0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi


-mavzu.  EKOLOGIK TURIZMNING TAMOYILLARI



Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/129
Sana15.09.2021
Hajmi9,07 Mb.
#175016
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129
Bog'liq
Ekologik turizm R.Xaitboyev 2018

3-mavzu.  EKOLOGIK TURIZMNING TAMOYILLARI.
0 ‘ZBEKIST0NDA EKOTURIZMNI  RIVO.JLANTÏRÎSH 
KONSEPSIYASI
Reja:
3.1.  Ekoturizmning tamoyiliari.
3.2.  0 ‘zbekistonda ekoturizmni  rivojlantirish  Konsepsiyasi.
3.1.  Ekoturizmning tamoyiliari
Ishlab  chiqarishda  g‘oya  va  nazariyalaming  shakllanishida 
ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani 
uchun  davlat  tilida  tamoyil  deb  tarjima  qilingan.  Ekoturizmning 
tamoyiliari  ham  ekoturizm  yo‘nalishining  rivojlanishidagi  tartib- 
me’yorlarga  asoslanishi  lozim.  Ya’ni  ekoturizmning  tamoyiliari 
ekoturizmning  mohiyatini,  mazmunini,  maqsadi  va  vazifalarini 
o‘zida aks ettirishi kerak.
Ekoturizmning  tamoyillarini  “Xalqaro  ekoturizm  tashkiloti” 
ishlab  chiqqan.  Bu  tamoyillar  jahondagi  barcha  davlatlarning 
rahbarlariga  tarqatilgan  bo‘lib,  har  bir  davlatlar  ekoturizmni 
tashkil  qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab  qilinadi:
1.  Ekoturizm  tabiatga  qaratilgan  va  tabiiy  resurslardan 
foydalanishga asoslangan boiishi.
2.  Ekoturizm  ekologik  barqaror  rivojlanishga  va  yashash 
muhitimizga 
keltirilayotgan 
ziyonlarni 
minimallashtirishga 
asoslangan boiishi.
3.  Ekoturizm ekologik taiim  va ma’rifatga yo‘naltirilgan boiib, 
tabiat bilan  teng hamkorlikka asoslangan boiishi.
4.  Ekoturizm  mahalliy  ijtimoiy  madaniyatni  saqiashga  va 
yordam berishga asoslangan boiishi.
5.  Ekoturizm  faoliyat  koisatgan  hududlaming  barqaror 
rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan 
boiishi kerak.
Ekoturizmning 
tamoyillarini 
o‘rganganimizda 
aibatta 
turizmning  bu  muhim  sohasini  rivojlantirish  oson  kechmasligirii 
anglaymiz.  Bu  tamoyillar  asosida  ekoturizmni  rivojlantirishda
34


albatta  davlatning  ekologik  boshqaruviga  murojaat  qilinadi. 
Chunki,  ekoturizmni  yuqorida  qayd  qilingan  tamoyillar  asosida 
rivojiantirish  faqat  davlat  tashkilotlarining  quwatlashi  bilangina 
amalga oshishi mumkin.
Keyinchalik  turizm  mutaxassislari  va  olimlari  tomonidan 
ekoturizmning tamoyillari kengaytirildi va mukammallashtirildi25:
1.  Tabiati yaxshi  saqlangan joylarga sayohat.
2.  Tabiat  resurslaridan barqaror foydalanish,  tabiiy,  ijtimoiy va 
madaniy biologik xilma-xillikni  saqlash.
3.  Ekoturda belgilangan  tartib-intizomga qat’iy rioya qilish.
5.  Ekoturlarni  tabiat  qonunlari  asosida  mukammal  ishlab 
chiqish.
6.  Ekoturizmni  hududlarning  iqtisodiy  rivojiantirish  rejalari 
bilan birlashtirish.
7.  Mahalliy  ahoüni  ekoturizm  rivojlanishida  qatnashtirish  va 
bu yo‘nalishda ularning iqtisodiy manfaatdorligini  ta’minlash.
8.  Ekotiirizm  sohasi  mutaxassislarini  tayyorlash  Va  qayta 
tayyoriash.
Ekoturizm  bo‘yicha  mutaxassislar  taklif  qilgan  tamoyiiiar 
qatorida T.K.Sergeyevaning taklif qilgan tamoyillari ham diqqatga 
sazovor26:
1.  Rekreatsiyali  tabiiy  hududlarning  biologik  xilma-xiUigini 
saqlash.
2.  Ekoturizm  sohasiga  tortilgan  (qo‘shilgan)  hududlarnmg 
iqtisodiy barqaror rivojlanishini oshirish.
3.  Ekoturistik  faoliyatda  qatnashuvchilarning  ekoturistik 
madaniyatini oshirish.
4.  Rekreatsiyali  hududlarning  etnografik  statusini  (maqomini) 
saqlash.
“Xalqaro  ekoturizm  tashkiloti”  o ‘z  navbatida  ekoturist  uchun 
qoida ham  ishlab chiqdi27:
25 Дроздов A.B. Основы экологического туризма. -  M.: Гардарики, 2005. C. 271.
26
 Сергеева Т. К. Экологический туризм. -  М.: Финансы статистика, 2004. С.  360.
27 Бабкин A.B. Специальные виды туризма. Ростов на Дону, Феникс, 2008. С. 252.


1. Yer bilan bog‘liqligini unutmaslik,  yoddan chiqarmaslik.
2.  Tabiatda  faqat  izlarini  qoldirish,  tabiatdan  faqat  rasmlarni 
olib  ketish.
3.  Borgan  yerida dunyoni,  xalqlar madaniyatini,  geografiyasini 
anglash,  biiish.
4.  Mahalliy aholini  hurmat qilish.
5.  IsWab chiqaruvchilardan atrof-muhitga  xavf-xatar soluvchi, 
keltiruvchi  mahsuiotlarni  sotib olmaslik.
6.  Faqat  maxsus  soiingan so‘qmoqlardan yurish.
7.  Atrof-muhitni  muhofaza  qilish  dasturlarini  quwatlash, 
yordam berish.
8.  Imkoniyat  boricha  airof-muhitni  toza  saqlovchi  usullardan 
foydalanish.
9.  Tabiatni  muhofaza  qiluvchi tashkiioilarni quwatlash.
10.  Ekoturizm  tamoyillari  bo‘yicha  ishlovchi  turistik  fmrsaiar 
bilan sayohatga chiqish.
Ekoturizmning 
tamoyillari, 
qoidaiari 
va 
beîgiîari 
bilan 
tanishib  chiqqandan  keyin  ekoturizmni  rivqjlantirishdagi  ko‘plab 
tushunmovchilik  va  noaniqliklar  ma’lum  boiadi.  Bu  noaniqliklar 
shulardan  iboratki,  jahondagi  ko‘plab  davlatlarda  ekoturizm 
talabSar  darajasida  birdaniga  rivoj  topmayapti.  Bu  holatning  asosiy 
sabablaridan biri  shundan  iboratki,  ekoturizmning  asosiy obyektlari 
alohida muhofazadagi hududlar, miiliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari 
ekanligi  hammaga  ma’lum  bo‘lgan  holda,  bu  tabiiy resurslar davlat 
tornonidan  muhofaza  qiiinadi.  Bu  sharoitda  ekoturizmni  kucMi 
rivqjlantirishning  imkoniyatlari  chegaralanib  qoîadi.  Lekin,  AQSH, 
Kanada,  Avstraliya,  Malayziya,  Yaponiya  va  Yevropa,  Afrika 
davlatlarida ekoturizm yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Biz  mamlakatimizda  ekoturizmni  rivojlantirishda  yuqorida 
qayd qilingan davlatlarning tajribalarini, ekoturizmni rivojlantirish 
davlat dasturlarini puxta o‘rganishimiz lozim. ilmiy adabiyotlarning 
tahlili  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  turizm  rivojlangan,  shuningdek, 
ekoturizm  rivojlangan  davlatlar  10—15  yillar  davomida  ichki 
turizmni  rivojlantirganlar,  o‘z  xalqlarini  turizmning  barcha
36


sohalarining  mazmuni  va  mohiyatiga  tayyoriaganlar.  Xususan, 
ekoturizmning mazmun-mohiyatini,  tamoyillarini  o ‘rgatganlar.
Shuning  uchun  ham  ekoturizm  rivojlangan  daviatlar  o‘z  milliy 
parklaridan  va  tabiat  qo‘riqxonalaridan  ekoturizmda  foydalanishga 
ruxsat berganlar. Mamiakatimizda hoziiga kelib milliy bogiarimizdan 
ekoturizmda 
foydalanmoqdamiz, 
tabiat 
qo ‘ riqxonalaridan 
ekoturizmda foydalanishga hozircha ruxsat berilmagan.
Biz  ham,  mamiakatimizda  aholining  ekologik  madaniyati 
va  ekologik  bilimlarini  oshirishga,  tabiatni  muhofaza  qilish 
qonunlarini yaxshi  bilishiga va hurmat qilishiga,  tabiatni va uning 
resurslarini  muhofaza  qilish  dasturlariga  ixtiyoriy  hamkorlik 
qilish  islilariga  tayyorlashimiz,  ekoturizmning  tartib-qoidalarini, 
tamoyillarini 
o‘rgatishimiz 
lozim 
bo‘ladi. 
Ekoturizmning 
tamoyillarini  o‘rganishdan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki, 
ekoturiznmi  rivojlantirishda  davlatning  ekologik  boshqaruv 
siyosatini,  dasturini  ishlab chiqish talab qilinmoqda.

Download 9,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish