0 ‘ZBEKIST0NDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
Xalqaro turizmni rivojlantirishda «Buyuk Ipakyo`li» va xalqaro turizm
yarmarkalarining o*rni
O‘zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib
turadi. Mustaqillikdan oldin 0 ‘zbekiston aholisi sobiq markaz ruxsati bilangina
chet ellarda sayohat qilib kelar edi, xorijiy turistlar ham avval Moskvaga kelib,
so‘ng 0 ‘zbekistonga tashrif buyurar edi. Buning ustiga, turizmdan olinadigan
barcha daromadlami (shuningdek, valyuta daromadlarining ham ham- masini)
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sobiq markazga jo‘natish majburiy edi. Xorijiy turistlarga
ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 0 ‘zbekiston budjetidan qoplanar, buning evaziga
markazdan hech nima olinmas edi, natijada xalqaro turizmdan 0 ‘zbekiston zarar
ko‘rar edi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, 0 ‘zbekiston hukumati xalqaro turizm
sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qarata boshladi va buning uchun mas’ul
boigan yagona tashkilot tuzildi. 0 ‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning
rivojlanishi uchun mas’ul boigan tashkilot «0‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi
hisoblanar edi. Milliy kompaniyaning faoliyat yuritishi davomida respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirishda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Oldinlari
turistlar uchun dam olish uylari, turistik bazalar, kempinglar zamonaviy talablarga
javob bera olmas edi, chunki ulami ta’mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari
sobiq markaz tomonidan ko‘rib chiqilar edi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, bu
holatga, shuningdek, xalqaro turizm sohasidan olingan daromadning barchasini
respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. 0 ‘zbekiston xalqaro
turizm sohasida bozor munosabatlari amal qila boshladi, duvlatning ko‘plab
turistik korxonalari xususiylashtirildi, turistik
mahsuiot yaratish hamda shu kabi mahsulotga mustaqil narx belgilash erkinligi
yaratib berildi. Natijada turistik xizmatlar bozorida korxonalar o‘rtasida sogiom
raqobat yuzaga keldi. « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining vujudga kelishi va
bu tashkilotning 1993-yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo bo'lib kirishi 0
‘zbekiston xalqaro turizmi taraqqiyotida qo‘yilgan ulkan qadam boidi.
Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko‘tarish va samarali faoliyat
ko‘rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.
Xalqaro turizmning paydo boMish va shakllanish tarixini tahlil qilar ekanmiz,
savdo munosabatlarini o'rnatish, dam olish va sayohat bilan bir qatorda, dunyo
xalqlarining tarixi, madaniyati, urf- odat va an’analarini o‘rganish, bilish va buning
natijasida odamlar, elu elatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik fazilatlarini
mustahkamlash ham turizmning muhim tarkibiy qismi bo‘lganiga yana bir bor
ishonch hosil qilamiz. 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
aytganlaridek, “Xalqaro turizmni rivojlantirish va uning samaradorligini
belgilaydigan eng muhim omillar, hech shubhasiz, butun dunyoda, turli
mintaqalarda, sayyohlami qabul qiladigan har bir davlatda tinehlik, xavfsizlik,
siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat boiib qolmoqda”64. 0
‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan
yana bir muhim hujjatlar qatoriga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-
yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda 0 ‘zbekiston Respublikasi
ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi
ehora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur farmonni amalga oshirish
maqsadida e’lon qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyundagi « 0 ‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamo- naviy
infratuzilmasim barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini xalqaro
turizmni rivojlantirish dasturi sifatida kiritish mumkin.
0 ‘zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak yoii» ning tutgan
o‘rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Etir necha asrlar davomida ushbu zaminning
G‘arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubi-sharqiy Osiyodan to 0 ‘rta Yer
dengizi mamlakatlarigacha cho‘zilgan va «Buyuk Ipak yoii» deb nom olgan savdo-
sotiq yo‘li bir-biri bilan bog‘lab turar edi. Bu yo‘lga «Ipak Yo‘li», deb nom
berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlaming asosiy qismi
ipak matolari va mahsulotlari boiganligidandir. Ipak tayyorlash bilan bogiiq boigan
sir-asrorlami Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa davlatlardan yashirib
kelgan. Ammo «Buyuk Ipak yoii» orqali tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina
iborat boimay, balki bu yoi orqali bronza, chinni, jun, xomashyolar va ulardan
tayyorlangan buyumlar ham bor edi. «Buyuk Ipak yoii» qariyb ikki ming yillik
tarixga ega boiib, bu yo‘1 asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga
borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o‘tib Qashqar
va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yoi ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan
Takla-Makon sahrosini aylanib o‘tib, Lobnor koii yaqinida yana qo‘shilgan va
Xitoygacha borgan. Buyuk Ipak yoiida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib
kelgan. Ushbu hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo‘jand, Choijuy
kabi qator shaharlar Ipak yoiidagi asosiy manzillar boigan. 0 ‘zbekiston o‘zining
qulay geografik o‘mi tufayli, bu tarixiy yoida markaziy o‘rinni egallagan. «Buyuk
Ipak yoii» ko‘p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta
o‘rin egallagan. Uning tarixda tutgan o‘mi hamda ahamiyatini tiklash, bu yoida
xalqaro turizmni rivojiantirish kabi maqsadlami moijallab, 1994-yilning oktabr
oyida Birlashgan millatlar tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO
ishtirokida 0 ‘zbekistonda Butunjahon turistik tashkilotining kengashi boiib o‘tdi.
Kengash a’zolari Ipak yoii bo'у lab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga
qaratilgan Samarqand Deklaratsiyasini qabul qildi. 1995-yilning oktabr oyidan
boshlab Toshkent shahrida «Ipak yoiida turizm» nomi bilan birinchi marotaba
Xalqaro turistik yarmarka o‘tkazildi. Shundan keyin ushbu
325 xalqaro turistik yarmarka har yili muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Bu xalqaro turistik yarmarkalarda tuzilgan shartiioma va bitimlar xalqaro turizmni
yanada rivojlantirish, respublikaning xalqaro turizmga oid imkoniyatlarim ishga
solish hamda «Buyuk Ipak yoii»ga xos boigan qadimiy an’analami tiklashga keng
yo‘l ochib bermoqda. Toshkent shahridagi « 0 ‘zekspomarkaz»da «Xalqaro turizm
ko‘rgazmasi - 2016» boiib o‘tdi. Ko‘rgazmada jami 855 ta kompaniyalar va 43 ta
davlatdan kelgan (Fransiya, Shveytsariya, Ruminiya, Chexiya, Turkiya, Isroil,
Italiya, BAA, Eron, Hindiston, Xitoy, Tailand, Malayziya, Singapur, Rossiya,
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar) 65 ta
xorijiy kompaniyalar ham o‘z xizmat turlari bilan ishtirok etdi. Har yilgi
ko‘rgazmalarga yangi, ta’lim, tibbiyot va geoturizm yo‘naIishlari kiritilmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni o‘n uch ming nafardan oshib ketdi.
Yarmarka turistlami qabul qilish va ichki turizm, ekoturizm, faol va sarguzashtli
turizm, ekskursiya va sog‘lomlashtirish turizmi, turistik ma’muriyatlar va milliy
ofislar, turistik agentliklar va turoperatorlar, otellar, sanatoriya-kurort majmualari,
dam olish maskanlari, havo yo‘llari va yo‘lovchi tashuvchilar, uyushmalar, ta’lim
muassasalari, muzeylar, teatrlar, transport va sug‘urta kompaniyalari, onlayn-
bronlashtirish tizimlari kabi keng qamrovga ega ekspozitsiyalami o‘zida
birlashtiradi. Shuningdek, xalqaro turistik yarmarka yakunlariga ko‘ra, yilning
«Eng yaxshi turistik yo‘nalishi», «Eng yaxshi turistik kompaniya», «Eng yaxshi
turistik imkoniyatlar». «Eng yaxshi ko‘rgazma stendi», «0‘zbekiston hududlari
ichida eng yaxshi taqdimot», «Eng yaxshi hudud stendi», «Eng yaxshi
mehmonxona taqdimoti» kabi nomi- natsiyalar bo'yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom
va esdalik sovg‘alari topshiriiadi. Bundan tashqari, yarmarkaning ta’lim turizmiga
bag‘ishlangan yangi boTimi boshqa mavzuga oid yo‘nalishlar ichida o‘z bilimini
yanada oshirishga intiluvchi yosh avlod vakillari orasida katta qiziqish
uyg‘otmoqda. Unda respublikamizda ushbu sohaga kadrlami yetishtirib berayotgan
yetakchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari - Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Singapur menejmentni
rivojiantirish instituti, poytaxtdagi kasb-hunar kollejlari, “Turizm sohasida malaka
oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi” Davlat unitar korxonasi vakil lari
ishtirok etib, sayyohlik sohasida milliy kadrlami tayyorlash tizimi bilan yaqindan
tanishtirdilar. Yarmarka o‘tkaziladigan kunlarda turizm muammolariga
bag‘ishlangan anana- viy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |