― yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi‖ fanidan O`quv-uslubiy majmua



Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/166
Sana31.12.2021
Hajmi9,85 Mb.
#256734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
6engil-atletika-umk-2-3-kurs (1)

12 

 

 

 

2-SEMESTR UCHUN MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI 

1  –  Ma‘ruza.YENGIL  ATLETIKA  BILAN  SHUG‗ULLANTIRISH  VA  UNI 

O‗RGATISH ASOSLARI HAMDA TAYYORGARLIK KOMPONENTLARI 

 

1.1.  YUQORI  MALAKALI  YENGIL  ATLETIKACHILAR  BILAN 

MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH XUSUSIYATLARI 

Yengil atletikachilar tayyorgarligining yillik siklini tashkil qilishning umumiy 

qabul qilingan tizimi – bu mazkur jarayonning uchta asosiy variantini tan olishdir: 

-  yillik  sikl,  u  faqat  ochiq  havoda  qatnashadigan  yengil  atletikachilar 

tomonidan qo‘llaniladi; 

-  yarim  yillik  sikl  -  qishda  sport  zalida  yoki  krossda,  so‘ngra  ochiq  havoda 

musobaqalashadigan  yengil  atletikachilar  uchun  yil  davomidagi  ikkita  trenirovka 

makrosikli; 

- qisqa sikllar – yil davomidagi bir nechta (to‘rttagacha) makrosikllar.  

Uchta variantlardan birinchisida yillik trenirovkaning bitta katta siklini tashkil 

etadi va uchta davrga bo‘linadi: tayyorgarlik, musobaqa, o‘tish. 

Tayyorgarlik  davri  6  oy  davom  etadi  (noyabr-aprel).  U  o‘z  navbatida  uchta 

bosqichga  bo‘linadi:  kuzgi-qishki  tayyorgarlik  –  3  oy  (noyabr-yanvar),  qishki 

musobaqa - 1 oy (fevral) va bahorgi tayyorgarlik - 2 oy (mart-aprel).  

Musobaqa  davri  ikkita  bosqichga  bo‘linadi:  erta  musobaqa  -  1  oy  (may)  va 

asosiy musobaqalar bosqichi 4 oy (iyun-sentyabr). 

O‘tish davri – 3-4 hafta (oktyabr).  



133 

 

Bu  variant  yangi  shug‘ullanuvchi  yengil  atletikachilar  va  kichik  razryadli 



sportchilar  tayyorgarligida  qo‘llaniladi.  Yaxshi  tayyorgarlik  ko‘rgan  yengil 

atletikachilar  orasida  uzoq  va  o‘ta  uzoq  masofalarga  yuguruvchilar,  chopqirlar 

birinchi variantdan foydalanadilar.  

Ikkinchi  variant  bo‘yicha  yil  qo‘shaloq  sikldan:  kuzgi-qishki  -  5  oy  atrofida 

(15  oktyabr-14  mart)  va  bahorgi-yozgi  -  6  oy  (15  mart-14  sentyabr),  shuningdek 

o‘tish davridan (15 sentyabr-14 oktyabr) iborat. 

Kuzgi-qishki  sikl  o‘z  navbatida,  kuzgi-qishki  tayyorgarlik  (15  oktyabr-30 

noyabr),  maxsus  tayyorgarlik  (1  dekabr-31  yanvar)  bosqichlari  hamda  musobaqa 

davriga (1 fevral-14 mart) bo‘linadi. 

Bahorgi-yozgi sikl tayyorgarlik (15 mart-14 aprel) va maxsus tayyorgarlik (15 

aprel-14  may)  bosqichlari  hamda  yaqinlashtiruvchi  (1-30  iyun)  va  asosiy 

musobaqalar (1 iyul-14 sentyabr) bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 

Maksimal  natijalarga  erishgan  va  o‘zining  optimal  imkoniyatlarini  yoki 

zonasidan sakrab o‘tgan sportchilar uchun yillik trenirovka siklini tashkil etishning 

uchinchi variantini qabul qilish mumkin. 

Bu  variantning  o‘ziga  xosligi  shundaki,  sportchi  yil  davomidagi  ko‘pgina 

musobaqalarda  saqlab  turuvchi  (ba‘zan  rivojlantiruvchi)  trenirovkalar  va  ular 

o‘rtasida  faol  dam  olishlar  bilan  qatnashadi.  Tezkor-kuch  turida  ixtisoslashgan 

hamma  yengil  atletikachilar  uchun  ko‘rsatib  o‘tilgan  variant  ijobiy  natijalar 

keltiradi.  Buning  maqsadga  muvofiqligi  A.P.  Bondarchukning  yuqori  malakali 

bosqonchilar  bilan  olib  borgan  tadqiqotlarida  ko‘rsatilgan.  U  o‘z  tajribasiga 

asoslanib,  o‘quv-trenirovka  jarayonini  uchta  davrga  bo‘ladi:  sportchining 

mashqlanganligini  oshirish  (uni  tarbiyalash  davri,  deb  ataydi),  mashqlanganlikni 

saqlash, mashqlanganlikning pasayish davri (uni dam olish – sust va faol davri deb 

ataydi).  

Birinchi  davr,  uning  ta‘kidlashicha,  ikki  oygacha,  ikkinchisi-bir  oydan  uch 

oygacha,  uchinchisi-bir  oygacha  davom  etadi.  Birinchi  davrning  asosiy  mazmuni 

sportchining  tezkor-kuch  imkoniyatlarini  texnik  mahoratni  takomillashtirish  bilan 

birgalikda rivojlantirishdir. 

Ikkinchi 

va 

uchinchi 



davrlar 

mazmuni 


ularningnomlaridan 

ayon. 


A.P.Bondarchuk  trenirovkaning  alohida  davrlarida  tezkor-kuch  sifatlarini 

rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan vositalar hamda uslublarni almashlab turishga 

katta e‗tibor qaratadi. Shunday qilib, bir yilga yoki kichikroq vaqt oralig‘i uchun 

o‘quv  trenirovka  ishlarini  tashkil  qilishda  umumiylik  shundan  iboratki, 

organizmning  funksional  imkoniyatlarini  oshirish  uchun  vositalar  va  uslublar 

aniqlanadi  hamda  muddatlarning  davom  etish  vaqti  belgilanadi,  harakat 

qobiliyatlarining  rivojlanishidan  so‘ng  beqaror  pasayish  hisobga  olinadi. 

Yuqoridagi insonning yil yoki boshqa vaqt oralig‘idagi jismoniy holatining uning 

motorikasiga  maqsadli  ta‘sir  ko‘rsatish  oqibatida  yuzaga  keladigan  qonuniy 

o‘zgarishlarni aks ettiradi. 

Yillik  siklik  tuzishning  barcha  hollarida  tayyorgarlik  davri  ikkita  trenirovka 

bosqichidan  iborat  bo‘ladi:  umumiy  tayyorgarlik  va  maxsus  tayyorgarlik.  Ular 

o‘rtasidagi  nisbat  sarflanadigan  vaqtga  ko‘ra  yangi  shug‘ullanuvchi  sportchilar 



134 

 

uchun  3:1  tarzda,  yuqori  malakali  sportchilar  uchun  3:2  yoki  2:2  tarzda 



ifodalanishi mumkin. 

Tayyorgarlik  davrining  birinchi  bosqichida  kirishtiruvchi  va  bazaviy  mikro 

hamda  makrosikllar  ko‘proq,  ikkinchi  bosqichda  esa  ko‘proq  zarbdor  hamda 

yengillashtiruvchi sikllar kiritiladi. Murakkab koordinasiyali yengil atletika turlari 

vakillarida  musobaqa  oldi va  musobaqa  bosqichlarida, qachonki  trenirovka  mikro 

va  mezosikllari  to‘g‘risida  gap  ketganda,  tanlangan  turni  maksimal 

imkoniyatlardan  90%  shiddat  bilan  yaxlitligicha  bajarishga  katta  e‗tibor  beriladi. 

Umuman  olganda,  alohida  kichik  tizimlarda  hamda  yengil  atletika  mashqlarini 

yaxlitligicha bajarishda harakatlar shiddatini oshirish musobaqada ishtirok etishdan 

oldingi bosqichda sportchini tayyorlashning keskin  (radikalno‘y)  choralardan biri 

hisoblanadi. 

O‘tish  davrida  (agar  u  bo‘lsa)  yengil  atletikaning  tezkor-kuch  turi  vakillari 

tanlangan turdagi mashqlarning ulushini kamaytiradilar. O‘rta, uzoq va o‘ta uzoq 

masofalarga yuguruvchilar hamda chopqirlar haqida bunday aytib bo‘lmaydi. Ular 

bu davrda etarli darajada mashqlarning katta hajmini saqlab qoladilar. 

Ma‘suliyatli musobaqalardan keyin hamma hollarda qisqa muddatli dam olish 

beriladi. Umuman, agar yil davomida ikkita yoki undan ortiq makrosikl qo‘llanilsa, 

unda birinchi va ikkinchi, hamda uchinchisi o‘rtasida o‘tish davri bo‘lmasligi ham 

mumkin. Garchand bir necha kun davom etadigan dam olish kerak bo‘ladi. Bunday 

makrosikllar  qo‘shaloq  yoki  uchlashgan  makrosikllar  deb  ataladi.  Quyida  (43-

jadval)  turli  xil  ixtisoslikka  ega  yuqori  malakali  yengil  atletikachilar  uchun  yillik 

siklda bosqichma-bosqich tayyorgarlikning davom etishiga misollar keltirilgan.  




Download 9,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish