zo“ rekviziticja rahbaming shaxsiy imzosi bo‘lmagan hujjatning takroriy nusxasidan amalga oshiriladi. Mazkur rekvizitdan pastroqda „Nusxalamirig tasdiqlangani haqida“gi belgi to‘hq shaklda qo‘yiladi va kanselyariya muhri bosiladi (tashkilotning gerbli muhridan ham bunday usulqa nusxa ko'chirish mumkin emas). i
Rasmiy hujjatdan, masalan, buymq, bayonnomadan kop chirma toTiq nusxani tayyorlashga hojat boTmagan holda tay- yorlanadi. Ko'chirma quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi: ;
— hujjat turining nomida „buyruqdan ko‘chirma“, „bayori- nomadan ko‘chirma“ deb ko‘rsathadi; I
— rasmiy hujjatning kirish qismi (agar u boTsa) toTiq aks ettiriladi; j
— hujjat matnining asosiy qismidan zam r band ko'chirib olinadi; j
— „Imzo“ rekviziti (shaxsiy imzosiz) aks ettiriladi; !
— nusxalarning tasdiqlangani haqidagi belgi toTiq shaklda qo'yiladi va muhr bosiladi. j
Jo'natma —bu jo'natilayotgan hujjatning tashkilot yig‘majildiga tikiladigan nusxasi, hujjatning, masalan, xizmat xatining asl nusxasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
manzilga yuboriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasida nusxaning tasdiqlangani haqidagi belgi qisqa shaklda, ya'ni uni tasdiqlagan shaxsning lavozimini ko'rsatmasdan va imzosini yoymasdan qo'yiladi. Agar jo‘natma tashkilot blankasida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, unga sana, ro'yxatga olish raqami harnda indeks va sanaga ishora birinchi nusxadan ko'chirilishi lozim.
Hujjatning nusxasini uning dublikatidan farqlash lozim. Dublikat —hujjat asl nusxasining yuridik kuchga ega bo'lgan takroriy nusxasi. Dublikat asl nusxa (masalan, tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma, attestat yoki diplom) yo'qolgan holda asl nusxa bilan bir xil blankada tayyorlanadi. Dublikatda haqiqiy muhr hamda dublikat rasmiylashtirilayotgan paytda mazkur hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxslarning imzolari bo‘ladi. Dublikatda o ‘ng yuqori burchakda ,.dublikat“ so‘zi ko'rinishida belgi qo'yiladi.
? Nazorat savollari
1. Hujjatning asl nusxasi nima?
2. Hujjatning nusxasi nima?
3. Hujjat nusxasi qachon yuridik kucli kasb etadi?
4. Tashkilotlarda hujjatlarning nusxalarini berish qoidalari qanday?
5. Faksimil nusxaning erkin nusxadan farqi nimada?
6. Nusxalarning tasdiqlangani haqidagi belgi nima va u hujjatda qaerda qo'yiladi?
7. Nusxalarning qanday turlari mavjud?
8. Rasmiy hujjatning to'liq nusxasi qanday rasmiylashtiriladi?
9. Ko‘chirmani rasmiylashtirishning o'ziga xos xususiyati nimada?
10. Hujjat jo'natmasi nima va u qanday tasdiqlanadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |