0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

133


Soliq  va 
majburiyatlar
olinmagan.  Davlat  yerining  sotilganligi  va  sotib  olinganligi  to‘g‘ri- 
sidagi  hujjat  qozixonalarda  imzolangan.  Unda  yer  sotuvchining,  ya’ni 
xonning  o‘zi  ham  ishtirok  etgan.  Xususiy  yer-mulk  egaligi  harbiy 
xizmatchilarga  yer  berish  orqali  ham  shakllantirilgan.  Harbiylarga  be- 
rilgan  yerlar  tanho  yerlari  deb  atalgan.
Mulklaming  ko‘pchiligi  30  sotixdan  60  sotixgacha  bo‘lgan.  Yerlar 
ishlov  berish  uchun  dehqonlarga  ijaraga  berilar  edi.  Dehqonlar  xon 
yerlarida  ham  mehnat  qilar  edilar.  Xon  yerlarida  ishlash  nchun  sa- 
farbar  etilganlarning  soni  10  ming  nafargacha  yetardi.  Ular  mardi- 
korlar,  xususiy  yerlarda  hosilning  1/4  qismi  uchun  yollanib  ishlovchi 
ycrsiz,  ot-ulovsiz  kambag‘allar  esa  chorikorlar  deb  atalar  edi.  Bundan 
tashqari,  korandalar  deb  ataluvchilar  ham  bo‘lib.  ular  hosilning  1/2 
qismini  olish  sharti  bilan  yerlami  ijaraga  olib,  o ‘z  mehnat  qurollari, 
ot-ulovlari  bilan  yollanib  ishlar  edilar.
Asosiy  soliq  -   xiroj  bo‘lib,  uning  miqdori  ekin 
ekiladigan  yer  maydoni  va  ekin  turiga  qarab 
hosilning  1/3-1/5  qismigacha  belgilanar  edi. 
Ko‘chmanchi  chorvadorlardan  olinadigan  zakotning  turlari  ko‘p  edi. 
Ularning  asosiylari  „ q o 'r a b o s h i„ tu tu n   haqi“,  „yig'im  soliq“  deb 
atalar  edi.
„Qo‘raboshi“  -   ko‘chmanchi  chorvadorlardan  mol  boshiga  va  qo‘- 
rasiga  qarab  olinadigan  zakot.  Bu  zakot  qishda  mollar  qo‘ralarda  tur- 
ganida  yig‘ib  olingan.
„Tutun  haqi“  — bahor  kelganda  yangi  o‘tloqlarga  ko‘chishdan  ol- 
din  xonadon  boshiga  bittadan  qo‘y  bilan  olinadigan  soliq  (zakot).
,,Yig‘im  soliq“  esa  zakot  to‘lamaydigan  toifalarning  bekka  beradi- 
gan  9  buyumdan  iborat  iiTomlari  yig‘imi  bo‘lgan.
Mehnatkash  xalq  deyarli  hamma  narsa  uchun  soliq  to‘lar  edi. 
Chunki  hamma  qo‘riq  yerlar,  chakalakzorlar,  to !qaylar,  daraxtzorlar, 
ko‘llar  va  barcha  yaylovlar  xonning  ixtiyorida  edi.  Aholi  qal’a  devor- 
larini  ta’mirlash,  istehkomlar  qurish,  kanallar  qazish,  ariqlarni  tozalash 
va  yoT  qurilishida  ishtirok  etish  kabi  majburiyatlarni  o‘tagan.
Qishloq  xo‘jaligi, 
Qo‘qon  xonligida  ham  Xiva  xonligi  va  Bu-
hunarmandchilik  va 
xoro  amirligida  boTgani  kabi  sun’iy  sug‘o- 
savdo 
rish  mahorati  mukammal  egallangan  va  suv-
dan  oqilona  foydalanilgan.  Asosiy  qishloq  xo‘jaligi  ekini  bug‘doy  va 
paxta  edi.  Shuningdek,  meva,  sabzavot  va  poliz  ekinlarining  deyarli 
134


Xonlik  shaharlari
barcha  turlari  yetishtirilgan.  Chorvachilikda  makkajo‘xori  va  beda 
yetakchi  o‘rinda  turgan.
Farg‘ona  vodiysida  paxtachilik  yildan  yilga  rivojlana  bordi.  Ros- 
siyaning  o‘zbek  davlatlaridan,  jumladan,  Qo‘qondan  paxta  sotib  ola 
boshlashi  bu  ekin  maydonlarining  yanada  kengayishiga  sabab  bo‘ldi. 
Paxta  savdosiga  hatto  boj  ham  bekor  qilindi.
Qo‘qonda  hunarmandchilikning  miskarlik,  zargarlik,  o‘ymakorlik, 
kulolchilik,  qog‘ozgar,  to‘quvchi,  do‘ppi  tikuvchi,  kashtachi,  ko‘prik- 
soz,  temirchi,  novvoy,  aravasoz,  baxmalbof,  bo‘yoqchi,  dorukash,  de- 
vorzan,  degrez,  kcrnchi,  miltiqsoz,  nayzagar,  panjarasoz,  pillakash, 
po‘stindo‘z,  taqachi,  paranjido'z,  chevar,  chitgar,  gilamchi  kabi  turlari 
nihoyatda  rivojlangan.
Qo‘qon  xonligining  iqtisodiy  hayotida  Buxoro  amirligi,  Xiva  xon- 
ligi,  Qashqar,  Hindiston,  Afg‘oniston,  Eron,  Xitoy  va  Rossiya  bilan 
olib  borilgan  savdo  aloqalari  katta  o‘rin  egallagan.  1832-yilda  imzo- 
langan  Qo‘qon—Xitoy  shartnomasiga  ko‘ra,  Qo‘qon  xoni  Qashqarda 
savdogarlardan  boj  yig!ish  huquqini  olgan.
Xonlikning  bosh  shahri  -   Qo‘qonga  oid 
ma’lumotlar  X  asrdan  boshlab  uchraydi. 
Manbalarga  ko‘ra,  uning  yoshi  2000  yildan  ortiqdir.  Ma’lumotlarda 
„Havoqand“,  ,,Ho‘qand“  degan  nomlar  bilan  qayd  etilgan.  Havoqand 
so‘zi  ,,go‘zal“,  ,,yoqimli“,  ,,xushmanzara“,  „shamol  shahri“  degan 
ma’noni  anglatadi,  degan  fikrlar  ham  mavjud.  Mahalliy  aholi  o‘z 
shahrini  Ho‘qandi  latif  yoki  Qo‘qon  deb  ataganlar.  Qo‘qon  shahri 
X V III-X IX   asr  birinchi  yarmida  nafaqat  xonlikning,  ayni  paytda, 
0 ‘rta  Osiyoning  yirik  shaharlaridan  biri  edi.  1842-yilda  Qo‘qon  mus- 
tahkam  devor  bilan  o‘raldi.  Shaharga  12  darvozadan  kirilardi.  Sha- 
harning  12  darvozali  bo‘lishiga  sabab,  uning  ma’muriy  jihatdan  12 
dahaga  bo‘linganligi  edi.  Bu  davrda  shaharda  30000  aholi  yashagan. 
XIX  asr  o‘rtalarida  Qo£qondagi  madrasalar  ichida  Madalixon,  Nor- 
bo‘tabiy,  Jome,  Hokimoyim,  Hoja  dodxoh,  Mingoyim  madrasalari  alo- 
hida  ajralib  turadi.  Ularning  har  birida  38  tadan  100  tagacha  hujrasi 
bo‘lgan.
0 ‘rta  Osiyoning  mashhur  shaharlaridan  biri  bo‘lgan 
Andijon  „Buyuk  ipak  yo‘li“da  bunyod  etilgan.  Arab- 
lar  istilo  qilgan  davrda  shahar  „Andukon"  deb  atalgan.  Tarixchi 
olim,  akademik  A. Muhammadjonovning  ta’kidlashicha,  ,,Andijon“  soy

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish