holatining asosiy ko'rsatkichlaridan bin hisoblanadi. Sug'urta majburiyatlari xo'jalik
faoliyatining boshqa turlaridagi majburiyatlardan farq qiladi. Bundan tashqari sug'urta
majburiyatlarini sug'urta bozorining asosiy ko'rsatkichlari sifatida ham ko'rsatishimiz
tendensiyasiga ega. Sug'urta tashkilotlarining aktivlarini tarkibini tahlil qilib
ko'ramiz. Sug'urta tashkilotlarining jami aktivlarini summasini 100 foiz deb
qaraydigan bo'lsak, ulaming 80.3%ni moliyaviy va kapital qo'vilmalar tashkil qiladi.
Bu sug'urta tashkilotlarining jami aktivlarini 80.3% investitsiyaga yo'naltirlishi
ko'rsatadi. Sug'urta tashkilotlarining jami aktivlarining 6.3 % pul mablag'lari tashkil
qiladi. Bu sug'urta tashkilotlarining bank hisob raqamlaridagi , g'aznadagi va boshqa
hisob raqamlarda aks etgan pul mablag'lari hisoblandi. Sug'urta tashkilotlari pul
mablag'laridan joriy xarajatlar, sug'urta qoplamalarini to'lash uchun sarf qilinadi.
Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari ham ulaming moliyaviy xo‘jalik
faoliyatida katta hamiyat kasb etadi. Jami aktivlar tarkibida sug'urta tashkilotlarining
debitorlik qarzlari 4.6%ni tashkil qiladi. Barcha sug'urta tashkilotlari o'z faoliyatini
amalga
oshirishda
tegishli
asosiy
vositalarga
ega hisoblanadi.
Sug'urta
tashkilotlarining asosiy vositalarining miqdori jami aktivlarining 5.0% ni tashkil
qiladi.
Sug‘urta tashkilotlarining barqarorligi davlat tomonidan nazorat qilinsada
nazarimzda sug‘urta faoliyatining ushbu sohasida muammolar vetarli hisoblanadi.
Sug'urta tashkilotlarining barqarorligining asosiy shartlaridan biri belgilangan
ustav kapitalining minimal miqdorini shakllantirishdir. Hozirgi vaqtda umumiv
sug'urta tarmog'ida faoliyat yuritiuvchi sug'urta tashkilotlari uchun 1,5 min yevro,
hayot sug'urta tarmog'ida faoliyat vurituvchilar uchun 2.0 min. Yevro, majburiy
sug'urta faoliyati bilan shug'illanuvchilar uchtm 3.0 min. Yevro, qayta sug'urta
faoliyati bilan shug'illanuvchi sug'urta tashkilotlari uchun 6 min yevTO miqdorida
minimal ustav kapitali belgilangan.
Sug'urta tashkilotlarining sug'urta zaxiralarini shakllantirish tartibida ham
ayrim kamchiliklar mavjud. Ishlab topilmagan mukofotlar, xabar qilingan, lekin
bartaraf qilinmagan, sodir bo'lgan lekin xabar qilimagan zararlar bo'yicha zaxiralar
sug'urta tashkilotlari tomonidan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Ammo, sug'urta
tashkilotlarining zararlilikni tebranishi bo'yicha sug'urta zaxirasi ixtiyoriv tartibda
amalga oshiriladi.
Sug'urta tashkilotlarida zararlilik tebranishi doimiy xarakterga ega. Jahon
moliyaviy iqtisodiy inqirozi yuz berayotgan sharoitda zararlilikni tebranishi yanada
ortadi. Zararlilikning tebranishini ixtiyoriv tartibda shakllantirilishi zararlar miqdori
oshgan
hisobot
davrida
sug'urta tashkilotlarining
moliyaviy
barqarorligi
yomonlashishi mumkin. Chunki ushbu zaxira turi sug'urta tashkilotlari tomonidan
shakllantirilmasligi ham mumkin.
Zararlar miqdori oshgan davrda sug'urta tashkilotlarining moliyaviy
barqarorligini ta’minlash maqsadida zararlilik tebranishi bo'yicha tashkil qilishni
majburiy o'matish taklif qilinadi. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug'urta
tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini davlat tomonidan tartibga solish
tnexanizmini samarasini oshishiga olib keladi.
Sug'urta zaxiralarini
investitsiyaga yo'naltirish sohasida ham ayrim
kamchiliklar mavjud. Sug'urta tashkilotlarining aktivlarini jovlashtirishga qo'vilgan
talablarga
e’tibor
qilsak,
kredit
uvushmalarining depozitlariga
sug'urta
tashkilotlarining ustav kapitalini 10% miqdorigacha joylashtirish mumkinligi
me'yorlashtirilgan.
Ammo, hozirgi vaqtda kredit uyushmalari qo'yilgan depozitlarga bank
muassalariga nisbatan katta miqdordagi foiz to'lanadi. Shu sababli, joylashtiriluvchi
235
aktivlaming daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kredit uyushmalariga
qo‘yiluvchi depozit miqdorini chegarasini 10% dan 20% gacha oshirish taklif qilinadi.
Bundan tashqari, davlat sug‘urta nazorati ruxsati hilan ta'sischilarga qarz berish
ruhsat berilgan, agar qarz miqdori ustav kapitalining 30%dan miqdorida bo'lsa,
bundav holatlarda berilgan qarzni nazorat qilish imkoniyatlari cheklanadi. Chunki
ta’sischilar o'zlarining mavqelaridan fovdalanib, sug‘urta tashkilotlariga bosim
o'tkazishi mumkin.
Bunday noxush holatlarga barham berish maqsadida ta'sischilarga qarz berishni
taqiqlash zarur. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug'urta tashkilotlarining
moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishiga imkon beradi.
O'zbekiston
sug'urta
bozorida
sug'urta
tashkilotlarining
moliyaviy
barqarorligini ta’minlash asosiy usullaridan biri qayta sug'urta mexanizmidan
foydalanishdir. Afsuski respublika sug'urta bozorida qayta sug'urta faoliyati talab
darajasida rivojlanmagan. O'zbekiston sug'urta bozorida ixtisoslashgan tartibda laqat
bitta sug'urta kompaniyasi qayta sug'urta xizmati ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug'urta kompaniyasiga
beriladigan majburiyat miqdori, har - bir sug'urta shartnomasi bo'yicha , 95%dan
oshmasligi talab qilinadi.
Chet el sug'urta kompaniyasiga qayta sug'urta uchun berilgan sug'urta
shartnomalarida sug'urtachining ulushi haqiqatdagi to'lov layoqatining marjasini 5%
dan kam bo'lmasligi lozim deb belgilangan. Nazarimizda ushbu belgilangan me’yor
darajasini kamaytirish qayta sug'urtaning rivojlanishiga imkon beradi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasidan tashqarisida. chet el
sug'urta kompaniyasiga beriladigan majburiyat miqdori, har - bir sug'urta
shartnomasi bo'yicha , 50% dan oshmasligini me'yor sifatida kiritilish lozim.
236