> Muhammad Rahim
- 1756-1758
> Doniyolbiy (otaliq)
- 1758-1785
Mang‘itlar > Shohmurod
- 1785-1800
sulolasi
> Haydar
- 1800-1825
(1753-1920)
> Nasrullo
- 1826-1860
> Muzaffar
- 1860-1885
> Abdulahad
- 1885-1910
> Olimxon
- 1910-1920
XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi.
Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat
xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki
egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina
qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari
kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi.
Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham
xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun
qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi,
mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish,
poraxo’rlik keng tarqaldi.
Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari
> Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha
boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat
qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan
tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi.
> Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning
undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning
bir chetida yashagan.
> Ko‘kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga
va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi
ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan.
> Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda
harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham
maxsus daftarga yozib borgan.
> Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.
> Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor
bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan.
> Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va
boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan.
> Miroxo‘r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini
uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.
> Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.
161
> To‘qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor.
> Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni
o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor.
> Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining
boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va
huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi
daromadining ma’lum qismini olardilar.
> Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik
hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga
meros bo’lib ham o’tgan.
> Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan
barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat
panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan.
Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan.
> Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar
bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha
muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan
holda hukm chiqarardi.
Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og‘asi kabi
e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan.
Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan.
Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar edi. Shunga ko’ra ular
xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda o’tirardilar. Ba’zilari
o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba’zilari
piyoda kirardi.
Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega edi.
Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayyidlar
hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi
xo’jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik
ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX
asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi.
Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda
shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng
katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir
viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din
masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi.
Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi,
Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki,
Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa,
Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir
beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. Hokim
huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy
ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning
162
xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan
turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq
yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonun-
qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi.
XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib,
ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. Qo’shin askarlari, asosan,
o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir
qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik beradi.
Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga
nisbatan ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha
erkaklar olinardi, qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik
daromadi 2 mln. 300 ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni
saqlashga sarflanardi. Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi.
XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan.
Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy
qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay,
zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik
omillaridan biri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |