*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/337
Sana17.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#380580
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   337
Bog'liq
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI (2)

E.D.Yusupov
 
XI-
 
BOB. MENEJMENT TIZIMIDA 
MENEJERLAR FAOLIYATINI TASHKIL 
ETISH 
Kalitli so‘zlar: kooperatsiya, ixtisoslashuv, standart, standartlash, mehnat 
unumdorligi,  boshqaruv  samaradorli,  referent,  samara,  samaradorlik,  yalpi 
ichki  mahsulot,  yalpi  mimiy  daromad,  yalpi  sof  mahsulot,  yalpi  sof  daromad, 
boshqaruv  resurslari,  mezoni,  intensivlik,  mezon,  boshqaruv  xarajatlari,  ко 
‘rsatkich.
 


166 
 
1.
 
MENEJER MEHNATINI TASHKIL ETISH MEXANIZMI 
Menejer faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘ziga xos tarkibiy qismi 
sifatida qaraladi.
 
Menejer  mehnatining  asosiy  faoliyati  korxonada  yo‘lga  qo'yilgan 
mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar  faoliyatning  ajralmas  qismidir.  Shuningdek, 
Menejer faoliyati ishlab chiqarish natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi va 
boshqaruv  funksiyalarini  tezkor  ravishda  amalga  oshirib  boruvchi  xatti-
harakatlar  jamlanmasini  o‘zida  mujassam  etadi.  Menejer  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
moddiy  boylik  yaratmaydi,  biroq  uning  boshqaruvchilik  faoliyati  ishlab 
chiqarish  jarayonida  yuzaga  keladi.  Shuningdek,  menejer  faoliyati  ishlab 
chiqarish  ko‘rsatkichlarida  kuzatiladigan  o‘zgarishlar  asosida  baholanadi. 
Ko‘rinib  turibdiki,  menejer  faoliyati  ko‘p  qirrali  va  korxonaning  samarali 
faoliyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat turi ekan.
 
Menejer  mehnatini  tashkil  etishda  boshqaruv  apparatidagi  har  bir 
ijrochining  ishi  cheklangan  va  nisbatan  bir  turda  bo‘lishiga  erishish  talab 
qilinadi. Bu mehnat unumdorligini ortishi, ish sifati yaxshilanishi va har bir 
ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi.
 
Ixtisoslashuv  majburiyatlar  doirasini shimday belgilashi lozimki, bunda 
har  bir  ishlovchi  haqidagi  ma’lumot  va  uning  tavsifi  irnkoni  boricha  to‘liq 
keltirilishi lozim. Mehnatni  kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan 
boshqaruv  apparati  turli  bo'linmalari  xodimlari  o‘rtasida  aloqa  o‘rnatilishini 
ko‘zda tutadi. Menejment jarayonida shu
 
korxonada  ham  undan  tashqaridagi  alohida  xodimlar,  xizmat  va  bo‘linmalar 
faoliyati birlashtiriladi.
 
Menejerlar  mehnatini  taqsimlash  va  kooperatsiya  qilish  yo‘llari  tarkibiy 
bo‘linmalar  haqida  qoidalar  va  boshqaruv  apparati  xodimlari  lavozim 
yo‘riqnomasi  bilan  belgilangan  bo‘ladi.  «Korxonalar  to‘g‘risida»gi  Qonun 
asosida  korxona  va  uning  bo‘linmalarida  har  bir  rahbar,  mutaxassis  va 
texnikaviy  ijrochi  uchun  lavozim  yo‘riqnomalari  ishlanadi.  Lavozim 
yo‘riqnomalari,  huquq  va  majburiyatlari  yakkaboshchilik  tamoyili  asosida 
mansabdor  shaxslaming  bo‘ysunishi,  topshirilgan  vazifa  uchun  javobgarligi 
belgilanadi.
 
Lavozim  yo‘riqnomalari  va  qoidalar  davriy  ravishda  qayta  qurilib,  ishlab 
chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga 
olgan holda tuzatilib, toldirilib borilishi kerak.
 
Menejer mehnatini samarali tashkil qilish va shu orqali korxona boshqaruv 
tizimini rivojlantirish, korxonaning umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlarida o‘z 
aksini topadi va unga baho beriladi.
 
Boshqaruv - ko‘p ma’noli tushuncha. U obyektni mustahkamligini saqlash 
yoki  tizimning  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o‘tkazishda  ta’sir  etish  uchun 
kerak  bo‘lgan  joyda  qo‘llaniladi.  Shu  bois,  “boshqaruv”  tushunchasi 


167 
 
boshqaruvchi ta’siriga ta’rif berish uchun qo‘llaniladi.
 
Menejer  deganda,  biz  rahbami  yoki  ish  boshqaruvchini  ko‘z  oldimizga 
keltiramiz, ya’ni, ular maxsus tayyorgarlik ko‘rgan boshqarishning sir-asrorlari, 
qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma 
boshqaruvchilar  bo‘lib,  aholining  alohida  ijtimoiy  qatlamini  tashkil  etadi. 
Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga 
ega  bo‘lgan  boshqaruvchi,  direktor,  rahbar,  mudir,  ma’muriy  boshqaruvchi 
kabilaming barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
 
Boshqaruv tizimining uch turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
 
1)
 
ishlab  chiqarishning  uzluksiz  bajaruvchilari  boigan  insonlar  alohida 
mashinalar,  mexanizmlar,  tizimlar,  ishlab  chiqarishdagi  texnologik  jarayonlar, 
aniqrog‘i,  ishlab  chiqarish  jarayonlaridagi  alohida  elementlami  boshqaradi. 
Boshqaruvning bu sohasi texnik fanlami o'rganish predmeti hisoblanadi.
 
2)
 
jonli tabiatda, tirik organizmlarda (organizmlaming hayot faoliyati bilan 
bogiiq  fiziologik,  biokimyoviy  va  biofizik  jarayonlar)  sodir  bolayotgan 
jarayonlami  boshqarish.  Boshqaruvning  bu  tizimi  tabiiy  fanlar  tomonidan 
o‘rganiladi.
 
3)  ijtimoiy  jarayonlami  boshqarish,  ya’ni  aniq  bir  masalalami  hal  qilish 
uchun ijtimoiy guruhlarga birlashgan ongli individlaming uyushgan faoliyatiga 
ta’sir  etish.  Boshqamvning  bu  sohasi  ijtimoiy  fanlar  tomonidan  fanning  qator 
tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda o‘rganiladi.
 
Ishlab  chiqarish  sohasida  -  bu  mehnat  bevosita  bajaruvchi  bo‘lgan 
jamoaning  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar,  ya’ni  insonlami 
boshqarishdir.  Bu  asosiy  boshqamv  hisoblanadi,  chunki  insonlar  ishlab 
chiqarishning  asosiy  yaratuvchi  kuchidir.  To‘xtovsiz  va  maqsadga 
yo‘naltirilgan jarayon sifatida boshqamv, xo‘jalik birligining aniq vazifalari va 
unda  ishlayotgan  qonunlar  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Ishlab  chiqarishni 
boshqarish,  mehnat  faoliyatining  faol  anglangan  shakli  sifatida  insonlaming 
turli xildagi emas, o‘zaro qo‘shma faoliyati bo‘lgandagina kerak bo‘ladi. YA’ni 
turli  insonlaming  o‘zaro  mehnatdagi  qo‘shma  faoliyati  natijasida  jamiyatning 
iqtisodiy rivojlanish qonunlariga bo‘ysunadi.
 
Menejment  sohasida  insonlaming  mehnat  faoliyatini  ikki  turga  ajratish 
mumkin:  ishlab  chiqarish  jarayoni  bevosita  amalga  oshiriladigan  “mehnat”  va 
bu jarayonlami bevosita boshqarishga yo‘naltirilgan “faoliyat”. Insonlar mehnat 
faoliyatining  birinchi  turi  obyekt  sifatida,  ikkinchisi  esa  menejmentning 
subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish