£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


orqali  bilamiz,  tarixining  tag-tomirigacha  nazar  tashlaymiz



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

orqali  bilamiz,  tarixining  tag-tomirigacha  nazar  tashlaymiz»

1

,  deb  aytgan  so’zlari 



alohida ahamiyat kasb etadi.

 

«O’zbek»  atamasi  va  uning  kelib  chiqishi,  yoyilishi  to’g’risida  fikr  yuritganda,  bu 



masalaning  yana bir qator muhim jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Negaki, bu 

ham  o’sha  xalqning  ma’lum  ma’noda  o’ziga  xos  xususiyatlarini,  tabiati,  mazmuni, 

mohiyatini tushunishda asqotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «O’zbek» atamasining 

kelib chiqishi, uni xalqimizga nisbat berilishi xususida ham tariximizda turlicha qarashlar 

va  yondashuvlar  mavjuddir.  Zero,  ularni  ko’zdan  kechirish,  turli  nuqtai  nazarlarni 

taqqoslash  va  aniqlashtirish  orqali  ham  xalqimiz  tarixiga  oid  ko’p  narsalarni 

oydinlashtirish,  o’z  tarixiy  xotiramizni  yanada  boyitib  borishimiz  mumkin  bo’ladi. 

Ma’lum  bo’lishicha,  «O’zbek»  iborasi  XIII-XIV  asrlarda  yashab  o’tgan  o’sha  davrning 

mashhur  tarixchilari  Juvayniy  va  Rashididin  asarlarida  ham  uchraydi.  Mashhur 

bobokalonimiz,  buyuk  alloma  va  davlat  arbobi  Mirzo  Ulug’bekning  «To’rt  ulus  tarixi» 

asarida  ham  «O’zbekiya»,  «O’zbeklar  mamlakati»  degan  jumlalarga  ko’zimiz  tushadi. 

Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug’, qabilalar yashagan joy, 

hudud nomlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak.

 

Ba’zi  manbalarda esa o’zbek nomi Oltin O’rda xonlaridan biri O’zbekxon (1312-



1340)  nomidan  olinganligiga  ishora  qilinadi.  Rus  olimlaridan  A.Yakubovskiy,

 

1



 I.A.Karimov. Asarlar, 7-tom, 143-bet. 

1

 I.A.Karimov, Asarlar, 7-tom, 144-bet. 



72

 



N.Aristov,I.Ivanovlar  ham  shunday  qarashga  moyillik  ko’rsatadilar.  Venger  olimi 

Xerman Vamberi esa yanada qiziqroq ma’lumotni ilgari suradi: «O’zbek» so’zining tub 

ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasini 

dastlab Dashti Qipchoqda  yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo’lib, bu qavm, 

elatlarning  yurtimizga  o’rnashishi,  tubjoy  aholi  odamlari  bilan  taqdiran  qo’shilishi 

jarayonida «O’zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining umumiy nomiga aylanadi.

 

4. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda milliy totuvlikning ta‘minlanishi



 

O’zbekiston milliy istiqlolining qo’lga kiritilishi o’zbek xalqining tarixiy taqdirida 

tub  burilish  yasash  barobarida,  uning  tom  ma’nodagi  emin-erkinligi,  ozodligi  va 

mustaqilligini  ta’minlab,  ijtimoiy  taraqqiyotning  keng,  istiqbolli  yo’llariga  olib  chiqdi. 

Xalqimiz o’zgalarga tobelik va qaramlik asoratidan butunlay xalos bo’lib, o’zligini tanib, 

qaddini  tiklab  jahon  hamjamiyati  tomon  yuz  tutdi.  Uning  tomonidan  ko’p  asrlar 

davomida  yaratilgan  bebaho  ma’naviy  qadriyatlar,  asori  atiqalar,  moddiy  va  ma’naviy 

boyliklar barcha-barchasi yurt fuqarolarining umumiy mulkiga aylandi.

 

Mustaqillik ayni paytda milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi 



muammolar echimini muvaffaqiyatli hal etish yo’llarini belgilab berdi. O’zbekiston ko’p 

millatli  mamlakat  bo’lganligi  bois  ham  milliy  masalani  to’g’ri,  oqilona  hal  etish  uning 

demokratik  rivojlanish yo’lidan  ilgarilab  borishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning 

ustiga respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik 

va  yaratuvchilik  ishlarining  maromi  ko’p  jihatdan  milatlararo  munosabatlarni  to’g’ri 

tashkil  etish,  ularni  aniq  maqsadlar  sari  yo’naltirishga  bog’liqdir.  Mustaqil  O’zbekiston 

hozirgi murakkab o’tish davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin bartaraf etib, ilgarilab 

borar  ekan,  bunda  sobiq  sovetlar  tuzumidan  meros  bo’lib  qolgan  milliy  munosabatlar 

masalasidagi  ko’plab  ziddiyatli,  muammoli  masalalarni  hal  etish  yo’lidan  bormoqda. 

Ma’lumki,  mustabid  sovet  hokimiyatining  milliy  siyosati  shu  darajada  bir  yoqlama 

yo’nalishda olib borilganki, millatlarning o’ziga xoslik, milliylik jihatlari muttasil inkor 

etilib kelingan. Xususan, o’zbek xalqining ko’p asrli asl ma’naviy qadriyatlari, islomiy 

diniy  e’tiqodi,  milliy  udumlari,  an’analari,  marosimlarining  cheklanib,  tahqirlanib 

kelinganligi,  ko’hna  boy  tarixi  soxtalashtirilib,  buzib  talqin  etilganligi,  milliy  tilining 

doimiy kamsitilganligi va shu singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir.

 

Xususan,  1924  yilda  O’rta  Osiyoda  o’tkazilgan  milliy-davlat  chegaralanishi  va 



buning orqasida yagona Turkiston hududining bo’lib tashlanishi, bu erda asrlar davomida 

birga  yashab  kelgan  qon-qardosh  xalqlarning  bir-biridan  ajratilishi  hamda  ular  orasiga 

sun’iy to’siqlar tortilishi - bular sovetlar yuritgan shovinistik siyosatning klassik namunasi 

edi. Binobarin, 1924 yilda tashkil topgan O’zbekiston respublikasi qariyb 70 yil davomida 

hukmron Markazga qo’l-oyog’i bilan bog’lanib, uning izmida yashab keldi.

 

Ittifoqdosh  respublikalar  milliy  manfatlarining  muttasil  inkor  etilishi,  ularning 



suveren  haq-huquqlarining  poymol  qilinishi,  ularga  taalluqli  hamma  narsaga  ittifoq 

davlatining  hukumronligi  oxir-oqibatda  bu  qizil  saltanatni  tarixning  kutilmagan  sinov-

sinoatlariga duchor etdi. SSSR hayotining so’ngi kezlarida uning turli milliy hududlarida,

 

73



 


jumladan, Boltiqbo’yi, Gruziya, Ozarbayjon, Qorabog’, Qozog’iston, O’zbekiston singari 

joylarda  voqe  bo’lgan  qator  yirik  mojarolar,  qon  to’kishlar  ko’p  jihatdan  milliy-etnik 

ziddiyatlarning  kuchayib  borishi  negizida  yuz  berganligi  tasodifiy  emasdir.  O’tgan 

asrning  80-yillar  oxiri-90  yillari  boshida  sodir  etilgan  Farg’ona,  O’sh  qonli  voqealari, 

ularning mudhish oqibatlari ham ayni shu noto’g’ri, bir yoqlama yuritilgan siyosat natijasi 

bo’lgan  edi.  Bular  pirovardida  SSSR  qudratini  tanazzulga  yuz  tuttirgan,  uni 

parchalanishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo’lgan.

 

Binobarin,  O’zbekiston  o’z  mustaqilligiga  erishgach,  millatlar  o’rtasida  totuvlikni 



mustahkamlash,  barcha  millat  va  elat  vakillari  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratish  yo’lidan 

bormoqda.  Milliy  istiqlol  arafasida  (1989  yil  21  oktyabrda)  O’zbekiston  yangi  rahbari 

tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va shundan e’tiboran uning 

iste’mol doirasining kengayishiga keng ufqlar ochilishi respublikamiz hayotida chinakam 

favqulodda ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Yurt mustaqilligining qo’lga kiritilishi esa 

ona  tilimiz  mavqei va  nufuzini  yuksakka  ko’tarib,  uni jahon xalqlarining erkin  milliy 

tillari qatoridan munosib o’rin egallashini ta’minladi. Ayni chog’da milliy tariximiz va u 

bilan  uzviy  bog’liq  teran  ma’naviy  sarchashmalarimizning  yuzaga  chiqishi,  tarixiy 

haqiqatning  qaror  topishi,  o’zlikning  anglanishi  o’z  navbatida  o’zbek  xalqining  millat 

sifatidagi  muhim,  o’ziga  xos  xususiyatlarini  chuqur  o’rganish,  uning  ertangi  porloq 

istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

 

Mustaqillikning  dastlabki  qadamlaridan  boshlaboq  respublikada  istiqomat  qiluvchi 



barcha  millat  va  elat  kishilarining  milliy  tili,  madaniyati,  adabiyoti,  sa’nati,  urf-odatlari, 

rasm-rusmlari,  an’analarini  avaylab  saqlash,  ularni  jonlantirish  va  yanada  rivojlantirish 

uchun keng imkoniyatlar ochildi. Mazkur elat va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda 

hal  etish  va  bu  ishlarni  yuksak  darajada  tashkillashtirish  uchun  milliy  madaniyat 

markazlari tuzilib, faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirda yurtimizda yuzdan ziyod shunday 

markazlar mavjud bo’lib, ular bu borada to’laqonli ish yuritmoqdalar.

 

Milliy  madaniyat  markazlar  va  ularga  uyushgan  madaniyat,  adabiyot  sa’nat  va 



ilm-fan  namoyandalari,  faollar  ishtirokida  o’sha  xalq  va  elatga  xos  milliy  udumlar, 

marosimu bayramlar, qiziqarli mavzularga bag’ishlangan kechalar, uchrashuvlar, turli xil 

anjumanlar  muntazam,  an’anaviy  tarzda  o’tkazilib  borilyapti.  Bu  esa  shu  xalq,  elat 

odamlari  hayotining  jamiyatda  to’la  mazmunli  kechishigagina  samarali  ta’sir  ko’rsatib 

qolmay,  ayni  zamonda  ularning  ijtimoiy-siyosiy  faoliyatining  oshishiga,  ma’naviy-

madaniy hayot ne’matlaridan to’la bahramand bo’lishiga ham muhim omil bo’lib hizmat 

qilmoqda.  Shuningdek,  mavjud  milliy-madaniy  markazlar  faoliyatini  muvofiqlashtirish, 

ularning  ibratga  loyiq  ish  tajribalarini  to’plash,  umumlashtirish  maqsadida  Toshkentda 

Respublika  Baynalmilal  madaniyat  markazi  tashkil  etilgan.  Uning  faoliyati  ham 

respublikada  yashovchi barcha xalqlar, elatlarning o’zaro do’stlik, qardoshlik aloqalarini 

bundan  buyon  ham  jipslashtirib,  ularning  madaniy  va  ma’naviy  hayotini  yaxshilash, 

takomillashtirib borish, O’zbekiston diyorining gullab-yashnashi  va  ravnaqiga  munosib 

hissa qo’shishga yo’naltirilgan.

 

Hozirda  respublikamizning  ko’pgina  maktablarida  va  boshqa  ta’lim  tizimlarida 



o’qishlar rus, qozoq, tojik, qirg’iz,  qoraqalpoq va  boshqa tillarda tashkil etilgan. Ular 

uchun har yili etarli miqdorda o’quv darsliklari, qo’llanmalar nashr etilib, o’quvchilarga

 

74

 




etkazib berilmoqda. Shuningdek, rus, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarda vaqtli matbuot 

nashrlari  chop  etilmoqda.  Turli  tillarda  radio,  televidenie  eshitirishlari  va  ko’rsatuvlari 

muntazam namoyish etib borilmoqda.

 

O’zbek  xalqining  o’z  davlat  mustaqilligini  qo’lga  kiritishi,  demokratik  xuquqiy 



davlat  asoslarining  yaratilishi,  xalqimizning  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  o’zini 

to’la-to’kis namoyon etayotganligi, ko’p asrlik boy tarixi tilga kirganligi, milliy tilining 

yuksak  mavqega  ko’tarilgani,  betakror  ma’naviyati,  buyuk  ijodkorlik  salohiyati  e’tirof 

topgani – bular uning to’la ma’noda millat sifatida shakllanib, yuksalib borayotganligiga 

asosli dalolatdir. Zero, mana shu muhim hollarni ko’zda tutgan holda Yurtboshimiz ham 

«millatimiz hozir shakllanyabdi», deb bejiz ta’kidlab o’tmagan.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish