0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  Rivojlangan mamlakatlarda  sug'urta  bozorini davlat tomonidan



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

30.2.  Rivojlangan mamlakatlarda  sug'urta  bozorini davlat tomonidan

tartibga solinishi

Rivojlangan  mamlakatlarda  ko‘p  hollarda  sug'urta  bozorini  tartibga  solish  ikki 

usulda amalga oshiriladi:

3 6 7



1.  sug'urta bozorini o‘z-o‘zini tartibga solish:

2.  sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish.

Rivojlangan  mamlakatlarda  sug‘urta  bozorini  o'z-o'zidan  tartibga  solish  xalqaro 

sug‘urtalovchilar  birlashmalari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ulardan  biri  sug'urta 

masalalari  bo'yicha Yevropa komissiyasidir.

Bu  komissiya  1953  yilda  tashkil  etilgan  bo'lib.  uning  asosiy  vazifasi  Yevropa 

sug'urta  bozorining  rivojlanishiga  ko‘maklashish  va  Yevropa  sug'urta  bozorining 

manfaatlarini  xalqaro  darajada  taqdim  etish  hisoblanadi.  Yevropa  Ittifoqida  sug'urta 

bozorini  tartibga  solish sug‘urta bo'yicha yevrokomissiya tomonidan  hayot  sug'uitasi 

va  umumiy  sug'urta  bo'yicha  direktivalami  qabul  qilish  va  ijro  etish  asosida  amalga 

oshiriladi.

Yevropalik  mutaxassislaming  fikriga  ko'ra,  Yevropa  Ittifoqida  sug'urta 

bozorini tartibga solish quyida keltirilgan uchta bosqichdan  iborat:

Birinchi  bosqich:  1973-1987-yillarni  o'z  ichiga  olib,  bu  davrda  Yevropa 

Ittifoqiga  a’zo  davlatlar  sug'urtalovchilaming  sho'ba  tashkilotlari  va  fiiiallari 

faoliyatiga o'matilgan cheklovlar bekor qilindi.

Shuningdek  1973  yil  24  iyulda  sug'urta bo'vicha  Yevropa  Ittifoqining  birinchi 

direktivasi  qabul  qilingan.  Ushbu  direktivaga  asosan  Yevropa  Ittifoqiga  a’zo 

mamlakatlar  sug'urtalovchilariga  Ittifoqqa  a’zo  har  qanday  davlat  hududiga  o'zlariga 

tegishli  sho'ba  sug'urta  tashkilotlari  fiiiallari  voki  bo'fimlari  orqali  hayot 

sug'urtasidan  tashqari  boshqa  sug'urta  turlari  bo'yicha  sug'urta  polislarini  sotishlari 

uchun ruxsat berildi.  Shu bilan  birga direktiva  sho'ba sug'urta tashkilotlari  va  filiallar 

faolivatini litsenziyalash tartibini ancha soddalashtirdi.

1975  yil  5  martda  hayotni  sug'urta  qilish  bo'yicha  yuqoridagi  kabi  yevro 

Ittifoqi  sug'urta  komissiyasi  tomonidan  Direktiva  qabul  qilindi.  Bu  Direktivaga 

binoan  hayot  sug'urtasiga  ixtisoslashgan  sug'urtalovchilaming o'z  fiiiallari  va sho'ba 

korxonalari  orqali  Yevropa  Ittifoqiga  a’zo  boshqa  davlatlaming  hududlariga  sug'urta 

faolivatlarini amalga oshirishlarida qattiq tartib belgilangan.

Ikkinchi  bosqich:  o'z  ichiga  1987-1994  yillami  oladi  va  bu  davr  Yevropa 

Ittifoqi  hududida  sug'urta  bozorini  tartibga  solishning  unifikatsivalashgan  shakliga 

o'tish bilan ajralib turadi.  Ma’Iumki,  1987 yil yagona Yevropa bozori to'g'risida bitim 

imzolangan  edi.  Mazkur  Bitimga  asosan.  1992  yilga  kelib  Yevropa  Ittifoqi  hududida 

tovarlar  va  xizmatlar  ko'rastishning  erkin  rejimiga  o'tish  bo'yicha  yagona  Yevropa 

bozorini  shakllantirishga qadam  qo'yildi.

Shu  munosabat  bilan.  1975  yilda  boshlangan  va  qariyb  12  yildan  so'ng,  ya’ni 

1987  yilga  kelib  sug'urta  bozorini  tartibga  solish  bo'yicha  rasmiylashtirilgan  yana 

bitta Direktiva qabul qilindi.  Bu Direktivaga ko'ra Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatning 

sug'urta  kompaniyalari  Yevropa  Ittifoqining  barcha  hududiga  mahalliy  sug'urta 

organlarining  ruxsatnomalarini  olmasdan  umumiy  sug'urta  operatsiyalari  bo'yicha 

faolivatini  amalga  oshirishlari  mumkin.  Ya’ni  bu  amalda  Yevropa  Ittifoqiga  a zo

3 6 8



barcha  davlatlar  sug'urta  faoliyatini  litsenziyalashning  milliv  infratuzilmasini  o'zaro 

tan olishlarini  bildiradi.

Shuni  ta’kidlash  kerakki.  Yevropa  Ittifoqi  umumiy  sug'urta  turlariga  nisbatan 

hayot  sug‘urtasi  bozorining  yagona bozor doirasida  integratsiyalashgan  jarayoni juda 

sekin  kcchdi.  Umumiy  sug'urta  tarmog'ining  Yevropa  hududida jadal  sur'atlar  bilan 

integratsiyalashuviga  asosiy  sabab  shu  ediki.  rnulk  va  boshqa  shunga  o'xshash 

sug'urta  turlarini  amalga  oshirishga  ixtisoslashgan  yirik  Yevropa  sug'urtalovchilari 

qo'shni  davlat  sug'urta  bozorida  to'g'ridan  to'g'ri  sug'urta  mahsulotlarini  sotishga 

kuchli  qiziqish bilan qaradilar.

Yevropa  Ittifoqining  boshqa  direktivalari  sug'urta  tashkilotlari  faoliyatining 

aniq  masalalari  ycchimini  topishga qaratildi.  Qizig'i  shundaki, ushbu  direktivalaming 

salmoqli  qismi  majburiy  cmas.  balki  tavsiyaviy tusga ega edi.  Yevropa Ittifoqiga  a'zo 

davlatlaming  sug'urta  bozorini  tartibga  solishda  bu  hujjatlar  inobatga  olinishi  yoki 

olinmasligi  ham  mumkin edi.

Uchinchi  bosqich:  1994  yildan  boshlangan  bo'lib,  unda  unifikatsiyalashgan 

rejim  asosida  Yevropa  Ittifoqining yagona  sug'urta  bozori  faoliyat  ko'rsata  boshladi. 

Yevropa  Ittifoqi  hududida  sug'urta  xizmatlarini  ko'rsatish  hech  qanday  yuridik 

hujjatlami  rasmiylashtirmasdan  boshlandi.  Oqibatda  sug'urta  bozorlarini  tartibga 

solishning milliv  tizimlari  o'zaro uyg'unlashdi.

Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlarining ayrimlariga uzoq yillar davomida sug'urta 

bozorini  tartibga  solishning  kontinental  modeli  amal  qilgan  edi.  Ammo  Yevropa 

Ittifoqi  doirasida  integratsivalashuv jarayonining  kuchavishi  ushbu  mamlakatlaming 

ham  liberal  modelga  o'tishlariga  sharoit  yaratdi.  Bunga  misol  sifatida  Fransiyani 

keltirish  mumkin.  Bu  davlatda  uzoq  yillar  davomida  sug'urta  bozorini  tartibga 

solishda kontinental  model amal qilgan.

Ammo  1986  yilda  Fransiya  sug'urta  bozorini  qat'iyy  tartibga  solish  rejmidan 

voz  kecha  boshladi.  Shuni  unutmaslik  kerakki.  sug'urta  bo'yicha  Yevropa  Ittifoqi 

direktivalarining  qabul  qilinishi  a’zo  davlatlar sug'urta bozorlarini tartibga  solishning 

milliy  tizimlaridan  voz  kechishini  anglatmaydi.  Aksincha,  Yevropa  Ittifoqiga  a'zo 

davlatlar  sug'urta nazorati  organlari  o'z hududlarida  faoliyat ko'rsatavotgan  mahalliy 

va  xorijiv  sug'urtalovchilar  faoliyatini.  ayniqsa,  ulaming  moliyaviv  holatini  nazorat 

qilish huquqiga egadirlar.

Bundan  tashqari,  Yevropa  Ittifoqi  direktivalari  sug'urta  bozorini  to'g'ridan- 

to'g'ri  tartibga  solishning  muhirn  dastagi  bo'lib  hisoblansada.  sug'urta  bozorini 

tartibga  solish  milliy  sug'urta  nazorati  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda 

har  bir  davlat  sug'urta  bozorining  xususiyatlari  mavjud  milliy  an'analar  va 

mamlakatlaming  iqtisodiy  rivojlanish  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  sug'urta 

bozorini  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  modellari,  shakllari  va  uslublari  bir- 

biridan farq qilishi  mumkin.

369



Sug‘urta bozorini  tartibga solish  mexanizmlarining  nafaqat  Yevropa  Ittifoqida, 

balki  sug'urta  bozorining  jahon  miqiyosida  globallashuvi  xalqaro  darajada  sug'urta 

bozorlarini  tartibga  solish  usullarini  muvofiqlashtirib  borishni  taqozo  etmoqda. 

Shuningdek  so‘nggi  villarda  milliy  sug'urta  bozorlarini  tartibga  soluvchi  davlat 

idoralari xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqdalar.

Bundan  asosiy  maqsad  sug'urta  biznesining  bir  davlat  hududidan  chiqib. 

boshqa  davlatlarga  kirib  borishi  hamda  qayta  sug'urta  bozorlarining  rivojlanishi 

bo'vicha axborotlar bilan o'zaro tanishish va tajriba almashishdan  iborat.

Jahon 

miqyosida 



sug'urta 

bozorining 

davlatlararo 

integratsiyalashish 

jarayonlarini  muvofiqlashtirish  maqsadida  1994  yil  sug'urta  nazorati  organlarining 

xalqaro  Assotsiatsiva  tashkil  etildi.  Hozirgi  paytda  ushbu  assotsiatsiyaga  jahonning 

140  davlatidan  150  ta  vakil  a'zo  bo'lgan.  Shuningdek,  unda  120  dan  ortiq 

kuzatuvchilar  ishtirok  etadi.  O'zbekiston  Respublikasi  2009  yilda  mazkur 

assotsiatsiyaga a'zolikka qabul qilingan.

Yevropa Ittifoqi  davlatlarida sug'urta bozorini  davlat tomonidan  tartibga  solish 

ham  o'zgacha.  Masalan,  Buyuk  Britaniyada  sug'urta  ishini  savdo  va  sanoat 

departamenti,  Yaponiyada  Moliya  vazirligining  sug'urta  bo'limi,  AQSI Ida  esa 

maxsus sug'urta komissariatlari nazorat qilib  boradi.

Har bir davlatning  bundav  nazorat  ishini  olib  borishda.  mamlakatning  sug'urta 

sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish