0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Xonlik  hududi 
va  aholisi
Xiva  xonligi  tashkil  topgan  davrda  uning  hu­
dudi  katta  bo‘lmagan.  Xonlik  g ‘arbda  Kaspiy 
dengizi,  shimolda  Orol  dengizi  havzasi,  janubda
9 0


XIX  asrning  butun  birinchi  yarmi  davomida  xonlik  hududi  harbiy 
harakatlar  natijasida  tobora  kengaytirilib  borildi  va  shu  asrning 
40-yillarida  uning  hududi  19  ming  km2  ni  tashkil  etdi.  Xonlik  qo- 
zoq  juzlari,  Eron  va  Buxoro  amirligi  bilan  chegaradosh  bo‘ldi.  Ayni 
paytda,  XVIII  asrdan  boshlab  Rossiya  chegarasining  janubga  siljib 
borishi  natijasida  ikki  davlat  chegaralari  yaqinlashdi.  Xonlik  aho- 
lisining  umumiy  soni  800  ming  kishiga  yaqin  edi.  Uning  65  foizini 
o‘zbeklar,  26  foizini  turkmanlar,  qolgan  qismini  esa  qoraqalpoqlar, 
qozoqlar,  qisman  arablar  tashkil  etardi.  Bu  raqamlar  qat’iy  bo‘lmagan. 
Chunki  xonlik  hududining  kengayib  borishi  bilan  aholi  soni  ham 
ortib  bordi.  Poytaxt  Xiva  shahrida  20  mingdan  ortiq  aholi  yashagan.
Xonlikning  butun  hududi  urug‘-qabila  tamoyili  asosida  taqsim- 
langan.  Xususan,  Abulg‘oziy  Bahodirxon  ko!chib  kelgan  32  ta  o‘zbek 
qabilalarini  4  ta  guruhga  bo‘ldi.  Bular:  Uyg‘ur—
nayman,  qo‘ng‘irot— 
qiyot.  nukuz-mang‘it,  qang‘li-qipchoq.
Bo‘lish  chog'ida  qabilalarning  urf-odatlari,  turmush  tarzi  va  qa- 
rindoshlik  aloqalari  hamda  joylashgan  yeri  hisobga  olindi.  Har  bir 
qabilani  inoq  boshqargan.  Har  bir  qabilaviy  guruhdan  4  nafar  kishi 
eng  yuqori  davlat  lavozimlariga  tayinlangan.  Xon  inoqlar  orqali  qabi- 
lalar  hayotiga  tegishli  masalalami  hal  qilardi.  Inoqlar  xonning  eng 
yaqin  maslahatchisi  sifatida  saroyda  istiqomat  qilganlar.
Xonlik  hududi  23  ta  ma’muriy  birlikka  bo‘lingan.  Shundan  20 
tasi  beklik  (viloyat),  2  tasi  noiblik  edi.  Yigirma  uchinchisi  esa  poy­
taxt  Xiva  shahri  va  uning  atrofidagi  hududlar  edi.  Viloyatlar  esa 
shahar  va  masjid  qavmlariga  bo‘lingan.  Boshqaruvning  eng  quyi 
ma’muriy  birligi  masjid  qavmlari  (qishloq)  deb  atalgan.  Viloyatlarni 
beklax,  noibliklarni  noiblar,  shaharlarni  hokimlar  va  masjid  qavmlarini 
esa  oqsoqollar  boshqarishgan.  Oqsoqollar  masjid  qavmlari  tomonidan 
saylangan  va  xon  tomonidan  tasdiqlangan.  Qolgan  ma’muriy  birliklar 
boshliqlari  -   beklar,  noiblar  va  hokimlar  xon  tomonidan  tayinlangan. 
Xiva  va  uning  atrofidagi  hududlarni  xonning  o‘zi  boshqargan.
Xiva  xonligi  ham  Buxoro  amirligi  singari 
mutlaq  monarxiya  edi.  Oliy  hukmdor  -   xon 
davlat  boshlig‘i  sanalardi.  Xiva  xonligi  mutlaq 
monarxiya  bo!lsa-da,  Buxoro  amirligidan  farqli  o‘laroq  xonlikda,  av- 
valgi  mavzularda  ta’kidlanganidek,  Oliy  va  Kichik  Kengashlar  faoliyat

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish