8-modda. Qayta sug‘urta brokeri
O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |