6-modda. Sug‘urtalovchi
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 61-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-108-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |