Odamlarda kasallikning patogenezi
Kasallikni manbai bo’lib, bemor odam yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo tomchi, fekal, oral yo’llari bilan yuqadi. Virus og‘iz bo’shlig‘i, burun halqumlarining shilliq qavati epitelial hujayralarida reproduksiyalanadi. Birlamchi virus reproduksiyasi ingichka ichakni shilliq qavati va Peyer blyashkalarida ham ro’y beradi. Virus limfa sistemasidan qonga o’tib, MNS – ga boradi va periferik nerv aksonlariga pastki harakat neyronlarining tolalari bo’ylab tarqaladi. Virus bosh miya va orqa miyani shikastlaydi. Orqa miyani oldingi shoxlaridagi hujayralar juda ham virusga sezgir bo’ladi, shuning uchun ushbu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.
Klinik belgilari paydo bo’lganiga qadar bemorning burun, halqumi va najasidan virusni ajratib olish mumkin. Kasallik 4 – xil klinik shaklda kechadi.
Klinik simptomlari rivojlanmagan shakli.
Kasallikning engil falajsiz shakli.
Aseptik meningit shakli.
Falajlik shakli.
Kasallikning yashirin davri 7 – 14 kun, ayrim hollarda 3 – 35 kun blishi mumkin. Poliomielit virusining 3 ta serotipi axoli orasida tarqalgan. Poliomielit bilan asosan 4 oylikdan 5 oygacha bo’lgan bolalar kasallanadi va kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallik ko’proq kuz oylarida uchraydi. Kasallikning og‘ir kechishi, bemor organizmining holatiga va uning irsiyatiga bog‘liq.
IMMUNITETI: Poliomielitdan so’ng turg‘un, uzoq muddatli immunitet hosil bo’ladi. Virusning boshqa tipi yuqishi natijasida qayta kasallanishi mumkin. Virusning neytrallovchi antitelalar va sekretor immunoglobulin A hosil bo’ladi. Onadan o’tgan immunitet bolada 3 – 6 haftagacha saqlanishi mumkin. Immunitet gumoral tipda xos bo’ladi.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bemordan najas, burun halqumidan suyuqlik olinadi. Murdadan esa, bosh va orqa miya, muskullar ichak devori va boshqa a’zolar olinadi.
Poliomielit virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o’laroq, orqa miya suyuqligida kam uchraydi. Bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida tekshiriluv materiallarda antibiotiklar qo’shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi. Ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra kulturasiga va odam amnioni hujayra kulturalariga yuklatiladi. Bu hujayra kulturalarida virus reproduksiyalanadi (XPT etadi) va tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasidan neytralizatsiya reaksiyasini qo’yib, viruslar idintifikatsiya qilinadi.
Poliomielit kasalligida bemor qonida komplement bog‘lovchi va viruslarni neytrallovchi antitelalar paydo bo’ladi. Ularning titri kasallikning dinamikasida ortib boradi. SHu sababli bemordan juft zardoblar olinib KBR va neytrallash reaksiyalarini quyib, diagnoz qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |