£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Yoqilg‘i sanoati o’sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un toshko’mir 

koni o’zlashtirildi va yuqori sifatli qo’ng’ir ko’mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda 

Buxoro  va  Xorazm  viloyatlaridagi  Gazli,  Jarqoq,  Sho’rtepa,  Sho’rchi  neft  konlari 

o’zlashtirildi. 70-yillarda Farg’ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushurildi. 1959 yili 

qurilib  foydalanishga  topshirilgan  Farg’ona  neftni  qayta  ishlash  zavodi  ancha 

kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, benzin, dizil yoqilg’isi, parafin va boshqa 35 xil 

mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

 

O’zbekistonda  gaz  sanoati  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlarida  yirik  gaz 



konlarining  izlab  topilishi  va  o’zlashtirilishi  bilan  bog’liq  ravishda  yuksalib  bordi.  50-

yillarning ikkinchi yarmida “O’zbekneftegazrazvedka” tresti amalga oshirgan geologik-

qidiruv ishlari natijasida 1956 yili gaz zahiralari 500 miliard kubometrga teng bo’lgan, 

foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O’rtabuloq, Qultog’, 

Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Qoravulbozor, jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topildi. 

Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250 mln tonna neft zahiralari borligi aniqlandi. 1959 yili 

Buxoroda  neft  va  gaz  qazib  olishni  yo’lga  qo’yish  maqsadida  “Buxoroneftegaz” 

boshqarmasi tuzildi.

 

1958-1960yillarda  767  km  uzunlikdagi  “Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” 



gaz quvuri qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kub-metr gazga teng edi. 1964-

1966  yillarda  Muborak-Toshkent-Chimkent-Almati  gaz  quvuri  qurilib  foydalanishga 

topshirildi. Uzunligi 1317 km, diametri 720 mm po’lat quvurlari orqali Qashqadaryo

 

237



 


gazidan O’zbekistonning ko’pgina shaharlari, shuningdek, Qozog’iston va Qirg’iziston 

xalqi bahramand bo’ldi. Keyingi yillarda Toshkent-Bishkek-Almati oralig’ida ikkinchi 

gaz  quvuri  qurildi.  Shunday  qilib,  1958-1980  yillarda  Buxoro  va  Qarshi,  Gazli 

rayonlaridan  Toshkent-Bishkek-Almatigacha  yotqazilgan  gaz  quvurlarining  umumiy 

uzunligi 5686 km (uning 3618 km O’zbekistonda yotqazilgan ), yillik quvvati 23 mlrd 

kub-metr gaz yoqilg’isini tashkil etardi. 70 yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni 

qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni tozalab berib turdi va yiliga 160 ming 

tonna oltin gugurt ishlab chiqarishni ta’minladi.

 

1974-78 yillarda Ursatevsk-Farg’ona quvuri yotqazildi. Uzunligi 677,8 km dan 



iborat bo’lgan bu gaz yo’lining 425,8 km O’zbekiston, qolganlari Tojikiston hududidan 

o’tdi.  Qashqadaryo  va  Buxoro  “Zangori  yoqilg’i”sidan  qardosh  Tojikiston  xalqi  ham 

bahramand bo’ldi.

 

O’zbekistonliklar  respublikamiz  hududidan  ko’plab  boy  tabiiy  gaz  konlarining 



topilishi  va  o’zlashtirila  boshlanishidan  behad  xursand  bo’ldilar.  Har  bir  oila  o’z 

xonadonida  “Zangori  yoqilg’i”  dan  foydalanishni  orzu  qilardi.  Ammo  o’zbek  xalqi 

respublikamiz  hududida  topilgan  gaz  konlariga  xo’jayin  emas  edi,  ularning  xo’jayini 

uzoqda  -  Moskvada  edi.  O’zbekiston  gazidan  qanday  foydalanishni  Markaziy 

hokimiyatda  o’tirganlar  belgilardi.  Markaziy  hokimiyat  O’zbekiston  gazidan,  avvalo, 

Uraldagi, SSSRning Evropa qismidagi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni 

gazlashtirishda foydalanishga kirishdi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish