0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi



Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/129
Sana15.09.2021
Hajmi9,07 Mb.
#175016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129
Bog'liq
Ekologik turizm R.Xaitboyev 2018

m e ’y o r d a  
yashashiga tabiat 
to‘îiq sharoit yarata olmayotganligi yotadi. Bu holat tabiat va jamiyat 
o‘rtasida  XX  asrda  shakllangan  ekologik  munosabatdir.  Dastlab, 
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida, ayniqsa Gerrnaniyaning 
Rur  havzasida  tabiiy  muhitning  keskin  yomonlashuvi  kishilar  va 
organizmlar  hayoti  uchun  xavf  paydo  bolishi  sababi  tabiat  va 
jamiyat  o‘rtasidagi  ekologik munosabat shaklini  yuzaga keltirdi
Nemis  olimi  Ernest  Gekkel  1866-yilda  ekologiya  haqida 
birinchi  bo‘lib fikr-mulohazalar bildirgan edi.  Hozir esa dunyoviy 
muammolaming eng dolzarbi ham ekologik muammo boiib qoldi. 
Hozirgacha yer biosferasiga 2 ming xil kimyoviy birikmalar yoyildi. 
Dunyo  sogliqni  saqlash  tashkilotining  (VOZ)  ma’lumotlariga 
ko‘ra  inson  foydalanayotgan  4  ming  kimyoviy  moddalar  uning 
sogiigi  uchun  xavf  tug‘dirmoqda.  Dunyoda  har  yili  250  ming 
xi!  yangi  kimyoviy  birikmalar  sintez  qilinadi.  Shulardan  300  xili 
ishlab chiqarishda  ishlatilmoqda.
Dunyo bo'yicha haryili 100 mJrd tonna ruda va minerai yoqilgilar 
qazib  chiqarilmoqda.  Keyingi  30  yilda  insoniyatning  butun  tarixi 
davomiga  qaraganda  ko‘proq  rangdor  metallar  qazib  chiqarildi. 
Agar  18-asrgacha  19  xil  ximiyaviy  elementdan  foydalanilgan 
boisa,  hozirda  bu  son  100  dan  oshib  ketdi.  Hoziigacha  2/3  qism 
olm onîar yo‘q qilingan. Oxirgi 2000 yil ichida 0,5  mlrd. gektar yer 
xarob qilindi.  Keyingi  100 yilda dunyoda 67 min. ga o'rmon kesilib 
ketdi.  Olimlarning  hisobiga  ko£ra,  oliy  tur  o‘simliklammg  3  ming 
turi butunlay yo‘qotilish arafasida.
21


“Tabiâtni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro iitifoqi” 
ning  (MSOP)  ma’lumotlari  bo‘yicha  1600  yildan  hozirgacha 
qusMarning 94 turi va sut emizuvchilarning 63 îuri butunlay qirilib 
ketgan.  Sayyoramizda  bugunga  kelib  qushlarning  600  xiii,  sui 
emizuvchilarning  120  xili  abadiy  yo‘qolish  xavfida  turibdi.  inson 
faoliyati  tufayli sayyoramizda 9  min  km2 unumdor yerlar sahroga 
aylandi. Ya’ni har kuni 3  ming ga unumdor yer qishloq xo‘jaligida 
ishlab  chiqarishdan  chiqarilmoqda.  Yer sharida  50  million ga yer 
umuman  foydalanib bo'Imaydigan  holatga kelgan.
Ifloslangan suvdan iste’mol qilish  natijasida har yili dunyoda 5 
min  kishi vafot etmoqda.  Xuddi shunday suvlarni  ichish natijasida 
sayyoramizda har yili 500 ming kishi og‘ir dardlarga chalinmoqda. 
Dunyo  okeaniga har yili  10  ming tonna neft to‘kilmoqda.  Sanoat 
korxonalari  har  yili  140  xildan  ziyod  zaharli  gazlarni  havoga 
chiqarmoqda.  Insoniyatda uchrayotgan rak kasalligining 50%i ana 
shu gazlardan zaharlanish  natijasida kelib chiqishi  aniqlangan.
Keltirilgan  manbalardan  ma’lum  bo‘ladiki,  insoniyat  yashash 
makoni  bo‘lgan  o‘z  uyi  atrofi  muhitini  buzib  bormoqda. 
Insoniyatning  yashash  sharoiti  darajasi  tabiat  bilan  bogiiq  ekan, 
insonning  bu  masalada  tabiat  bilan  uzviy  kelishmog'i  zarurati 
asosiy  masaladir.  Hozirga  kelib,  tabiatda  yuz  berayotgan  ijobiy 
va  salbiy  o‘zgarishlar  turli  sohalarda  o‘rganilmoqda,  lekin  ular 
orasida  tabiatni  iqtisodiy-ekologik jihatdan,  ekologik  foydalanish 
jihatlaridan o‘rganish jiddiy ahamiyat  kasb etadi.
Global  ekologik  muammolarning  tobora  ijtirnoiy-  iqtisodiy 
inqiroz  holatlarini  hosil  qilishi,  jahon  hamjamiyati  oldiga 
sayyoramiz  miqyosida  keskin  chora-tadbirlar  dasturini  ishlab 
chiqish  va  amaliyotga  tatbiq  qilish  muammolarini  kun  tartibiga 
qo‘ydi.  Insoniyatning  bugungi  hayoti  va  kelgusi  avlodlar  uchun 
sayyoramizda saqlanib qolgan tabiiy boyliklarni  muhofaza qilishda 
ilg‘or  fikrji  olimlarning  xulosalari  bo‘yicha  global  inqirozdan 
chiqish  yoilaridan  eng  muhimi  —  aholida  ekologik  bilim  va 
madaniyatni  shakllantirish  deb bildi.
Turizm  sohasidagi  adabiyotlarning  tahlili  va  yuqorida  sanab
2 2


o'tilgan  ko‘rsatkichlarni  inobatga  olib  ilk  bor  ekoturizmning 
quyida 
keltirilgan  bosqichlarini 
qoraqalpog‘istonlik 
olima 
G.A.Bekbulaiova ajratdi19:
ï.  XX  asrrmg  90-yi!larigacha  boigan  davr  —  ekoturizmning 
mahaîliy  va  milliy  mustaqil  turizm  sohasi  sifatida  yuzaga  kelish 
davri.
H.  1990—2000-yillar  — turizmning  regional  miqyosda,  ekotu­
rizmning turizm  industriyasi sifatida rivojlangan davri.
III. 
2000-yildan  keyingi  bosqich  —  global  miqyosda 
ekoturizmning  rivojlanish davri.
I.  Ekoturizmning  mustaqil  turizm  sohasi  sifatida  yuzaga  kelish 
davri.  XVIII asrning oxiri -  XIX asming boshlarida Yevropaning 
yaxlit  qit’asiga  ingliz  turistlari  mahaîliy  aholining  madaniyati, 
tarixini  o ‘iganish  bilan  bir  qatorda  ajoyib  tabiatini  ko‘rib  ketish 
uchun  sayohat  qilganlar.  Chunki  Alp  tog'lari  landshaftlari  yoki 
Karpatning  togli  o‘rmonlari  Angliyada  uchramaganligi  uchun 
ham  turizmning  asosiy  obyekti  sifatida  qaralgan.  Lekin  ushbu 
turizm  kompleks  turistik  marshrutlar  bilan  qo‘shib  olib  borilgan. 
inglizlarning  tabiat  qo‘yniga  qilinadigan  sayyohlikka  qiziqishini 
inobatga olib shveysariyalik ishbiiarmonlar “ Grand-tur”  tarkibida 
tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda 
katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar) 
Shveysariyada  davlatning  alohida  e’tibori  bilan  qo‘riqlanadigan 
tabiiy  hududlar  ajratildi.  Qo‘riqxonalarga  qilinadigan  sayohat 
garchand  ekoturizm  deb  nomlanmasa-da,  ular  «tabiatga 
yo‘na!tirilgan turizm”  sifatida yuzaga kela boshladi.
Turizmning ekologik yo‘nalishi aslida XX asrning 70-yillaridan 
boshlangan.  1972-yilda  Skandinaviya  mamlakatlari  fiiqarolari 
uchun  kitlarni  tomosha  qilish  va  ulami  o‘rganish  maqsadida 
turistik  marshrutlar  uyushtirilgan.  Ushbu  turizmdan  tushgan 
mablag‘ kitlarni muhofaza qilish uchun ishlatilgani ham ekoturistik 
marshrut  sifatida  e’tirof  etilgan.  Keyinchalik,  bunday  turistik
” Bekbulatova G.A. Turizm va rekreatsiya geografiyasi. Ma'ruzalar matni. Nukus, 2008,
i07-b.
23


marshrutlar  Yevropaning  boshqa  mamlakatlari,  Uzoq  Sharq, 
Shimoliy Amerika davlatlarida ham  uyushtirila boshlandi.
II. 

Download 9,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish