madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YuNESKO bilan aloqalari tobora
qarorgohida O’zbekistonni YuNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. O’sha
kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994
yil oktyabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YuNESKO
ning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta ob’ekt bor.
fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi.
YuNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga
Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul oyida YuNESKO
qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi.
YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida
1995 yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YuNESKO bobomiz Amir Temur
tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil
oktyabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.
Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YuNESKOning madaniy qadriyatlar
1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva
ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti
YuNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997 yil 19-20
oktyabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan
bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YuNESKO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar
va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar
jamg’armasi (YuNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq,
Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar
ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati
bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta
fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh
bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: