20.2. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojiantirish holati
Globallashuv sharoitida 0‘zbekistonda xalqaro turizm sohasini rivojiantirish uchun
qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga kelganligi, turizmning respublika
iqtisodiyotiga yanada integrat- siyalashuvi mamlakat iqtisodiyotida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma’lumki, xalqaro turizm
sohasi mamlakat budjeti uchun zarur boigan valyuta tushumini ta’minlash, yangi
ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda, aholining turmush darajasini
ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi
imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi. 0
‘zbekistonning geografik o‘mi, nihoyatda qulay, tabiiy iqlim sharoitiga ega
ekanligi, insoniyat rnadaniy taraqqiyotida ham katta o‘rin tutadi. 0‘zbekiston
betakror, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil
milliy taomlari, ajoyib milliy an’analari, urf-odatlariga ega boigan mehmondo‘st
xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborim o‘ziga tortadi va ulami
0‘zbekistonga yana qayta kelishiga undaydi. Nufuzli olimlaming fikriga ko‘ra,
0‘zbekiston davlatchi- ligining shakllanish tarixi miloddan awalgi ikki minginchi
yillardan boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davmi qamrab oladi. Ko‘hna Rim
va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta asrlar ilm-fani, san’ati va
madaniyatining virik markazlari sifatida dunyoga dong taratgan va YlMESKOning
Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz
shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish
markazlari boiib kelgan.
327 Qadimiy madaniyatlar beshigi bo‘lgan bu shaharlarda ilk va keyingi o‘rta
asrlardayoq ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalari, hunar- mandchilik va savdo-sotiq keng
rivojlangan, muhtasham saroylar, masjid va madrasalar barpo etilgan. Bunday
go‘zal shaharlarni bunyod etish uchun nafaqat mohir usta va quruvchilar, balki
matematika, astronomiya, fizika, arxitektura, geometriya, geode- ziya,
seysmologiya va kimyo kabi fundamental fanlarni chuqur biladigan olimlarning
bilim va tajribasi ham kerak bo‘lgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalqaro
turizmning pay do bo‘lish va shakllanish tarixining tahlili savdo munosabatlarini
o‘matish, dam olish va sayohat bilan bir qatorda, dunyo xalqlarining tarixi,
madaniyati, urf-odat va an’analarini o‘rganish, bilish va buning natijasida odamlar,
elu elatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘ri- kenglik fazilatlarini mustahkamlash ham
turizmning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan. Xalqaro darajada turistik xizmatlar
bozorining rivojlanish ten- densiyalarini ko‘rib chiqishda ko‘pgina davlatlar uchun
chiquvchi turistlar oqimining o‘sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda
chiquvchi turizmning yuqori sur’atlarda ko‘payishi kuzatilmoqda. Chiquvchi
oqimning yillik eng yuqori ko‘payish sur’atlari Birlash- gan Arab Amirligida —
49, 8%, Kipr mamlakatida — 40,7%, Turkiya mamlakatida - 31,9% ni tashkil
qilmoqda6s. Dunyoda hajmi bo‘yicha barqaror hisoblangan ekskursiya- tanishuv
turizmi bo‘yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH va Germaniya davlatlari
xizmat maqsadidagi safarlar bo‘yicha ustunlik qilmoqda. Xalqaro turizmni
rivojlantirishda 0 ‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik, tinchlik- totuvlik muhim
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Xalqaro turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori 1ю‘ИЬ, chet el valyutasi
va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin soha- laming tez o‘sishiga, aholi
bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning dunyo
hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam
sarf – xarajat ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |