О ‘tkir Hoshimov
yapti. To‘rt kundirki, kecha-kunduz qulog‘i ostida mayin bir
kuy jaranglab turibdi. Bu kuy unga kuch bag‘ishlab, qalbini
nurli tuyg‘ularga to‘ldirib yuboryapti. Bu kuy to‘xtamagun-
cha u hech nimani tan olmaydi!
Kechqurun Marat Hilola bilan uchrashishi kerakligini
esladi. 0 ‘sha - oxirgi marta ko‘rishganlarida u yangi spek-
taklga tushamiz, deb va’da bergan edi.
Marat yetib kelganida Hilola kattakon oynavand afisha
oldida turardi. „Xuddi oqqushga o‘xshaydi“, deb o‘yladi u
Hilolaning qo‘lini qisarkan. Chindan ham Hilola oq ko‘ylak,
oq kofita, oq tufli kiyib olgandi.
Marat Hilola o‘zining oyoqlariga tezgina qarab qo‘yga-
nini ko‘rdi-yu, beixtiyor shimi dazmollanmaganini esladi.
„Soqol masalasi ham chatoq bo‘lsa kerak“, deb o‘yladi u.
- Bugun teatrga tushmaymiz!
Hilolaning ko‘ngli bir qalqib tushdi.
- Nega? - dedi ovozi titrab. Hilola oilada kenja qiz
bo‘lganidanmi, erka edi. U kecha, dadasiga janjal qilib, te
atrga kiyish uchun ataylab oq ko‘ylak oldirgan edi.
- Nega? - dedi Hilola alam bilan Maratning ko‘zlariga
tikilib. Shu tobda uning ko‘zlari qizarib ketganini, rangi
sarg‘ayib, labining ikki chetida chuqur-chuqur chiziqcha-
lar paydo bo‘lganini payqadi. Marat yangi spektakl ham
Afrosiyob tarixi mavzusida ekanini eshitgandi. U kitobini
bitirmaguncha bironta tomosha ko‘rmaslik, bironta kitob
o‘qimaslikka qaror qilgan edi. Fikri chalg‘ib ketishidan
qo‘rqardi.
- Ishim bor, - dedi u, „Yangi narsa yozyapman“, degisi
kelmadi. ,,Tug‘ilmagan bolaga ot qo‘yishning nima keragi
bor. Kim bilsin, balki, asar yaxshi chiqmas“. U yozayot-
ganini boshqalar u yoqda tursin, o‘zidan ham qizg‘anardi.
- Nima ish? - dedi Hilola umidsiz ohangda. U negadir
Zamiraning gaplarini esladi. „Bugun sen bilan ko‘rishadi,
ertaga boshqasi bilan...“
Uzun kechalar
147
- Ketamiz, - Marat uni qo‘ltiqlab oldi-da, trolleybus beka-
tiga boshladi. - Keyin, - dedi jilmayib. - Keyin aytaman, xo‘p?
Hilola trolleybusga chiqib ketdi. Marat esa o‘z olamiga
yo‘l oldi.
* * *
Nihoyat, Marat qissasiga nuqta qo‘ydi. Uch hafitadan
buyon vujudini larzaga solib, kecha-kunduzning farqiga
bormay ishlashga majbur etgan fikr-u tuyg‘ulari nihoyasiga
yetdi. Ko‘p qahramonlar taqdiri o‘zi boshda o‘ylaganidan
o‘zgacharoq bo‘lib chiqdi. Ko‘p qahramonlar uni qo‘g‘ir-
choqdek o‘ynatib qo‘ydi.
Marat qattiq toliqqanini, yiqilgudek bo‘lib qolganini
shundagina payqadi. Ammo ruhi tetik, kayfi chog‘ edi. U
yaxshi asar yozganini bilardi.
Shu kunlar davomida Hilola bilan ham durustroq gap-
lashmaganini, qiz undan qachondir, negadir ranjib qolganini
tush kabi g‘ira-shira esladi. Vazir qabuliga hamon kirma-
ganini, tahririyatning bironta ishini qilmaganini endi o‘ylay
boshladi.
Tahririyatda chindan ham ish to‘planib qolgan ekan. Ma
rat boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi. Xatlami ko‘zdan kechirdi.
Yosh qalamkashlar bilan gaplashdi. Kechga yaqin Hilolaga
qo‘ng‘iroq qilib, ko‘rishishni iltimos qildi.
U kiyinib, endi chiqib ketayotgan edi, qo‘ng‘iroq jiring-
lab qoldi.
„Yosh shoirlardan birontasi she’rining taqdirini so‘rasa
kerak“. U bir qo‘li bilan plashining tugmalarini qadarkan,
boshqa qo‘li bilan go‘shakni ko‘tardi.
Qandaydir notanish ayol ovozi uni so‘radi.
- Men eshityapman, - dedi Marat oxirgi tugmani halqa-
dan o‘tkazarkan.
Go‘shak uzoq vaqt jimib qoldi-da, yig‘i ovozi eshitildi.
Marat hayron bo‘lib joyiga o‘tirib qoldi.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |