Xiva xonligi. Manbalarda ko’rsatilishicha, XIX asr birinchi yarmida Xiva
xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubda Eron bilan,
sharqda Buxoro amirligi, g’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan
chegaradosh edi. Suvsiz, cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy
jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo’ygan edi. Quyi Amudaryo bo’yi Xiva
xonligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva,
Urganch, Qiyot, Ko’na Urganch, Xazorasp, Qo’ng’irot, Xo’jayli, Kurdar (Xozirgi
Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari edi. O’rta Osiyoning eng boy savdo
markazlaridan biri bo’lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblanardi. Shahar ikki
qismdan Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal’a (shaharning tashqi
qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa,
karvonsaroy va bozor joylashgan bo’lib, ular asosan X1X asrda barpo etilgan. 1842 yilda
Dishon qal’a qurilib, devor bilan o’rab olinadi. Dishon qal’ada hunarmandlar,
savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar.
Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashardi. Aholining ko’pchilik
qismi o’zbeklar bo’lib, ulardan eng kuchli va ko’p sonlilari qo’ng’irot, nayman, qiyot,
uyg’ur, nukuz, qangli, xitoy, qipchoq qabilalari edi. O’zbek qabilalari asosan Amudaryo
tarmoq yoygan qismida, kanallar bo’ylarida joylashgan edi.
Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4 qismi) turkmanlar tashkil etardi.
Turkmanlar qadimgi o’g’izlarning avlodlari bo’lib, forscha gaplashuvchi mahalliy xalqlar,
o’zbeklar bilan qorishib ketgan edi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol degizining
janubiy qirg’oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qoraqalpoqlar bu hududdagi sho’rxok
erlarni qancha mashaqqatlar bilan o’zlashtirib tirikchilik qilardi. Dehqonchilik,
chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg’uloti edi.
163
Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi. Shuningdek, xonlikda qisman
forslar, arablar va boshqalar ham yashagan.
Muhammad Rahim I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o’zaro urushlar biroz
tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga etdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlarning
chavdor qabilalari ham bo’ysundirildi. Mamlakatda o’tkazilgan soliq islohoti, bojxona
joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo’jalik ishlariga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. O’z
vaqtida yig’ib olingan soliqlar xonlik daromadini oshirdi.
O’rta Osiyodagi qo’shni davlatlar singari Xiva xonligi ham monarxiya tipidagi
davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o’xshardi. Oliy xokimiyat xon qo’lida bo’lib,
uning huquqi chegaralanmagan - hokimi mutlaq edi. Xiva xonligida qulchilik rasmiy
jihatdan hamon mavjud edi. Dishon qal’ada qul bozori bo’lib, sotilguncha qullarni ushlab
turuvchi maxsus bino mavjud edi. Qul savdosi ayrim toifadagi odamlar uchun daromadli
edi, qul sotish bilan ko’proq turkmanlar shug’ullanardi. Ular Eron, Afg’oniston,
Badaxshonga hujum qilib, qishloq aholisini qul qilar, bozorda sotardi.
> Muhammad Amin Inoq
- 1770-1790
> Avazxon
- 1790-1804
> Eltuzarxon
- 1804-1806
> Muhammad Rahimxon I
- 1806-1825
Do'stlaringiz bilan baham: |