£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

uyushmalari  tuzila  boshlandi.  «Qo’shchi»  uyushmalari  kommunistlarning  dehqonlar 

orasidagi tayanchiga aylanib, er-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam

 

228


 


ko’rsatib  bordi.  Turkiston  ASSR  hududida  1921-1922  yillar  davomida  er-suv 

islohotining  birinchi  bosqichi  yirik  er-suv  egalariga  qarshi  keskin  kurash  shiori  ostida 

o’tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta er egalaridan 13 ming desyatina 

erlar tortib olindi. Respublika bo’yicha boy va o’ziga to’q aholidan 1,7 mln. desyatina er 

tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi ersiz kambag’allarga berildi, qolgan katta 

qismi asosida «Qo’shchi» uyushmalari tuzildi. Bu sovet hokimiyatining kambag’allarni 

o’z tomoniga og’dirib olishga qaratilgan harakati edi. O’rta hol dehqon xo’jaliklari saqlab 

qolindi.


 

1925  yil dekabrda bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining 

Favqulodda sessiyasi «Er va suvni milliylashitirish to‘g‘risida» dekret qabul qildi.

 

Dekretga binoan quyidagi tarzda erlar batamom musodara qilinishi kerak edi:



 

>  Qaerda turishidan qat’i nazar Farg’ona viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va 

Samarqand  viloyatlarida  50  desyatinadan  ortiq  sug’oriladigan  eri  bo’lgan  mulk 

egalarining erlari, jami jonli va jonsiz mulki bilan; 

>  Qishloq va ovullarda yashamagan, o’zlari va oila a’zolaridan birortasi ham erda 

ishlamaydigan shaxslarga qarashli erlar, boshqa mol-mulki bilan; 

>  Vaqf erlari, xo’jayinlari noma’lum erlar. 

Er-suv  islohotining  ikkinchi  bosqichi  qishloqda  asosiy  kuch  bo’lgan  o’rtahol 

dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o’tdi. Farg’ona viloyatida 7 desyatina, 

Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha eri bor o’rtahol dehqonlar mulki 

saqlanib  qoladigan  bo’ldi.  Bundan  ko’zlangan  maqsad  ularni  sovet  hokimiyatining 

tayanchiga aylantirish edi.

 

1926 yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyatda o’tkazilgan er-suv 



islohoti tajribasi respublika miqyosida umumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham 

o’tkazishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, 

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida davom ettirildi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug’oriladigan va 45 gektar 



lalmikor va bahorikor erga ega bo’lgan katta er egalarining oshiqcha erlari musodara 

qilindi. 1929 yilda er-suv islohoti Qoraqolpog’istonda ham o’tkazildi.

 

Er-suv  islohoti  natijasida  O’zbekistonda  jami  4801  «pomeshchik»  tipidagi 



xo’jaliklar  tugatildi.  13036  ta  badavlat  mulkdorlarning  ortiqcha  erlari  tortib  olindi. 

Respublikaning  er  fondiga  474393  desyatina  er  qo’shildi.  Qishloq  aholisini  qishloq 

xo’jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929 yilda ularning soni 1665 taga etdi. 

Jamoa xo’jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a’zo bo’lgan edi.

 

20-yillarda o’tkazigan er-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning erlari, vaqf 



erlari,  ruhoniylarga  tegishli  erlar  davlat  tomonidan  tortib  olingan  edi.  Er  bilan  birga 

hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman 1925-1929 yillarda 

boylar,  yirik  savdogarlar  va  ruhoniylarning  45  mingga  yaqin  xususiy  xo’jaliklari 

batamom tugatiladi. Ko’pgina xo’jaliklar tasarrufidagi ortiqcha erlar ham tortib olingan 

edi.  Bu  erlar  qayta  taqsimlanib,  ularning  katta  qismi  ersiz  yoki  kam  erli  dehqon 

xo’jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - qambag’allar toifasi islohotdan 

oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa, islohotdan so’ng ularning soni 

39 foizgacha qisqardi. Ularning xo’jalik turmushi yaxshilanib, o’sib borganligi bois o’rta

 

229


 


hol dehqonlar salmog’i 17 foizdan 52 foizga ko’tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g’alla 

etishtiruvchi  mayda  ishlab-chiqaruvchilarning  salmog’i  ko’payib  bordi.  Bu  islohot 

jarayoni  davomida  respublikada  jamoa  xo’jaliklari,  ya’ni  kolxozlar  tashkil  etiladi.  Biroq 

ularning  hali  xo’jalik  va  moliyaviy  zaifligi,  ishlab  chiqarish  ko’rsatgichlarining  pastligi 

ko’zga tashlanib turardi.

 

20-yillar  oxirlariga  kelib  respublika  qishloq  xo’jaligi,  ayniqsa  paxtachilik 



sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yakkahokimligi kuchaydi. Chunonchi, 

1927-1928  xo’jalik  yilida  o’lkadan  Markazga  olib  ketilayotgan  tovarlar  umumiy 

qiymatining  77,8  foizini  paxtachilik  maxsulotlari  tashkil  etgan.  Buning  ustiga  sovet 

mamlakati  ehtiyoji  uchun  etishtirib  berilayotgan  o’zbek  paxtasining  xarid  narxi  dunyo 

bahosidan  ancha  kam  belgilanardi.  G’alla  narxlarining  bu  davrda  mamlakat  miqyosida 

20-25  foizga  pasaytirilganligi  ayniqsa  1927  yilgi  g’alla  tayyorlash  sohasidagi  ishlarda 

jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgandi.

 

Sovet  hokimiyatining  20-yillarda  qishloqda  yuritgan  bir  qadar  mo’’tadil 



siyosatidan  bahra  olib,  er-suv  islohotidan  naf  topib,  o’z  xo’jaliklarini  anchayin  oyoqqa 

turgizib,  o’rta  hollar  darajasiga  ko’tarilib  olgan  o’zbek  dehqonlari  hayoti  va  qismati, 

taassufki,  tez  orada  xukmron  partiya  boshlab  yuborgan  ommaviy  kollektivlashtirish 

jarayoni  girdobiga  g’arq  bo’ldi.  Ommaviy  kollektivlashtirish  jarayoni  qishloq  ahli 

hayotini ag’dar-to’ntar qilib yubordi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish