£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

3. Turkiston muxtoriyati

 

Turkiston muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilovini   qo’lga   olib, o’zining avval

 

e’lon  qilgan  balandparvoz  va’dalaridan  voz  kechib,  o’lka  xalqlariga  qarata  olib  borgan 



ikkiyuzlamachilik  va  munofiqlik  siyosatiga  javoban  yurtning  millatparvar  rahnamolari 

faol  harakatga  keldilar.  1917  yil  26  noyabrida  Qo’qonda  o‘lka  musulmonlarining  IV 



favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o ’ l k a s i n i n g 5 viloyatidan 200 nafardan 

ziyodroq  vakillar  ishtirok  etdi.  Qurultoy  ishida  “Sho’roi  Islomiya”,  “Sho’roi  Ulamo”, 

Musulmon  harbiylari  Sho’rosi,  o’lka  yahudiylar  jamiyati  namoyandalari  ham 

qatnashdilar.  Qurultoyda  Turkiston  Muxtoriyati  tuzildi.  Bu  xususda  qabul  qilingan 

qarorda shunday deyiladi:

 

“Turkistonda  yashab  turgan turli millatga  mansub aholi Rossiya  inqilobi da’vat 



etgan  xalqlarning  o’z  huquqlarini  o’zlari  belgilash  xususidagi  irodasini  namoyon  etib, 

Turkistonni  Federativ  Rossiya  respublikasi  tarkibida  hududiy  jihatdan  muxtor  deb  e’lon 

qiladi,  shu  bilan  birga  muxtoriyatning  qaror  topish  shakllarini  Ta’sis  majlisiga  havola 

etadi”.  Shundan  so’ng  qurultoy  “Turkistonda  yashab  turgan  milliy  ozchilik  aholi 

huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”.

 

Yangidan  tarkib  topayotgan  davlat  Turkiston  Muxtoriyati  deb  ataladigan  bo’ldi. 



Qurultoyda  Turkiston  Muxtoriyatining  hokimiyat  organi-  Muvaqqat  Kengashi  tuzildi. 

Muvaqqat  Kengash  tarkibi  12  kishidan  iborat  etib  belgilandi.  Dastlab  unga  quyidagi 

nomzodlar kiritildi:

 

202



 


1. M. Tinishpaev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri

1



2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 

3. Mustafo Cho’qaev tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 

4. Ubaydulla Xo’jaev - harbiy vazir; 

5. Yurali Agaev - er va suv boyliklari vaziri; 

6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 

7. Abdurahmon O’razaev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 

8. Solomon Gertsfeld - moliya vaziri. 

Hukumat  tarkibiga  evropalik  aholi  orasidan  yana  to’rtta  vakil  kiritilishi  belgilab 

qo’yilgan edi.

 

Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi 



(parlamenti) tuzilganligi bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari Sherali Lapin 

rais etib saylandi.

 

Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning 



atoqli arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jaev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li, 

M. Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov 

singari yurt peshvolari ham saylangan edilar.

 

Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat 



tashkil  etilib,  uning  zimmasiga  ulug’vor  vazifalar  yuklandi.  Eng  muhimi,  Turkiston 

xalqining erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi 

edi.  Shu  boisdan  ham  o’lkaning  millionlab  fuqarolari  Turkiston  Muxtoriyati  e’lon 

qilinganligini  katta  qoniqish  ruhi  bilan  qarshi  oldilar.  1917  yil  dekabr  oyi  boshlarida 

Toshkent,  Namangan,  Jalolobod,  Qo’qon,  Samarqand  shaharlari  aholisi  mitinglar, 

namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chikdilar.

 

Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan 



Turkiston  sovet  hukumati  va  uning  joylardagi  hokimiyat  mahkamalari  Turkiston 

muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi. 

1917  yil  13  dekabrida  Toshkentda  muxtoriyatni  yoqlab  o’tkazilgan  katta  mitingni 

zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va 

pulemyotlar  sadosi  ostida  ko’plab  qurbonlar  berilishi  (eski  shaharlik  16  kishi  otib 

o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.

 

1917  yil  25  dekabr  kuni  Qo’qonda  o’lka  musulmon  ishchi,  askar  va 



dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. 

Qurultoy  muxtoriyatni  har  tomonlama  quvvatlash,  unga  moddiy  va  ma’naviy  madad 

ko’rsatish  shiori  ostida  o’tdi.  Unda  Turkiston  Muvaqqat  Kengashi  tarkibini 

musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to’ldirish 

to’g’risida qaror qilindi. Qurultoy o’zining so’nggi ish kuni - 27 dekabrda Petrogradga, 

Xalq Komissarlari Soveti Raisi V. I. Lenin nomiga telegramma yo’lladi. Unda Turkiston 

muxtoriyatini e’tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston 

muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish to’g’risida farmoyish berish so’ralgan edi.

 

1

 Qozoq taraqqiyparvarlari 1917 yil dekabrda Orenburgda s’ezd o’tkazib «Alash-O’rda» avtonom Respublikasini 



tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpaev saylanadi. Shu munosabat bilan M.Tinishpaev «Alash O’rda» 

poytaxti Semipalatinskka ketadi. 

203

 



Lenin  va  uning  safdoshlari  esa  ochiq  va  yashirin  tarzda  Toshkentda  faoliyat 

yuritayotgan  Turkistondagi  sovet  hukumati  oldiga  milliy  muxtoriyatni  tugatishni  vazifa 

qilib qo’yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o’lka muxtoriyati 

faoliyatini cheklash, uni butunlay barham toptirishga qaratilgan xoinona yo’l tutdi. Bu 

manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati tasarrufida bo’lgan hamma 

vositalar ishga solindi. 1918 yil 19-26 yanvarda bo’lib o’tgan Turkiston o’lka sovetlarining 

IV s’ezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning a’zolarini qonundan tashqari holatda deb 

hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi.

 

Buning ustiga Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi etarli darajada himoya qila olish 



imkoniyatiga  ega  bo’lolmadi.  Muxtoriyatchilar  orasida  ko’pgina  muhim  xayotiy 

masalalarda  birlik,  hamjihatlik,  jipslik  mavjud emasdi.  Unga  moddiy,  ma’naviy  hamda 

harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo’q edi. 1918 

yil 18 fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish sodir etildi. 

Mustafo  Cho’qaev  boshchiligidagi  hukumat  ag’darildi.  Hukumat  boshqaruvi  Qo’qon 

shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi.

 

Turkiston  sovet  hukumati  1918  yil  14  fevralida  Farg’ona  viloyati  hududida 



favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo’qondagi mah.alliy hokimiyati - ishchi 

va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo’lishga da’vat 

qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko’p sonli qizil 

qo’shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo’qondagi ashaddiy millatchi arman 

dashnoqlari

1

 ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa 1 9 - 2 1 fevral kunlari Qo’qon xalqi 



ustiga  balo-kazo  yog’ildi.  Shahar  o’t  ichida  yondi.  Shu  tariqa,  Turkiston  Muxtoriyati 

mag’lubiyatga uchradi.

 

Eng  dahshatliligi  shuki,  bu  xunrezlik  tagida  hech  bir  gunohi  bo’lmagan  ming-



minglab  Qo’qon  fuqarosi  mislsiz  jabr  tortdi,  behisob  qurbonlar  berdi.  Qo’qonda 

sovetlar  sodir  etgan  qonli  fojiani  sovet  davlati  arboblaridan  biri  D.  Manjara  keyinroq 

shunday deb e’tirof etgandi: “Milliy siyosatda yo’l qo’yilgan xatolarimiz tufayli Qo’qon 

muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo’qotish paytida yana bir xatoga yo’l qo’ydik. Qurol-

yarog’i deyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o’rniga, 

biz to’plardan o’qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada 

talon-taroj,  nomusga  tegish,  qirg’in  boshlandi.  Bundan  muxtoriyatchilarga  aloqasi 

bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi”.

 

Sovet  hokimiyati  o’zining  avvaldan  rejalashtirgan  sotsialistik  yo’nalishdagi 



iqtisodiy  va  siyosiy  qayta  qurishlar  yo’lini  izchil  amalga  oshirishga  kirishdi. 

Chunonchi,  er  to’g’risidagi  dekret  asosida  erga  bo’lgan  xususiy  mulkchilikni  tugatish 

boshlandi.  Shu  maqsadda  joylarda  er  qo‘mitalari  tuzildi.  Jumladan,  1918  yil  kuzida 

Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Ettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar 

tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining er qo’mitalarini tuzish harakatini

 

1



 Dashnoq - 1890 yilda Tiflisda tashkil etilgan «Dashnaktsutyun» («Ittifoq») arman milliy partiyasi a’zosi. 

Dashnoqlarning bir qismi 1915 yilgi turk-arman qrig’inida qo’chib Turkistonga kelgan edilar. 

204

 



keskin  norozilik  bilan  qarshi  oldilar.  Shunga  qaramasdan  bolsheviklar  bu  yo’lni  qat’iy 

amalga  oshirishda  davom  etdilar.  Buning  natijasida  o’lkadagi  ko’plab  miqdordagi  yirik 

mulklar, xususiy erlar musodara etildi va milliylashtirildi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish