0-sinf futbol o’yini taktikalari reja: Kirish Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. Futbol о‘yin maydoni о‘lchamlar va belgilari



Download 311,5 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi311,5 Kb.
#98281
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-SINF FUTBOL O’YINI TAKTIKALARI

Bayroqlar


Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi о‘tkir bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi mumkin.

Burchak sektori.

Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda aylana tortiladi.

Darvoza.


Har qaysi darvoza chizig‘ining markazida darvoza joylashadi. Ular burchak bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tepadan gorizontal tusin bilan birlashtirilgan ikki vertikal xolatdagi ustundan iborat. Ustunlar oralig‘i - 7,32 m. Tusinning pastki qismidan tekis yergacha bо‘lgan masofa – 2, 44 m. Har ikki ustun va tusin kesishgan joy bir xil bо‘lishi va 12 sm dan oshmaslik kerak. Darvoza chizig‘ining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bо‘ladi. Darvoza va darvoza orqasidagi yerga tо‘r о‘rnatiladi. Tо‘r ishonchli о‘rnatilgan va darvozabonga xalaqit bermaydigan bо‘lishi kerak. Darvozaning ustunlari va tusini oq rangda bо‘lishi kerak.

Futbol tо‘pining о‘lchamlari va sifatlari.Tо‘p



  • Charmdan yoki shunga о‘xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan bо‘ladi.

  • Aylanasining uzunligi 70sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bо‘lmagan xolatda bо‘ladi.

  • Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan kam bо‘lmagan bо‘lishi kerak.

  • Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bо‘lishi kerak.

Yaroqsiz tо‘pni almashtirish.

Agar tо‘p о‘yin vaqtida yaroqsiz holga kelsa.



  • О‘yin tо‘xtatiladi.

  • Tо‘p yaroqsiz xolga kelgan joydan « baxsli tо‘p « о‘yini bilan о‘yin yangilanadi.

Agar tо‘p о‘yinda bо‘lmagan vaqtda yorilsa yoki yirtilsa boshlang‘ich zarbada, darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11m nuqtadagi zarbada yoki tashlashda.

  • О‘yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi.

Tо‘p о‘yin vaqtida faqatgina hakam kо‘rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin.

Futbol musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish

Rasmiy musobaqalarda qoidalarda kо‘rsatilgan texnik talablarga javob beradigan tо‘plargagina ruxsat beriladi.

FIFA tomonidan о‘tkaziladigan musobaqa matchlarida, quyidagi 3 markirovkadan birortasiga ega bо‘lgan tо‘plargagina foydalanishga ruxsat beriladi.

Rasmiy logotip “FIFA APPROVED” (FIFA maqullaydi)

Rasmiy logotip “ FIFA INSPECTED” (FIFA nazorat qilgan)

yoki “INTERNATIONAL MATCH – BALL STANDARD”

(Tо‘p xalqaro standartga mos)

Tо‘pning bunday markirovkasi uning rasmiy tekshiruvdan о‘tganini kо‘rsatadi va tekshiruv natijasiga kura tо‘p muhim texnik talablarga mos ekanligini bildiradi.

Milliy federatsiyalar musobaqa vaqtida faqatgina shu uch markirovkaga ega har qanday tо‘plardan foydalanishni talab qilish mumkin.

Boshqa har qanday matchlardan tо‘p qoida talablariga mos kelishi kerak.

FIFA musobaqalarida va milliy federatsiyalar tashqil qilgan musobaqalarda tо‘plarga xech qanday savdo sotiqqa oid reklamaga ruxsat berilmaydi, quyidagi xolatni hisobga olmaganda ya’ni musobaqa nishoni, musobaqa tashqilotchisi va tasdiqlangan tayyorlovchining savdo markasi.Bunday muhrlarning soni va о‘lchami, mustaqil reglamenti bilan cheklanishi mumkin

O‘yinchilar soni.

Match har qaysisida darvozabonlarni qо‘shgan holda о‘yinchilarning soni 11tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida о‘tkaziladi

Agar jamoalarda о‘yinchilar soni 7ta kam bо‘lsa,match boshlanmasligi mumkin.

Rasmiy musobaqalar.

FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashqil qilinadigan har qanday rasmiy musobaqalarda 3tagacha о‘yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi о‘yinchi-lar soni 3dan 7gacha uzaro kelishilgan bо‘lishi kerak,bundan ortiq bо‘lishi mumkin emas.

Boshqa matchlarda.

Boshqa matchlarda zahira almashtirilishi mumkin, shu shart bilanki:

*Jamoalar almashinadigan о‘yinchilarning maksimal sonini о‘yin oldidan kelishib oladilar

*Xakam bu haqda match boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak.

Agar hakam xabardor qilinmagan bо‘lsa yoki (kelishuv) match boshlangunga qadar bir bitimga kelinmagan bо‘lsa 3tagacha zaxira almashtirishga ruxsat beriladi.

Hamma matchlarda.

Har qanday match boshlanishidan oldin hakamga zaxiradagi о‘yinchilar familiyasi taqdim etilishi kerak. Shu usulda familiyasi kо‘rsatilmagan о‘yinchilar matchda qatnasha olmaydilar.

Almashtirish tartibi.

Asosiy о‘yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish quyidagi shartlarda bajariladi.

*Har qanday mо‘ljallangan almashtirish haqida hakam xabardor qilingan bо‘lishi kerak.

*Zaxiradagi о‘yinchi faqatgina asosiy о‘yinchi maydondan chiqqandan sо‘ng xakam xushtagidan keyin maydonga chiqadi.

*Zaxiradagi о‘yinchi о‘yin tо‘xtatilganda faqat о‘rta chiziqdan о‘yin maydoniga kiradi.

*Zaxiradagi о‘yinchi maydonga chiqqandan sо‘ng almashtirish tugallangan hisoblanadi.

*Shu vaqtdan boshlab zaxiradagi о‘yinchi asosiy tarkib о‘yinchisi hisoblanadi, almashtirilgan о‘yinchi esa asosiy о‘yinchi hisoblanmaydi.

*Xamma zaxiradagi о‘yinchilar о‘yinga qatnashish yoki qatnashmasliklaridan qatiy nazar xakam vakolatlariga bо‘ysunadilar.

Darvozabonning almashtirilishi.

Boshqa har qanday о‘yinchilar darvozabon bilan joylarini almashish-lari mumkin shu shart bilanki;

*Xakam bu xaqda almashinishdan oldin xabardor kilingan bо‘lishi kerak.

*Almashinish match tо‘xtaganda amalga oshiriladi.

О‘yinning qaytadan boshlash.

Agar о‘yin xakam tomonidan ogoxlantirish berish uchun tо‘xtatilsa:

* О‘yin raqib jamoa о‘yinchisi tomonidan о‘yin tо‘xtatilganda tо‘p qayerda bо‘lsa shu joydan erkin zarba bilan о‘yin yangilanadi.

Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi, chiqarib yuborilgan о‘yinchilar.

Boshlang‘ich zarbadan oldin chiqarib yuborilgan о‘yinchi, faqatgina rо‘yxat-dagi zaxira о‘yinchilardan birortasi bilan almashtirilishi mumkin.

*Match protokolida boshlang‘ich zarbadan oldin yoki о‘yin boshlangandan sо‘ng chiqarib yuborilgan zahiradagi о‘yinchini almashtirishga yо‘l qо‘yilmaydi.

O‘yinchilar epikirovkasi.

О‘yinchilar majburiy ekipirovka elementlari hisoblanadi.



  • Kо‘ylak yoki futbolka.

  • Kalta ishton – agar kalta ishton tagidan ichki kiyim kiyiladigan bо‘lsa, ichki kiyim rangi kalta ishton rangidan bо‘lishi kerak.

  • Getralar.

  • Oyoq qalqoni.

  • Oyoq kiyim .

Shitlar

  • Tо‘lik getra bilan yopiladi.

  • Tо‘g‘ri keladigan ( mos keladigan ) materialdan ( rezina, plastik yoki shunga uxshash) tayyorlanadi.

  • Yetarli darajada himoya bilan ta’minlaydi.

Darvozabonlar.

  • Darvozabonlar kiyimining rangi boshqa о‘yinchilar xakam va xakam yordamchilari kiyimi rangidan farq qilishi kerak.

Qoida buzilishi va jazo.

Shu qoidaning har qanday buzilishida:



  • О‘yinni tо‘xtatishning xojati yо‘q.

  • Xakam о‘yinchining о‘z ekipirovkasini tartibga keltirishi uchun maydondan chiqishini sо‘raydi. (maslaxat beradi )

  • О‘yinchi tо‘p о‘yindan chiqqan vaqtda maydonni tashlab chiqadi (chiqib ketadi) agar shu paytgacha u о‘z ekipirovkasni tartibga keltirmagan bо‘lsa.

  • Xakam talabi bilan о‘z ekipirovkasini tartibga keltirish uchun maydonni tashlab chiqqan har qanday о‘yinchi, xakam ruxsatisiz yana maydonga qaytishi mumkin emas.

  • О‘yinchi yana maydonga chiqishi mumkin, qachonki: tо‘p о‘yindan chiqsa. Shu qoidani buzganligi sababli maydondan chiqishi sо‘ralgan о‘yinchi (yoki yana kaytayotgan ) xakam ruxsatisiz maydonga chiqsa sariq kartochka kо‘rsatish bilan ogoxlantirish oladi.

О‘yinni qaytadan boshlash.

Agar xakam ogoxlantirish berish uchun о‘yinni tо‘xtatsa :



  • О‘yin qarshi jamoa о‘yinchisi tomonidan xakam о‘yinni tо‘xtatgan vaqtda tо‘p qayerda bо‘lsa, shu joydan erkin tо‘p tepish bilan о‘yin qaytadan boshlanadi.


Download 311,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish