3. DELETE o`chirish operatori
Ma`lumotlarni o`chirish operatori jadvaldan shart bo`lsama hammasini, aks holda shartni qanoatlantiruvchi satr(lar)ni o`chirishi mumkin. Operatorning sintaksisi va diagrammasi quyidagicha beriladi.
DELETE FROM jadval _nomi
[WHERE tanlash_sharti]
Agar satrlarni tanlash sharti ko`rsatilmasa, u holda jadvaldagi barcha satrlar o`chiriladi. Natijada ma`lumotlarga ega bo`lmagan bo`sh bo`lgan jadval hosil bo`ladi.
DELETE operatorining WHERE qismida turlicha murakkablikdagi shartlarni, jumladan Like, Beetwen, In kabi peredikatlarni ishlatish mumkin. Endi bunga qaralayotgan jadvallar asosida misollar keltiriladi.
Fukaro jadvalidan ID_FUKARO atributi 2 ga teng yozuvni o`chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |