*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/337
Sana17.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#380580
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   337
Bog'liq
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI (2)

Tashkil  qilish. 
Boshqaruvning  keyingi  vazifasi  tashkil  qilishdir.  Uning 
vazifasi quyidagilardir:
 

 
tashkilotni  qismlarga  bo‘lish,  umumiy  boshqaruv  vazifalarini 
bo‘linmalar va xodimlar o‘rtasida taqsimlash;
 

 
tashkilotning  tashkiliy  tuzilmasini  shakllantirish,  uning  elementlari 
o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
 

 
tashkilotning  ma’lum  tashkiliy  madaniyatini  shakllantirish  uchun 
sharoitlar yaratish;
 

 
qabul qilingan qarorlami bajarilishini tashkil qilish;
 

 
ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlami joriy tashkil qilish;
 

 
tashkilot faoliyatini resurslar bilan ta’minlash;
 

 
vazifalar va vakolatlami boshqalarga topshirish;
 

 
tashkilotni  uni  rivojlanish  jarayonida  isloh  qilish  (qaytadan  tashkil 
qilish).
 
Menejment  jarayonlari  va  ulami  tashkil  qilishni  ham  ко‘rib  chiqish 
mumkin.  Menejment  jarayonlari:  asosiy,  yordamchi  va  xizmat  ko‘rsatuvchi 
turlarga bo'linadi. Bunda mehnat predmeti sifatida boshqamv qarori, axborotlar 
va  hujjatlar  bo‘ladi.  Agar  harakat  mehnat  predmetining  parametrlarini 
o‘zgartirishga  qaratilsa,  u  holda  jarayon  asosiy  bo‘ladi.  Xizmat  ko‘rsatuvchi 
boshqamv jarayonlariga mehnat predmetini jamlash, nazorat qilish va uzatish, 
yordamchilarga  esa  natijasida  asosiy  va  xizmat  ko‘rsatish  jarayonlarini 
bajarilishi uchun normal sharoitlar yaratiladigan harakatlar kiradi.
 
Menejment  jarayonlarini  ratsional  tashkil  qilishning  shartlarini  ajratish 
mumkin:
 

 
mutanosiblik;
 

 
uzviylik;
 

 
maqsadlaming mavjudligi;
 

 
harakatlaming elastik (egiluvchan)ligi;
 

 
barqarorlik;
 

 
mehnat taqsimoti;
 

 
boshqarilish meyorlariga rioya qilinishi;
 

 
majburiyatlar va vakolatlami boshqalarga topshirilishi;
 

 
parallellik;
 

 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlik;
 

 
bir maromdalik;
 

 
bir turdagi mehnat predmetlarini bir joyda jamlanishi;
 

 
jarayonlami egiluvchanligi.
 
Masalan,  mutanosiblikda  bitta  jarayonning  har  xil  ish  joylarining  teng 
o‘tkazish qobiliyatiga, ish joylami axborotlar, moddiy resurslar bilan bir xilda 
ta’minlanishiga va hakazolar, parallellikda -harakatlami bir vaqtda birga bo‘la 


138 
 
olishligiga,  to‘g‘ridan-  to‘g‘ri  aniqlikda  -  mehnat  predmetlari,  axborotlar  va 
hakazolami o‘tishining muvofiq yoliga, bir maromdalikda
 
-
 
boshqamv  jarayonlarini  bajarilishining  vaqtdagi  tengligiga,  uzviylikda  -  ish 
vaqtidan  boshqamv  jarayonlarini  bajarish  uchun  ko‘proq  foydalanishga 
erishiladi.
 
Bu  shartlarga  rioya  qilinishiga  erishish  uchun  jarayonlar  va  harakatlami 
takrorlanishini  oshirish  zarur,  bunga  turli  xarakterdagi  ayrim  jarayonlami 
unifikatsiya
35
lash va bir turga keltirish yo‘li bilan erishiladi.
 
Menejer  tomonidan  vakolatlami  qo‘li  ostidagilarga  topshirilishi 
boshqaruvni  ratsional  tashkil  qilinishining  muhim  sharti  bo‘ladi,  keyingilar 
o‘zlariga  topshirilgan  sohalarda  qarorlar  qabul  qiladilar  va  ulami  amalga 
oshiradilar.  Topshirish  vazifalar  va  qarorlar  qabul  qilish  huquqini  ulami 
bajarish  bo'yicha  majburiyatlarni  o‘ziga  oluvchi  shaxsga  topshirilishini 
bildiradi.
 
Topshirish jarayoni o‘z ichiga quyidagi harakatlami oladi:
 

 
majburiyatlarni belgilash;
 

 
talab qilinadigan natijalami belgilash;
 

 
kerakli  vakolatlami  topshirish  va  zaruriy  natijalarga  erishish bo‘yicha 
majburiyatlarni zimmasiga yuklash.
 
Motivatsiya-o‘zini  va  boshqalami  maqsadlarga  erishish  uchun  faoliyatga 
undash jarayonidir.
 
Rahbarlar  doimiy  ravishda  xodimlami,  ular  buni  his  qiladilarmi  yoki 
yo‘qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar, 
tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar.
 
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, odamlar hamma vaqt ham 
ularga  ko‘proq  pul  ishlab  topish  imkoniyati  berilganda  yaxshiroq  ishlaydilar, 
ya’ni  motivatsiya  qilinayotgan  harakatlami  pul  mukofotlariga  almashtirilishi 
bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondoshuvni asossiz 
ekanligini aniqlab bergan va motivatsiya ehtiyojlami murakkab yig‘indisining 
natijasi  ekanligini  ko‘rsatadi.  Xodimlami  rag‘batlantirish  uchun  rahbarga 
ulaming ehtiyojlarini aniqlash zarar, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
 
To‘g‘ri  motivatsiya-odamlami  baxtli  va  samarali  ishlashining  asosiy 
kalitidir!
                     
35
  Unifikatsiya (lotin. unus " bir "+ facio " qiiaman; birlashma») - yagona tizim yoki shaklga olib kelish. Manba: 
https://ru.wikipedia.org/wiki/
 Унификация 


 
Motivatsiyaga  jarayon  sifatida  qarash  maqsadga  muvofiqdir.  Shuning 
uchun  uni  quyidagi  oltita  shartlarning  ma’lum  darajasida  ketma-ket  keluvchi 
bosqichlar ko‘rinishida tasawur qilish mumkin:
 
1.
 
ehtiyojni vujudga kelishi;
 
2.
 
ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yollami qidirib topish;
 
3.
 
harakatlaming maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash;
 
4.
 
kerakli harakatlami amalga oshirish;
 
5.
 
amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish;
 
6.
 
ehtiyojlami qanoatlantirish, bartaraf qilish.
 
Motivatsiya 
jarayoni 
motivatsiyaning 
mazmuniy 
nazariyalarini 
tushuntirib  beradi.  Ularda  odamlami  harakat  qilishga  undovchi,  ayniqsa 
ishning  hajmi  va  mazmunini  belgilashdagi  asosiy  ehtiyojlar  aniqlanadi. 
Motivatsiyaning  konsepsiyalarini  ishlab  chiqishda  A.Maslou,  F.Gersberg,  D. 
Mak Klellandlaming asarlari katta ahamiyatga ega boigan.
 
Amerikalik  ruhshunos  A.Maslouning  (1908-1970)  nazariyasi  bo‘yicha 
ehtiyojni qat’iy  iyerarxik tuzilma ko‘rinishida joylashtirish mumkin. U pastki 
bosqichlardagi  ehtiyojlar  odamga  yuqoriroq  bosqichdagilarga  qaraganda 
oldinroq  ta’sir  qiladilar  deb  hisoblaydi.  Real  vaqtda  inson  o‘zi  uchun 
muhimroq  yoki  kuchliroq  boigan  ehtiyojni  qanoatlantirishga  harakat  qiladi. 
Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qandirgandan keyin 
insonning hulqidagi qudratliroq omil boiadi.
 
Fiziologik  ehtiyojlar  yashab  qolish  uchun  zarur  boigan  ehtiyojlardir. 
Insonning  fiziologik  ehtiyojlari  insonlaming  va  butun  xalqlaming  xulq- 
atvorining eng muhim vositasidir
36
. Ular o‘z ichiga ovqatga, suvga, uy- joyga, 
dam olishga boigan ehtiyojlami oladilar.
 
Tegishlilik va dahldorlikka ehtiyojlar o‘z ichiga nimagadir yoki kimgadir 
tegishlilik  hisini,  ijtimoiy  o‘zaro  hamkorlik,  bogiiqlik  va  qollab  quwatlash 
hisini oladilar.
 
Xavfsizlik  va  himoyalanganlikka  ehtiyojlar  atrof-muhit  tomonidan 
jismoniy  va  psixologik  xavflardan  ximoya  qilinganlik  va  kelajakda  fiziologik 
ehtiyojlar qanoatlantirilishiga ishonchni ko‘zda tutadi.
 
Tan  olinish va  o‘zini  o‘zi  qaror  toptirishga  ehtiyojlar  o‘zini  o‘zi  hurmat 
qilish  (shaxsiy  yutuqlar,  omilkorlik)ni,  atrofdagilar  tomonidan  hurmat 
qilinishni ko‘zda tutadi.
 
0‘zini-o‘zi  aks  ettirishga  ehtiyojlar  -  bu  o‘zining  salohiyatli 
imkoniyatlarini amalga oshirishga ehtiyoj lardir.
 
Maslou konsepsiyasidan amaliy xulosalar quyidagilardir:
 
                     
36
 
https://businessman.ru/new-fiziologicheskava-pofrcbnost-bazowe-nuzhdy-cheloveka.html
 
140 


 
-
 
yuqori  bosqichlar  ehtiyojlari  birlamchi  ehtiyojlar  (birinchi  ikki 
bosqichdagilar) qandirilganligiga qadar undovlar bo‘lishlari mumkin emas;
 
-
 
ehtiyojlaming  bosqichlari  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  ular  odamlaming 
shunchalik kamroq soni uchun faol faoliyatga undovlar bo‘ladilar;
 
-
 
qanoatlantirilmagan 
ehtiyojlar 
xodimlarni 
rag"batlantir-maydi, 
qanoatlantirilganlari esa ta’sir etishni to‘xtatadi, shuning uchun ulaming o‘mini 
qanoatlantirilmaganlar egajlaydilar;
 
-
 
qandaydir  bitta  ehtiyojni  qanoatlantirilishi  yuqoriroq  bosqichdagi 
ehtiyojni avtomatik ravishda ishga tushishiga olib keladi.
 
Maslou  konsepsiyasi  zamonaviy  boshqaruv  nazariyasi  va  amaliyotini 
rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatgan.  Ammo  hayot  shuni  ko‘rsatganki, 
konsepsiyada bir qator juda zaif jihatlar mavjud.
 
Birinchidan,  ehtiyojlar  ko‘pgina  vaziyatli  omillar  (ishning  mazmuni, 
tashkilotdagi holat, yosh va h.k) ga bogiiqlikda har xil namoyon boiadilar.
 
Ikkinchidan,  hamma  vaqt  ham  Maslou  piramidasida  taqdim  etilganidek, 
ehtiyojlaming  bitta  guruhini  boshqasining  orqasidan  qat’iy  kelishi  amalga 
oshirilavermaydi.
 
Uchinchidan,  ikkilamchi  ehtiyojlami  qanoatlantirilishi  hamma  vaqt  ham 
ulaming motivatsiyaga ta’sirlarini kuchsizlanishiga olib kelmaydi. Maslouning 
hisoblashicha,  bu  qoidadan  faqat  o‘zini  o‘zi  aks  ettirish  istisno  bo‘ladi.  U 
kuchsizlanmaydi,  balqi  u  kanoatlanganligi  sari  uning  motivatsiyaga  ta’siri 
kuchayadi. Amaliyotai ko‘rsatishicha, tan olinish va o‘zini o‘zi qaror toptirish 
ehtiyojlari  ham  ulami  qanoatlanishi  jarayonida  motivatsiyaga  kuchayib 
boruvchi ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish