£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Turkiston  xalqlari  /buryat,  yoqut,  oyrat,  qirg’iz  va  uyg’urlar/  bo’ysindiriladi.  Mo’g’ul 

sarkardasi  Xubiloy  Ettisuvning  shimoliy  hududlarini  ishg‘ol  etib,  bevosita 



Xorazmshohlar  davlati  chegaralariga  yaqinlashib  boradi.  1211  yilda  uyg’urlar  eri 

istilo  etilgach,  shundan  so’ng  Chingizxon  Xitoyga  hujum  boshlaydi.  1215  yil 

boshlariga  kelib  Shimoliy  Xitoy  poytaxti  Pekin  ishg‘ol  etiladi.  1217  yilda  Xuanxe 

daryosining shimolidagi barcha erlar mo’g’ullar tasarrufiga o’tadi. Ayni chog’da  1218 



yilga  kelib  g‘arb  tomonda  Ettisuv  hududining  qolgan  qismi  ham  egallanib, 

mo’g’ullarga  tobe  bo’ladi.  Endilikda  Chingizxonning  asosiy  bosh  maqsadi  -  uning 

jahonga  hukmron  bo’lishiga  katta  to’g’onoq  bo’lib  turgan  buyuk  Xorazmshohlar 

qo‘shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi.

 

Bu  davrda  Xorazmshohlar  davlatining  ichki  ijtimoiy-siyosiy  hayoti  g’oyatda 



murrakab,  ziddiyatli  kechayotgandi.  Bu  davlat  tashqaridan  ulug’vor,  keng  hududlarga 

yoyilgan,  qudratli  saltanat  tarzida  ko’rinsa-da  va  uning  hukmdori  Muhammad 

Xorazmshoh  o’zini  «Iskandari  soniy»,  «xudoning  erdagi  soyasi»  deb  bilsa-da,  biroq 

haqiqatda esa Xorazmshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan 



edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, 

Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning 

qavmlaridan  iborat  nufuzli  siyosiy  kuchlar  doimiy  muxolifatchilik  munosabatida  bo’lib 

kelardi.  Ikkinchi  tomondan,  mahalliy  hududlar  beklari  va  hokimlari  ham  markaziy 

hokimiyat  bilan  hisoblashmay,  o’zboshimchalik  qilar,  xalqqa  haddan  ziyod  jabr  -  zulm 

o’tkazardi.  Bu  davrda  Xorazmshohlar  davlati  oliy  devonida  ham,  mahalliy  hokimlar, 

amaldorlar o’rtasida ham poraxo’rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj olib borayotganligi sir 

emasdi.  Uchinchidan,  xalqning  hokimiyatdan  noroziligi  ko’plab  g’alayonlarni  keltirib 

chiqarmoqda  edi.  Bunday  qaltis  vaziyat,  shubhsiz,  mamlakat  birligiga  raxna  solib,  uni 

tobora zaiflashtirayotgan edi.

 

Buning  ustiga  Muhammad  Xorazmshohning  xalifalik  hududlarini  qo’lga  kiritish 



da’vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahru 

g’azabga  keltirgandi.  Hatto  xalifa  an-Nosir  Chingizxonga  elchilar  orqali  maxsus  noma 

yo’llab, undan yordam so’raydi, mo’g’ul qo’shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib 

kirishiga ham ishora qilgandi.

 

Chingizxon  qo’shni  davlatdagi  barcha  siru  –  sinoatlardan  to’la  xabardor  edi.  U 



Xorazm davlatidan Mo’g’ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o’z 

josuslik  mahkamasini  tashkil  qilib,  ular  xizmatidan  foydalanib  kelardi.  Mahmud 

Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O’troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois

 

119



 


Chingizxon  va  uning  o’rdasi  Xorazmshohlar  davlatida  kechayotgan  barcha  ziddiyatli 

voqealardan,  uning  zaif  nuqtalaridan  xabardor  edi.  Chingizxon  barcha  vositalarni  ishga 

solib,  kerak bo’lsa shuhratparast  shoh Muhammadni tinchlantirib,  amalda  Movarounnahr 

ustiga yurishga puxta hozirlik ko’radi. 1218 yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 

500 tuyada qimmat baho sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy 

tarkibi  musulmon  savdogarlaridan  iborat  450  kishilik  karvon  yuboriladi.  Biroq  karvon 

O’trorga kelib qo’nishi bilanoq Xorazmshohning maxsus topshirig’i bilan O’tror hokimi 

G’oirxon (Inalchuq) uni yo’q qilishga buyruq beradi. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, 

qirg’in qilinadi. Chingizxon uchun endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati etgan edi. 

Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 60 tumanli /ya’ni 600 

ming nafarli/ jangovor qo’shin tayyor holga keltirib qo’yilgandi.

 

Chingizxon  qo’shinining  hujumi  xavfi  yaqinlashib  kelayotganligini  Muhammad 



Xorazmshoh  va  uning  arkoni  davlati  ham  yaxshi  bilardi.  Shoh  muayyan  harbiy 

tayyorgarliklar ko’rish, shaharlarning mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, qo’shinlar 

safini  kupaytirish  harakatida  bo’ldi.  Biroq  asosiy  harbiy  strategik  masalalarda  u  o’ta 

no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qiladi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand 

hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy 

nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’g’risidagi to’g’ri, 

dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida 

holda  joylashtirish  va  mudofaachilikdan  iborat  xato  taktikani  ma’qul  ko’rdi.  1219  yilda 

Chingizxonning  son-sanoqsiz  qo’shinlari  mamlakatga  bostirib  kira  boshlagach, 

Xorazmshoh o’z tinchi, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin 

xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi (qochishi) xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez 

orada  butun  mamlakat  uchun  fojiali  oqibatlarga  olib  keldi,  yurt  himoyachilari  taqdiri, 

ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xalqning sog’lom, vatanparvar kuchlari esa yurt 

ulug’larining  bunday  ikkilanishi,  xiyonatiga  qaramay,  muqqadas  ona  zaminni  ko’krak 

kerib  himoya  qilish,  bosqinchilarga  qarshi  qahramonlarcha  kurashga  tashlandilar.  Bu 

mislsiz  jangu  jadallarda  ularning  qancha  -  qanchasi  o’zlarini  yurt  ozodligi  uchun  qurbon 

qildilar.

 

Mo’g’ullarning birinchi hujumiga duchor bo’lgan hudud O’tror bo’ldi. Chingizxon 



va  uning lashkarining o’trorliklardan alohida o’chi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan 

savdo  karvoni  huddi  shu  erda  saronjom  qilinganligi  ularning  yodidan  ko’tarilmagandi. 

Chig’atoy  va  O’qtoyning  son-sanoqsiz  kuchlari  shahar  qal’alariga  bosqin  uyushtirgan 

kezlarda  o’trorliklar  ularga  qarshi  mardonavor  jang  qildilar.  Shahar  aholisi  G’oirxon 

/Inalchuq/  va  Qorachor  bahodirlar  etakchiligida  tengsiz  dushman  bilan  uzoq  vaqt  jon 

berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi mislsiz 

bo’ldi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi.

 

Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» kitobida ta’kidlanganidek: «... O’trorning 



butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. …O’tror xisorini qo’lga kiritib, 

er bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibsga 

oldilar, ba’zilarni esa qul qilib haydadilar».

 

Mo’g’ul  bosqinchilari  Movarounnahrning  boshqa  hududlarida  ham  ko’z  ko’rib,  quloq 



eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-120

 



yashnagan Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan 

qilgan behad yovuzliklari misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, Chingiz qo’shini 1220 

yilning  fevralida  musulmon  Sharqining  yirik  islom  markazlaridan  sanalgan  Buxoro 

ustiga  balo-qazodek  yopirilib  keladi.  Buxoro  xalqi  bir  necha  kun  davomida  dushmanga 

matonat  bilan  qarshilik  ko’rsatadi.  Bu  esa  Chingizxonni  darg’azab  etadi.  Natijada  u 

shaharni  yakson  qilish,  boyligini  talash,  xalqini  qirg’in  qilishga  buyruq  beradi.  Buxoro 

qamali  12  kechayu-kunduz  davom  etdi.  Mo’g’ullar  yondirilgan,  kuli  ko’kka  sovurilgan 

shaharni  egallagach,  ko’ngillariga  siqqan  noma’qulchiliklarni  amalga  oshirdilar,  shahar 

himoyachilari butunlay qirib tashlandi.

 

Chingizxon  galalari  1220  yil  mart  oyida  eng  yirik  va  obod  shaharlaridan  biri 



Samarqandni qo’lga kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo’lladilar. 100 mingdan 

ziyod  sara  qo’shinlar  to’plangan,  mustahkam  istehkomlar  barpo  qilingan  shaharga  o’z 

kuchlarini  tashlab  ko’rdi,  atrof  joylarni  oldin  bosib  olib,  shaharni  tashqi  dunyodan 

ajratishga harakat etdi yoxud boshqa bahodirlar qo’shinidan qo’shimcha kuchlar chorlab, 

uch  kunlik  qattiq  jangdan  so’ng  Chingizxon  qo’shini  shaharga  yorib  kirishga  va  uni 

butunlay o’ziga bo’ysundirishga erishadi.

 

Mo’g’ul  istilochilariga  qarshi  ulug’  ajdodlarimizning  qahramonona  kurashida 



Xo’jand  himoyachilari  ko’rsatgan  favqulodda  jasorat  alohida  o’rin  tutadi.  Temur  Malik 

boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyib 5 oy davomida ko’ksilarini qalqon etib, yovuz 

dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o’z  yurtini himoya qildilar, ilojsiz 

qolgan  paytdagina  olov  ichida  yonayotgan  shahar  qal’asini  tark  etdilar.  Shunda  ham 

Temur Malik bir qism dovyurak, qo’rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo’nalib, maxsus 

orolda  joylashib  dushman  bilan  mardlarcha  olishadi.  Nihoyat,  ular  maxsus  kemalarda 

mo’g’ullar  hujumiga  bardosh  berib,  yo’l-yo’lakay  jang  qilib,  Xorazm  sari 

harakatlanadilar.  Xalq  qahramoni  Temur  Malikning  bundan  keyingi  vatanparvarlik 

faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida davom 

etdi.


 

Mamlakatning  Buxoro,  Samarqand,  Xo’jand  singari  hayotiy  markazlarining 

qo’ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning 

natijasida  hukmdor  o’z  saltanatining  janubiy-g’arbiy  hududlari  bo’ylab  chekinib  bordi. 

O’zining  kaltabin  siyosati,  qat’iyatsizligi,  qo’rqoqligi  orqasida  kechagi  «qudratli» 

xukmdor  endilikda  ojizu  notavon  bir  kimsaga  aylanib  qoldi.  Ilojsiz  qolgan  shoh  oxiri 

Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O’sha erda katta o’g’li Jaloliddinni taxt vorisi 

etib tayinlab, 1220 yilning dekabrida xoru-zorlikda vafot etadi.

 

Jaloliddin  Manguberdi  Gurganchga  etib  kelib,  shahar  mudofaasiga  kirishadi. 



Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb 

e’lon  qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ladilar. Bundan 

habar topgan Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganchni tark 

etib Xurosonga ketishga majbur bo’ladi.

 

Xorazm poytaxti Gurganch mudofaasi ham mo’g’ullar istilosi tarixining alohida 



bir fojiali sahifasi bo’lgan, desak xato bo’lmaydi. 1221 yil boshlarida Jo’ji, Chig’atoy va 

O’qtoy  askarlari  Gurganchga  hujum  boshlaydilar.  Gurganch  qamali  6  oy  davom  etdi, 

hadsiz-hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar egallangach, mo’g’ullarning bu erda sodir etgan

 

121



 


mislsiz  yovuzliklarini  bayon  etishga  qalam  ojizlik  qiladi.  Barcha  erkaklar,  bolalar 

qilichdan o’tkaziladi. Xotin-qizlar qip-yalang’och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur 

etiladi,  so’ngra  mo’g’ul  jangchilari  tanloviga  beriladi,  qolganlari  qirib  tashlanadi.  Hech 

kimga  shafqat  ko’rsatilmaydi.  Shaharning  o’zini  er  bilan  barobar  qilish  uchun  Amu 

to’g’oni ochib  yuborilib, Gurganch suv ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma’naviyat 

durdonalari, qimmatli qo’lyozmalar, kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob 

asori-atiqalar er bilan yakson etiladi.

 

Muhammad  Xorazmshohning  o’g’illari:  O’zloqshoh  va  Oqshohlar  ham 



mo’g’ullar  tomonidan  asir  olinib,  qiynab  o’ldiriladi.  Podshoh  bilan  ko’p  yillar 

muxolafatchilikda  bo’lib,  yurtning  parokandalikka,  chuqur  ziddiyatlarga  yo’liqishiga 

sababchi  bo’lgan,  o’ziga  haddan  ziyod  bino  qo’ygan,  saltanat  ichida  saltanat  qurgan 

Turkon Xotun qismati ham oxirida fojiali yakun topadi. U ham mo’g’ullar tomonidan asir 

olinib,  behisob  molu  dunyosi  talanib,  o’zi  Mo’g’ulistonga  haydab  ketiladi.  Tarixiy 

manbalarda  Turkon  xotunning  Chingizxon  xotinlaridan  biriga  cho’ri  sifatida  tortiq 

qilingani aytiladi.

 

Movarounnahrning  asosiy  shaharlarini  bosib  olgan,  behisob  boyliklarga  ega 



bo’lgan mo’g’ullar 1221 yil davomida Xuroson o’lkasi hududlari tomon hujum boshlab, 

birin-ketin  Balx,  Termiz,  Marv,  Nishopur,  Hirot,  Mozandaron  singari  boy  shaharlar, 

qal’alarni bosib oldilar. Biroq shuni aytish joizki, mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahr va 

Xuroson erlarini osonlikcha qo’lga kiritgan emaslar. Ular bu erlarda mahalliy xalq va 

uning  qo’rquv  bilmas,  sheryurak  farzandlarining  tillarda  doston  bo’lgilik  mardlik 

jasoratlariga  duch  keldilar,  katta  talofatlar  berdilar.  Shu  o’rinda  Xorazmshohning 

to’ng’ich  o’g’li,  jasur  lashkarboshi  Jaloliddin  Manguberdi  faoliyatiga  to’xtalib 

o’tmoqlik  joizdir.  U  mo’g’ullar  istilosi  boshlangan  kundanoq  doimo  yurt  himoyachilari 

tomonida  turdi,  ularga  rahnamo  bo’ldi.  Ona  Vataniga  bo’lgan  cheksiz  mehr  hissi, 

farzandlik  burchi  uni  shu  qadar  elga  mashhur  qildiki,  hatto  uning  nomini  eshitgan 

Chingizxonning  ham  sochi  tik  bo’lib,  yuzi  tundlashar,  uni  qo’lga  tushirish,  yo’q  qilish 

chora-tadbirlarini izlardi.

 

Jaloliddin  Manguberdi  ancha  yillar  ilgari  G’azna,  Voliyon,  Guch,  Bust  va 



Hindiston  hududlarigacha  bo’lgan  erlarga  hokim  etib  tayinlangan  edi.  Shu  boisdan  u 

G’azna tomon yurdi, yo’lga ko’pgina qo’shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo’shilib 

bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo’g’ullar qo’shinini tor-mor etib, G’aznaga 

etib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo’shin to’plab, Valiyon qal’asi, Parvon tekisligida 

mo’g’ul qo’shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi.

 

Chingizxon  katta  qo’shin  to’plab  Jaloliddin  Manguberdiga  qarshi  shaxsan  o’zi 



qo’shin tortadi. 1221 yil 25 noyabrda Sind (Hind) daryosi bo’yida tengsiz jang bo’ladi. Bu 

jangda  Jaloliddin  Manguberdi  ko’rsatgan  jasoratga  mo’g’ul  hukmdorining  o’zi  ham  tan 

berib, lol qolgan. Bu hayot – mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek 

jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo’yar edi. Agar 

bu jangni Zolning o’g’li ko’rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo’lini o’pgan bo’lardi».

1

 



Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi., T., Cho’lpon, 1994,182-bet. 

Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. T., 183-184 betlar. 

122

 



Chingizxon  lashkari  hisobsiz  bo’lsada,  uning  jang  maydonidagi  asosiy  kuchlari 

parokanda  holiga  tushib  qolgandi.  Biroq  pistirmadagi  10  ming  nafar  sara  lashkar  jang 

oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin 

qora  to’riq  otiga  minib,  so’nggi  bor  mo’g’ullarga  hamla  qilib,  so’ng  ot  jilovini  ortga 

tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o’zini 

Sind  daryosiga  otadi.  Jaloliddin  bahaybat  daryo  to’lqinlarini  shiddat  bilan  kesib  o’tib 

narigi sohilga o’tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo’lishadi. Hozirgi 

paytda  ham bu daryoning bir tomoni  «Ot sakrat», narigi tomoni  «Cho’li Jaloliy» deb 

ataladi.

 

Jaloliddin o’zining botir jangchilari bilan yana o’n yil davomida hali Afg’on va 



Hind,  hali  Eron  yoki  Kavkaz  orti  hudularida  paydo  bo’lar,  yangidan  xalq  lashkarlarini 

jamlab, mo’g’ul bosqinchilari zulmi va hukmronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq 

erki, ozodligi yo’lida sabot bilan kurashardi.

 

Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag’lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman 



oldida bosh egib, mag’lub bo’lmadi. Lekin ne ko’rgilikki, Jaloliddin Manguberdining aziz 

umri  yovlar  bilan  jang  maydonida,  yakkama-yakka  olishuvda  emas,  balki  bir  alamzada 

qurdning  banogoh  tig’idan  xazon  bo’ldi.  Bu  mudhish  voqea  1231  yilning  17-20 

avgustlarida Ozarbayjon hudularida sodir etildi.

 

Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va  mustaqilligi  yo’lidagi fidoyiligi,  mislsiz 



jasorati  mangulikka  daxldordir.  Istiqlol  nashidasini  surayotgan  mustaqil  O’zbekistonda 

ulug’  ajdodlar  ruhining  e’zozlanayotgani,  jumladan,  Jaloliddin  Manguberdi  qutlug’ 

tavvaludining 800  yillik  yubileyi umummamlakat miqyosida keng nishonlanganligi ham 

buning yaqqol ifodasidir.

 

123


 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish