Dori vositalarining mikroblar bilan zararlanishini aniqlash
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qanday bo’lishi quyidagi sabablarga bog’liq bo’ladi:
1) Xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.
2). Dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviytabiati.
3) Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x.k.)saqlash shart-sharoitlari.
4) Dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari.
Mikroorganizmlar turli yo’llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga suv yoki havo orqali o’tishi, idishlar,dorixona xodimlarining qo’llari, shuningdek, analiz noto’g’riqilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv choq’ida xam o’tib qolishimumkin.
Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat'iy rioya qilish kerak:
1) Mikroorganizmlarga shikast yetkazmagan holda ashyodan foydalanish;
2) Dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan holda to’g’ri saqlash;
3) Tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfektsiya qilish,sterillangan idishlardan foydalanish va x.k.);
4) Xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to’la-to’kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish;
5) Dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o’ralgan bo’lishi kerak;
6) Agar bir necha marta foydalanishga mo’ljallangan dori mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo’lsa (qand, oqsil moddalar va x.k.),u holda bunday dorilarga konservant qo’shilishi lozim.
Suyuq dorivor moddalar mikroblar bilan zararlanganda dori solingan idish
tubida cho’kma hosil bo’ladi, cho’kma. miqdori ko’payadi, idishdagi dori xira tortib, yuzida yupqa parda hosil bo’ladi, dori solingan idishda o’sha doriga xos bo’lmagan hid paydo bo’ladi va x. k.
Ko’pincha dorivor xomashyolar va dori darmonlar tarkibida mikroorganizmlarning mavjudligi faqat mikrobiologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi, xolos. Dorivor moddalar yoki tibbiy preparatlarning mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasi 1 g quruq preparat yoki 1 ml eritma tarkibidagi mikroorganizmlar hujayrasi miqdori bilan ifodalanadi. Mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasini aniqlashda ularning ayrimlari antimikrob ta'sir eta olish xususiyatiga ega bo’lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Odatda antimikrob ta'sirlar bakteriostatik (mikroorganizmlarning ko’payishini to’xtatuvchi yoki sekinlashtiruvchi) va bakterotsid (mikroorganizmlarga halokatli ta'sir ko’rsatuvchi) kabi turlarga bo’linadi. Mikro organizmlarning o’zi esa dorivor maxsulotlarga nisbatan sezuvchan yoki barqaror bo’lishi mumkin. Bularning barchasi dorilarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini aniqlash
metodikasini murakkablashtiradi va har bir dori shakliga individual yondoshishni talab qiladi.
Noin'ektsion tibbiy preparatlarning mikrob bilan zararlanishini chegaralaydigan VOZ va farmokopeya talablari xam mavjud. Nosteril dorivor moddalar Regoz da qo’llaniladigan nosteril dori moddalar tarkibida patogen va shartli-patogen mikroflora namunalari uchramaydi. Mahalliy intravaginal holatda qo’llaniladigan, shuningdek, quloq, burun kabi organlarni, davolashda
ishlatiladigan dorivor moddalarning 1 g (ml) si da 100 mikrob hujayradan ko’p mikroorganizmlar bo’lmasligi kerak. Bundan boshqa turga mansub dori-darmonlar va dorivor xom-ashyolar tarkibidagi saprofit bakteriyalar soni 1000 hujayradan, patogen zamburug’lar esa 1 g preparatda 100 hujayradan oshmasligi lozim.
Dorivor moddalar va xom ashyolarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini o’rganishga kirishishdan avval, o’sha moddalarning antimikrob ta'sirini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |