30-MAVZU.
RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR
SUG‘URTA TIZIMI
30.1. Rivojlangan mamlakatlarda sug'urta faoliyatini tashkil etilishi
Evropa Ittifoqi davlatlarida sug'urta munosabatlarining shakllanishi uzoq tarixga
ega. Dastlab. ibtidoiy jamoa va feodallik davrlarida natural xarakterga ega bo'lgan
sug'urta
fondlari,
ishlab
chiqarishning
rivojlanishi
va
muomalada
tovar
ayirboshlanishi uchun pulning paydo bo'lishi oqibatida pulli ko‘rinishda tashkil ctila
boshlandi.
Shunisi diqqatga sazovorki. sug'urtalanishi mumkin bo'lgan obyektlaming turli-
tumanligi, keng doiradagi sug'urta hodisalarining mavjudligi tufayli murakkab o'ziga
xos sug'urta munosabatlari shakllana boshlandi. Chunki Yevropa davlatlarida sug'urta
ishini tashkil etish shu darajada taraqqiy etganki. buni biz oddiygina qilib
avtotransport egalarining
uchinchi
shaxsga zarar yetkazishi
bilan
bog'liq
javobgarligini sug'urta qilishni avtib o'tish mumkin.
Aynan avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar yetkazishi bo'yicha
javobgarligini sug'urta qilish bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o'ziga xos o'rinni egallab kelmoqda. Shu bois avtomobil
egalarining uchinchi shaxsga zarar yetkazish bo'yicha javobgarligini sug'urta qilish
barcha Yevropa davlatlarida majburiy sug'urta hisoblanadi. Bu bejiz emas.
Albatta, yo'1-transport hodisasi tufayli uchinchi shaxsga avtomobil transporti
egasi tomonidan keltirilgan zarar qoplanishi zarur. Ushbu zararni
g'arb
mamlakatlarida sug'urta kompaniyalari qoplaydi.
Shuningdek avtomobil transporti egalarining uchinchi shaxsga uchinchi shaxsga
zarar yetkazish bo'yicha javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi dastlabki
qonun hujjatlari XX asming 20-yillarida paydo bo'lgan. Ushbu sug'urtani Yevropa
mamlakatlari ichida birinchilardan bo'lib joriv etgan davlat bu - Daniya hisoblanadi.
Ushbu voqea 1927 yili bo'lgan edi. Fransiva va Belgiyada avtomobil egalarining
uchinchi shaxsga zarar yetkazish bo'yicha javobgarligini majburiy sug'urtasi 1950
yilda, ya'ni Daniyada qabul qilingandan so'ng qariyb 23 yildan keyin joriy qilindi.
Ammo, mazkur qonun hujjatlarida bitta kamchilik mavjud edi. Bu kamchilik
yoi-transport hodisasini sodir etgan haydovchi chet el fuqarosi bo'Isa, bunday holatda
jabrlanuvchiga sug'urta qoplamasini to'lashda qiyinchilik yuzaga kelar edi. Buning
asosiy sababi shundan iborat ediki. sug'urta qoplamasi sug'urta kompaniyalari
tomonidan faqat sug'urtalangan haydovchilarga yo'1-transport hodisasini sodir etgan
taqdirdagina qoplanar edi. Chet el fuqarosi, tabiiyki sug'urta polisiga ega emas edilar.
Shu bilan bir qatorda ikkinchi jahon urushidan so'ng, Yevropada iqtisodiyotni
rivojlanishi va yo'llarda avtomobil transportining ko'pavishi, bu muammoni yana
366
o'rtaga tashladi. Bu tnuammoni yechish uchun yangi bir tizimni ishlab chiqish lozim
ediki. bunda:
> birinchidan, yoi-transport hodisasi tufayli zarar ko'rilganda uchinchi
shaxsning manfaati, aybdor haydovchi chet el fuqarosi boiishidan qat'ivy nazar
himoya etilishi zarurligi;
> ikkinchidan.
avtomobil
transporti
egasiga
berilgan
sug'urta
polisi
Yevropaning har qanday mamlakatida tan olinishi va ushbu sug'urta polisi bo'yicha
zarur hollarda qaysi davlat hududida bo'lishidan qat'ivy nazar sug'urta qoplamalari
toianishi kafolatlanishi kerakligi.
Shundan so'ng 1948 yil Jenevada Yevropa iqtisodiy komissiyasi huzuridagi
«Transport bo‘yicha qo'mita avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish
javobgarligini majburiy sug'urta qilish» bo'yicha xalqaro tizim yaratish to'g'risida
taklif bilan chiqildi va bu tizim “Xalqaro yashil karta" degan nom oldi.
Ushbu karta 1953 yilning yanvar oyidan kuchga kiritildi. Xalqaro yashil kartaga
a'zo bo'lgan Yevropa davlatlari o'zaro kelishuvga imzo chekdilar va bunga asosan.
“Yashil karta"ga a'zo boigan davlatlaming har biri avtomobil egalarining uchinchi
shaxsga zarar keltirish javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha polisni o'zaro tan
olishlari zarur edi.
Mazkur ''Yashil karta"ga a'zo bo'lgan mamlakatlarda ushbu tizimning Byurolari
tashkil etildi vaulaming vazifalari quyidagilardan iborat edi:
a) sug'urtalanuvchilarga berish uchun "Yashil karta" guvohnomalarini chiqarish:
b) ushbu mamlakatda sodir etilgan yo' 1-transport hodisalari tufayli ko'rilgan
zarami qoplash.
1957 yilning mart oyida vevro Iqtisodiy hamkorlik Ittifoqini tuzgan oltita
mamlakatlar tomonidan Rim shartnomasining qabul qilinishi Yevropa Ittifoqiga a'zo
davlatlaming yevro hududida yagona sug'urta makonini shakllantirish masalasini
muhokama qilishga sabab bo'ldi.
Rim Bitimining 52,59 va 67-moddalariga erkin hudud tashkil etish. xizmatlami
erkin harakat aks ettirilgan edi. Jumladan, 54-modda «tashkil etish erkinligi» huquqini
bera turib, shu narsani e’tirof etadiki, Yevropa Iqtisodiy Ittifoqiga kiruvchi biror-bir
mamlakatlar hududiga ro'yxatga olingan yuridik shaxslar ittifoqning xohlagan
mamlakatida o'zining vakolatxonalarini yoki bo'limlarini ochish huquqiga ega va u
yerdagi shart-sharoitlar asosiy qonunchilik bilan mustahkamlangan va unga mos
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |