olg'a 4 1R2
|
|
|
|
|
----- w---- 0—i_r IRl
|
|
|
|
orqagaolg‘.Kl orq.K2
|
|
olg‘.iolg‘.
|
\fyrq.i\grq.
|
ir
|
|
olg‘.
|
|
|
|
orq.Kl
|
|
|
Ko‘p elektr uskunalarda, masalan, ko‘tarish-tashish mashinalarida, aylanish yo'nalishini o'zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu holda rotorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradi-gan (reverslaydigan) magnit ishga tushirgichdan foydalanila-di. 10.5- rasmda bunday magnit ishga tushirgichning elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Yuqorida — 4- bobda ta'kidlab o‘tgan edikki, aylanuvchi magnit maydonning yo'nalishini o'zgartirish uchun uch fazali tarmoqning istalgan ikki fazasini almashtirish kifoya. Bu sxema mana shu fazalami almash-tirishni amalga oshiradi. Sxemada tegishli knopkalar bor.
Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda, „olg‘. K“, ya’ni olg‘aga yurgizish elektromagnit chulg'ami tarmoqqa ulanadi. Natijada asosiy uch fazali „olg‘. K“ kontaktlari va „olg‘. Kr “ boshqarish blok-kontaktlari tutashadi. Asinxron dvigatel ishga tushadi. Dvigatelning aylanish yo'nalishini o‘zgartirish uchun „A“ va „B“ fazalar simining o‘mini almashtirish lozim. Agar „olg‘. K“ va „orq. K“ kontaktlari birdaniga tutashtirilsa, fazalararo qisqa tutashish yuz beradi. Bu qisqa tutash ehtimolini bartaraf qilish uchun orqaga K2 elektr magnit chulg‘am zanjirida „olg‘a“ ajratuvchi blok-kontakt va „orqaga“ EKCH zanjirida „olg‘a“ blok-kontakt kiritilgan. Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda: „orqaga“ EKCH zanjiriga ulangan „olg‘a K^* blok-kontakt ochiladi. Endi „orqaga“ knopkasini bos-
1 1 9
Tarmoq
10.5- rasm, b.
ganda bu EKCH tarmoqqa ulanmaydi, chunki berk zanjir hosil bo‘lmaydi.
Dvigatelni orqa tomonga aylantirish uchun awal tuta-shish knopkasini bosib, dvigatelni tarmoqdan ajratish kerak. Bu paytda har ikkila blok-kontakt, „orq.Af2“ va „olg\ K “ tutashadi. Keyin „orqaga“ knopkasini bosish mumkin.
Magnitli ishga tushirgichlar avtomatik boshqarishda, faza rotorli dvigatellarda, aylanish tezligini o‘zgartirishda va boshqa qator maqsadlarda foydalaniladi.
Avtomatik uzgich. Avtomatik uzgich iste'molchini tar-moqqa dastaki ulaydi, qisqa tutashish, o‘ta-yuklanish kabi hodisalar yuz berganda avtomatik ravishda iste’molchini tar-moqdan ajratadi. 10.5- rasm, b da avtomatik uzgichning prin-sipial sxemasi ko‘rsatilgan. Iste’molchi tarmoqqadastaki ulan-gandan keyin dvigatel yoki boshqa iste’molchi ishlab ketadi.
Agar iste’molchida qisqa tutashish yuz bersa, elektro-magnitning o‘zagi purjina ta’sirida tortilib, iste'molchi tar-moqdan ajraladi. Avtomatik uzgichda issiqlik relesi ham mav-jud. Agar qisqa tutashish rejimidan elektromagnit himoya qil-sa, o‘ta yuklanish rejimidan issiqlik relesi himoya qiladi. Bosh-qa bir turdagi avtomatik uzgichlarda kuchlanish pasayishi yoki eng kam tok va hokazolardan himoya qiluvchi tuzilmalar bo‘lishi mumkin. Avtomatik uzgichlar bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Qator afzalliklari tufayli avtomatik uzgichlardan keng foydalaniladi.
Yuqori kuchlanishli apparatlarga qisqacha to‘xtalib o‘ta-miz. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarga 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV, 500 kV kuchlanishli tarmoqlar kiradi. Hozirgi vaqtda o‘ta yuqori 750 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoqlari va 800 kV, 1150 kV kuchlanishli o‘zgarmas
120
www.ziyouz.com kutubxonasi
tok tarmoqlari mavjud. Bu tarmoqlarda moyli ulab-uzish apparatlari keng ishlatiladi. Moyli uzgich dastaki yoki avtomatik ravishda iste'molchini tarmoqqa ulaydi va uzadi. Bunda ulab-uzgich kontaktlari moyli bakka botirilgan bo'ladi. Kontaktlar orasida hosil boMadigan elektr yoyi, moyni kuydirish natijasida paydo bo'lgan gaz yoyni tez so‘ndiradi. Moyli uzgichda moyga botirilgan asosiy kontaktlardan tashqari, yordamchi blok-kontaktlar ham bo‘ladi. Bu blok-kontaktlar moyli uzgichning holatidan xabar beradi va yuqori kuchlanishli tarmoqlarda uncha muhim boMmagan, ishonchli himoya rele sistemasini tashkil etadi. Moyli uzgichlar kontaktlari maxsus yuritma yordamida avtomatik ravishda yoki qo‘lda harakatga keltiriladi. Moyli uzgichlar yuqorida ko‘rsatilgan hamma nomi-nal kuchlanishlarda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |