£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Ziyolilarning qatag'on qilinishi



Download 74,51 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi74,51 Kb.
#680626
1   2   3   4
Bog'liq
O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a страницы

Ziyolilarning qatag'on qilinishi Stalincha siyosiy qatag'onlikdan jamiyatning sog'lom kuchlari, milliy ziyolilar eng ko'p aziyat chekdi, mislsiz kurbonlar berdi. Negaki, totalitar rejim mutasaddilari o'zlari jaholatparast kimsalar bo'lganligidan, ilmu ma'rifat, ziyo ahlini qadrlash, e'zozlash o'rniga ularni xo'rlash, tahqirlash, kerak bo'lsa yo'q qilishni o'zlariga kasb qilib olgandilar. Shu bois vaqti - vaqti bilan ziyoli kadrlarni qatli om chig'irigidan o'tkazish, saflarini «yagonalab» turish ular uchun odatiy hol bo'lib kolgandi. Masalan, butun hayoti ijodini millat baxt - saodati, yurt istiqboli uchun bag'ishlagan Munavvar qori shu davrda avj olgan sovetlar ig'vosi va bo'htonining aybsiz qurboni bo'ldi. Uning rahnomoligida millat ravnaqi va istiqloli yo'lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy istiqlol» tashkilotining 87 a'zosi ustidan sud uyushtirildi. Ularning 49 nafari «Xalq dushmani», «burjua millatchisi» degan ayblar bilan qoralanib, og'ir jazolarga hukm qilindilar.
O'zbek adabiyotining ustunlari bo'lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosir, Mahmud Botu (Xodiev), Elbek (Mashriq Yunusov), Fozi Yunus kabi ajoyib iste'dodlarni quruq bo'htonu to'hmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo'q qilinib, yorqin faoliyati so'ndirildi.
Masalan, ulardan biri - professor Fozi Olim Yunusovni oladigan bo'lsak, u 50 dan ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab va nemis tillarida Samarkand universiteti, Toshkent pedagogika instituti hamda Til va adabiyot ilmiy - tadqiqot institutida umumiy tilshunoslik va til bilimiga kirish kabi maxsus kurslardan ma'ruzalar o'qirdi. Biroq bunday iste'dodlar qatag'on jallodlari uchun sariq chaqalik qadr - qimmatga ega bo'lmagan. Mustabid tuzum farmonbardorlari ayniqsa bunda o'zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o'zligini tanitishga fidoyilik qilgan, istiqlol darg'alari bo'lgan jadidizm namoyandalarini yo'q qilishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Bunga erishdilar ham.
O'zbekiston hukumatining tashabbusi va sa'y-harakati bilan 20-yillarda xorijga o'qishga yuborilib, yaxshi mutaxasislar, fan arboblari bo'lib etishgan kishilar atayin qatliom qurbonlari bo'ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada ta'lim olgan bo'lsalar ularga o'sha mamlakatlarning josuslari degan ayb qo'yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida chet elda bosilgan kitob topilguday bo'lsa, shuning o'zi etarli dalil edi. Axir ular chet el oliy o'quv yurtlarida o'qigan bo'lsalar ularda shunday kitoblar bo'lishi tabiiy edi. Masalaning bunday mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini qiziqtirmagan. Xorijda ta'lim olib, professorlik unvoniga sazovor bo'lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, Abduvahob Ishoq, Saida Shermuhammad qizi, Sattor Jabbor, Otajon Hoshim va boshqalar o'sha davrlarda millat faxri bo'lganlar. Ularga ham “xalq dushmani”, “chet el josusi” qabilidagi tavqi la'nat tamg'asi bosilib qatliom etildilar.
Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmining haddan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qiymati, or - nomusi toptaldi, tahqirlandi. Faddor tuzum zulmkorlari o'z g'ayriqonuniy hatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir insonning yurish - turishi, kundalik mashg'uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo'lgan hamma jarayonlarni ham o'z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo'l bilan badkirdor tuzum sha'niga dog' tushirmaslik, uning soxta obro' - nufuzini asrash, avaylash edi.
Sovetlar o'z siyosatidan salcha og'ish, unga zid keluvchi hollarga shafqatsizlik bilan munosabatda bo'lardi. Buning oqibatida kishilar dunyoqarashi, e'tiqodini o'z izmiga bo'ysundirish, uni kommunistik axloq, ilmiy va ateistik tamoyillar ruhida shakllantirish uchun hujumkor kurash olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnatkashlarining ma'naviy hayotiga etkazgan zarari behisob bo'ldi. Shu yo'l bilan xalq ma'naviy - ruhiy hayotiga asrlar osha muhim hissa qo'shib kelgan butun boshliq ruhoniylar tabaqasi yo'q qilindi. Din peshvolari qattiq ta'qibu quvg'inga olindi.
Bu davrda insonni qoralash, uning peshonasiga «xalq dushmani» tamg'asini bosish tuzum zolimlari uchun huddi «xamirdan qil sug'urganday» gap bo'lgan. Hatto shunday hollarga duch kelindiki, respublikadagi ko'p xonadonlarda vaqti - vaqti bilan o'tkazilgan tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo'lsa, uning nomi, mazmuni so'rab, surishtirilmasdan o'sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la'nat tamg'asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga hukm etilavergan.
Shunday qilib, stalincha qatag'onlik respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojialar, beadad yo'qotishlar bilan to'lib toshgan davr bo'ldi. U millionlab odamlarning taqdir - qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o'z bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug', charog'on kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi. U stalincha qatli omning har qanday shiddatiga dosh berib, o'z asriy qadriyatlarini, udumlari, rasm - rusumlarini saqlab, imon - e'tiqodida sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi.
Biz, milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo'lida kurashib, stalincha qatag'onlik qurbonlari bo'lib ketgan aziz insonlar xotirasini doimo qalbimiz to'rida saqlamog'imiz kerak bo'ladi. Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning 2001 yil 1 maydagi farmoni bilan har yili 31 avgust kunini «Qatag'on qurbonlari» xotirasini nishonlash kuni, deb e'lon qilinganligi g'oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq e'tirofidir.

  1. Urushdan keyingi yillarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi
    zo'ravonligining ko'chayishi


Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o'tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy - siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu- niyatlar ro'yobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy -siyosiy va ma'naviy hayotda ma'muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e'lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo'lib qoldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o'tirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi.
Respublikalarning, jumladan, O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g'alabani ta'minlashda rus halqi asosiy rol o'ynadi, degan mash'um g'oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug' og'amiz» deb barala targ'ib qila boshladi .
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini erdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946 yil sentyabrda VKP(b) MQ va SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo'jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to'g'risida» qarori e'lon qilindi. Qishloq xo'jaligi bilan aloqasi bo'lmagan 1300 tashkilotga yordamchi xo'jalik sifatida berib qo'yilgan 6 ming gektar erni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo'l qo'yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog'i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo'lidagi tomorqa erlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo bo'lmagan 20 ming xo'jalikning go'yo, «qonunga hilof» ravishda egallagan 2,5 ming gektar erlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini erdan mahrum etish jarayoni 50 - yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor bo'lgan qishloq aholisining ahvolini yanada og'irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo'jalik artelining odamlardan so'ramasdan tuzilgan nizomini o'zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o'zi ham ko'tarib chiqa olmadi. Negaki, totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi. Odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi.
Totalitar tizimning eski kasali yana qaytalanib, sovet jamiyati urushdan keyin boshdan kechirayotgan benihoya og'ir iqtisodiy qiyinchilik, ma'naviy-ruhiy kemtiklik, o'tkir ijtimoiy-siyosiy tanglik sharoitida mamlakatda hech bir norozilik, tushkunlik holatlarga izn bermaslik maqsadlarida bir yoqlama qattiqqo'l siyosat yuritish yo'lini tutdi. Bunda kommunistik mafkura bosimini ayni chog'da Markazda va joylarda, xususan milliy respublikalarda butun choralar bilan kuchaytirishga asosiy urg'u berildi. Hukmron kompartiyaning bu boradagi makkorligi shundaki, u keng milliy hududlar aholisini, uning ilg'or, o'qimishli, ziyoli kuchlarini, mahalliy milliy kadrlarni doimiy tahlikada tutish, siltab turish, itoatda saqlash uchun bu yangi qatli om mavsumini avvalo Markazdan boshlashni maqbul topdi. Xususan 1946-1948 yillarda VKP(b) Markazqo'mi tomonidan adabiyot, san'at, ilm-fan sohalarida o'tkazilgan bir qator anjumanlar, bahslar va ular yuzasidan qabul qilingan, mohiyatan «g'oyasizlik va kosmopolitizmga qarshi kurash ruhi» bilan sug'orilgan talay «muhim» qarorlar va hujjatlar qatag'onlikning yangidan boshlanib, avj olishiga sabab bo'ldi.
Masalan, VKP(b) MQning 1946 yil fevralida qabul qilgan «Zvezda», «Leningrad» jurnallari to'g'risida, so'ngroq «Katta hayot» kinofilmi, V.Muradelining «Buyuk do'stlik» operasi to'g'risidagi qarorlari bunga turtki bo'lib xizmat qildi.
Shu asosda 30-yillar mash'um qatag'onligining davomi sifatida ilg'or, mustaqil fikr yurituvchi, yurt, millat manfaatlarini o'ylovchi, qayg'uruvchi, shu ruhda ijod qiluvchi ziyolilarni ham Markazda, ham joylarda ta'qib va quvg'in qilish jarayoni avj olib ketdi. Bundan shu hukmron tuzumga tobe bo'lgan, qo'l-oyog'i zanjirband etilgan jafokash O'zbekistonning ko'plab ilg'or ziyolilari, ijodkorlari hayoti va qismati ham chetda qolmadi.


  1. Download 74,51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish