28-modda. Nizolarni hal etish
Sug‘urta faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
2-savol
Sedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug‘urtalashda sessiya atamasi ham keng qo‘llaniladi. Sessiya — sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayonidir. Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yirik sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati, Shveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari kiradi. Qayta sug‘urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin. Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalashdir. Fakultativ qayta sug‘urtalash — nisbiy qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi mumkin. Obligatorli qayta sug‘urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni bildiradi: 1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarining bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari 118 kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet elga valuta chiqib ketishining oldini oladi; 2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va, o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi — sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi. Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi «qayta sug‘urtalovchi sedentning riskini bo‘ladi» degan fikrdan iborat. Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud: —kvotali qayta sug‘urta qilish; — ekssedent qayta sug‘urta qilish; —kvotali-ekssedent qayta sug‘urta qilish. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishda qayta sug‘urtalovchining sug‘urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qo‘llanilmaydi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga xos bo‘lgan belgilardan biri qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega ekanligidir. Qayta sug‘urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida, xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug‘urta qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir: —fakultativ qayta sug‘urta qilish; —obligatorli qayta sug‘urta qilish; 119 —fakultativ-obligatorli qayta sug‘urta qilish. Yuqorida qayd qilingan qayta sug‘urta qilish shartnomalaridan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgani — bu fakultativ qayta sug‘urta qilish shartnomasidir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta sug‘urtaga beruvchi — sug‘urta kompaniyasi ham, qayta sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart.
3-savol
Chet el tajribasida shaxsiy sug‘urta to‘rtta sug‘urta klassidan iborat bo‘lib, inson hayotidagi ro‘y berish mumkin bo‘lgan hodisalar (tug‘ilish, o‘lim, voyaga yetish, nikohdan o‘tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog‘liq barcha sug‘urta turlarini o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug‘urta — bu uzoq muddatli hayot sug‘urtasi, aralash sug‘urta va annuitetlardir. Yashil karta — avtotransport vositalari egalarining fuqarol
Do'stlaringiz bilan baham: |