VII.5. Kompensatorlar Harorat natijasida quvurlarni uzayishi tufayli quvurlar o’z-o’zidan siljib ketmasligi uchun ular maxkamlab qo’yiladi. Ammo qo’zg’almas tayanchlar orasida quvurlarni issiqlik uzayishini qabul qiladigan qurilmalar bo’lmasa, quvurlar katta kuchlanishlar ostida buzilishi mumkin. Quvurlarning issiqlik uzayishini kompensatsiyalash (qoidasi) uchun turli hil jihozlardan foydalaniladi (7.5-rasm). Ularni ishlash prinsipi bo’yicha ikki guruhga bo’lish mumkin: 1) quvurlarning issiqlik natijasida uzayishini egilish yoki burilish (fazoviy) yo’li bilan bartaraf etadigan turli ko’rinishdagi radial yoki egiluvchan qurilmalar, 2) o’qli sirpanuvchi va elastik turdagi qurilmalar, ya’ni issiqlik uzayishini quvurning teleskopik siljishi yoki prujinalarni siqilishi orqali bartaraf etadigan jihozlar.
Egiluvchan kompensatorlardan juda keng foydalaniladi. Eng oddiy kompensatsiya quvurni o’zini 1500 dan ortiq bo’lmagan burchak ostida tabiiy burish natijasida amalga oshiriladi. Quvurlar kanallarda o’tkazilganda, tabiiy kompensatsiyani amalga oshirish uchun kanal devori va izolyatsiyalangan quvur orasida quvur yelkalarini erkin harakat qilishi uchun yetarli masofa bo’lishi zarur. Quvurlar kanalsiz o’tkazilganda tabiiy kompensatsiyadan foydalanish uchun, burilish uchastkalarida ko’ndalang qirqimi mos keladigan o’tib bo’lmaydigan kanallar jihozlash lozim.
Tabiiy kompensatsiyalash uchun quvurlarni ko’tarilish va tushish joylaridan foydalanish mumkin, ammo xar doim ham tabiiy kompesatsiyadan foydalanish imkoni bo’lmaydi. Tabiiy kompesatsiyalashning barcha imkoniyatlaridan foydalanilgandan so’ng sun’iy kompesatsiyalash jihozlardan foydalanishdan lozim.
7.5-rasm. Kompensatsiyalovchi qurilma turlari:
a- tabiiy kompensatsiya; b-S-simon kompensator; v-P-simon katta yelkali kompensator; g- P-simon to’g’ri tomonli kompensator (bqh); d-bukilish joylariga ega bo’lgan lirasimon kompensator; ye-silliq egilgan lirosimon kompensator; j-ω-simon kompensator; z-linzali kompensator
To’g’ri chiziqli uchastkalardagi quvurning uzayishini bartaraf etish turli shaklga ega maxsus egiluvchan kompensatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Lira shaklidagi, ayniqsa bukilgan joylari bo’lgan kompensatorlar barcha egiluvchan kompensatorlar ichida katta elastiklikka ega bo’ladi, ammo bukilgan joylardagi metall korroziyasi yuqori bo’lganligi va gidravlik qarshilik katta bo’lganligi sababli axyon-axyonda qo’llaniladi. Payvandlangan va silliq tirsakli “P” shaklidagi kompensatorlardan keng foydalaniladi. Bukilgan joylarga ega “P” shaklidagi kompensatorlar ham yuqorida keltirilgan sabablarga ko’ra kam qo’llaniladi.
Egiluvchan afzalliklari shundaki ularga xizmat ko’rsatish shart emas va ularni o’rnatish uchun maxsus kameralar qurishni zaruriyati yo’q. Ularni kamchiliklariga: yuqori gidravlik qarshilik, quvur sarfini ortishi, shahar xududida yer osti kommunikatsiyalarini ko’pligi tufayli katta o’lchamga ega bo’lgani tufayli o’rnatishni mushkulligi kiradi.
Linzali kompensatorlar o’qli kompensatorlar sirasiga kiradi. Kompensator yuqori mustaxkamlikka ega yupqa po’lat tunukalardan shtampovka yo’li bilan tayyorlangan yarim linzalardan yig’iladi. Bitta yarim linzani kompesatsiyalash qobiliyati 5-6 mm ga teng. Kompensator konstruksiyasiga 3-4 linzani yig’ishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yig’ilganda linza ko’pchib chiqishi va qovushqoqligini yo’qotishi mumkin. Har bir linzaga quvurni 2-30 burchak ostida siljishi ta’sir etmaydi, shu sababdan linzali kompensatorlardan quvurlarni osib qo’yiladigan tayanchlarda o’tkazilganda foydalanish mumkin.
Odatda linzali kompensatorlar 1,6 MPa bosimgacha bo’lgan tizimlarda qo’llaniladi.
Sirpanish yo’li bilan o’q bo’yicha kompensatsiyalash salnikli kompensatorlar bilan amalga oshiriladi. Andazaviy salnikli kompensatorlar standart quvurlardan tayyorlanadi.