0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Soliq  va  majburiyatlar
95


Xorazm  davlati  (keyinchalik  Xiva  xonligi) 
tarixida  Ko‘hna  Urganch,  Vazir,  Yangi  Ur­
ganch  va  Xiva  poytaxt  maqomiga  ega  bo‘lgan  shaharlardir.  Ko‘hna 
Urganch  (asl  nomi  Gurganj,  miloddan  avvalgi  I  asrdagi  manbalarda 
uchraydi)  X  asming  ikkinchi  yarmida  Xorazmda  markazi  Gurganj 
shahri  bo‘lgan  amirlik  tashkil  etildi.  Amir  Ma’mun  ibn  Muhammad 
995-yilda  Kot  shahridagi  xorazmshohlar  hokimiyatini  ag‘dardi  va 
o‘zini  Xorazm  hukmdori  -   Xorazmshoh  deb  e’lon  qildi.
Shu  tariqa,  Gurganj  Xorazm  davlatining  poytaxtiga  aylandi.  Sha- 
har  tez  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Ilm-fan  yuksaklikka  ko‘tarildi.  Xo­
razmshoh  ma’muniylar  tashkil  etgan  ilm-fan  markazi  (Ma’mun  aka- 
demiyasi)da  zamonasining  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino 
kabi  o!nlab  allomalari  shu  ilm  maskanida  faoliyat  yuritdilar.  Ko:hna 
Urganch  Buyuk  Xorazmshohlar  davlatining  ham  poytaxti  bo‘lgan. 
Biroq  shahar  Chingizxon  boshchiligidagi  mo‘g‘ul  qo‘shini  tomonidan 
vayron  qilindi.
22-mavzuda  ta’kidlanganidek,  Amudaryo  o‘z  o‘zanini  o'zgartirib 
Kaspiy  dengiziga  emas,  Orol  dengiziga  quyila  boshlashi  tufayli  Gur­
ganj  shahri  suvsiz  qoldi.  Natijada,  odamlar  har  tomonga  ko‘chib  keta 
boshladi.  Xiva  xoni  Abulg‘oziy  Bahodirxon  1646-yilda  boshqa  sha­
har -   Yangi  Urganch  shahrini  qurdirdi.  Sarson-sargardon  bo‘lib  yur- 
gan  aholini  shu  shaharga  ko‘chirtirib  keldi.  Avvalgi  Gurganch  (Ur­
ganch)  shahri  endi  Ko‘hna  Urganch  deb  ataladigan  bo‘ldi.  Abulg‘oziy 
Bahodirxonning  o‘g‘li  Anushaxon  hukmronligi  davrida  Yangi  Urganch 
yaqinida  Shohobod  nomi  berilgan  katta  kanal  qazildi.  Kanal  shahar 
obodonchiligida  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.
Xiva  Xorazmning  eng  mashhur  va  eng  qadimiy 
shahridir.  U  mil. avv.  V  asrda  bunyod  etilgan.  Uning 
butun  tarixi  Xorazm  tarixi  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib  keldi. 
Xivaning  mashhurligi  bunyod  etilgan  davrlardanoq  u  orqali  Sharq  bi­
lan  G‘arbni  bog!lovchi  savdo  yo‘li  o !tganligi  bilan  izohlanadi.  Xiva 
XVII  asrning  birinchi  choragidan  1920-yilgacha  xonlikning  poytaxti 
bo‘lib  keldi.  1997-yilda  (xalqaro  YUNESKO  tashkilotining  qarori  bi­
lan)  Xiva  shahrining  2500  yilligi  katta  shodiyona  va  faxr  bilan  ni- 
shonlandi.  Shahar  dunyoda  „Ming  gumbaz  shahri“  nomi  bilan  ham 
mashhur dir.
Xiva  shahri
9 6


XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xiva  shahrida  ikkita  xon  saroyi, 
o‘n  yettita  masjid  va  yigirma  ikkita  madrasa  mavjud  bo‘lgan.  XIX 
asrda  Xiva  shahri  bir-biridan  devor  bilan  ajralib  turuvchi  ikki  qism- 
ga  -   Ichan  qal’a  (Ichki  shahar)  va  Dishan  qal’a  (Tashqi  shahar)ga 
bo‘lindi.
Ichan  qal’a
Ichan  qal’a  bobolarimizdan  qolgan  0 ‘rta  Osiyodagi 
yirik  va  noyob  me’moriy  yodgorlikdir.  Ichan 
qal’a  Xiva  shahrining  ichki  qal’a  (Shahriston)  qismidir.  Ichan  qal’a 
Dishan  qal’adan  devor  bilan  ajralib  turadi.  Unga  Bog’cha,  Polvon, 
Tosh  va  Ota  deb  nomlangan  to‘rtta  darvoza  orqali  kirilgan.  Xorazm 
o‘lkasi  me’morchiligining  ajoyib  obidalari  -   madrasa,  masjid,  xon 
saroyi,  ma’muriy  binolar,  bosh  maydon  va  minoralar  Ichan  qal’ada 
joylashgan.  Muhammad  Rahimxon,  Olloqulixon  va  Muhammad 
Aminxon  hukmronliklari  davrida  Ichan  qal’ada  keng  ko‘lamli  bun- 
yodkorlik  ishlari  amalga  oshirildi.  Muhtasham  saroy,  madrasa  va 
maqbaralar  barpo  etildi.  Ko‘hna  arkdagi  saroy  qurilishi  tugallandi. 
Muhammad  Aminxon  Ichan  qal’aning  g‘arbiy  qismidagi  Ko‘hna  ark 
yoniga  Kalta  minor  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan  minorani  qurdirdi.
7 - O ‘zbekiston  tarixi,  8-sinf

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish