# Ekstravertlarga qanday hislatli insonlar kiradi?
-Shaxslarga umumiy faollik, osoyishtalik, ta’sirlarga moyillik xosdir
# Refleksiya so’ziga ta’rif bering.
-Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) – «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o‘z hatti – harakatlari va ularning qonuniyatlarnianglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir.
# Qaysi javobda I.N.Semyonov tomonidan ishlab chiqilgan refleksiya turlari to’g’ri ko’rsatilgan?
-Intellektual, shaxsiy, kommunikativ, kooperativ.
# O‘qituvchining kasbiy refleksiyasi asosida pedagogik mahoratining qaysi turlari rivojlanadi?
-O‘z–o‘zini bilish, o‘z – o‘zini anglash, o‘z – o‘zini belgilash,o‘z – o‘zini rivojlantirish, o‘z – o‘zini nazorat qilish.
# O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi qanday ko’rsatmalarga amal qilinadi?
- O‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri ,natijalari; jamoai bilan ishlay olish qobiliyati; sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning ijobiy natijalariga amal qiladi.
# Pedagogik mehnatni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda eng muhim talablar qaysilar?
- Pedagogik faoliyatni aniq rejalashtirish, faoliytni qizg’in uyushtirish va unda ishtirok etayotgan ob’ekt va sub’ektlarning imkoniyatlarini yagona maqsadga yo’naltirish.
# O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning qaysi komponentlarini ma’lum darajada o‘zlashtirishi lozim:
- O‘qituvchi qobiliyati (empatiya, perseptiv, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi
# O‘quvchilar bilimini kompyuter texnologiyalari orqali o‘qituvchi tomonidan nazorat qilishning asosiy vositalari bu…..
- Nazorat funksiyasi, o’qitish, tashxis qilish, bashorat etuvchi, rivojlantiruvchi, yo’naltiruvchi vazifa, tarbiya qilish;
# Qaysi javobda tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik
vositalardan foydalanish to’g’ri ko’rsatilgan?
- Pedagogik talab, jamoada o‘zaro munosabatni tarbiyalash, o‘rgatish , mashq qilish, tarbiyalanadigan holatlar, rag‘batlantirish , tanqid, majburlash;
# Quyida qaysi javobda zamonaviy tarbiya mazmunining tamoyillarini modellashtirish to’g’ri berilgan?
- Maqsadning aniqligi,birgalikdagi faoliyat, o‘z-o‘zini anglash. iroda erkinligi,tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi, jamoaning ta’siri.
# O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
- Rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv harakatlar,natijalarni baholash va tahlil qilish.
# Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish nechta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi?
- Uchta, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va pedagogik-psixologik bilimlar); metodologik bilimlarni egallash madaniyati; pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
# Ta’lim jarayonida o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini boshqarishga ta’rif bering.
- Ijodiy kayfiyat bu – o‘qituvchining ruhiy holatini bir maromda ushlab turuvchi, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi, o‘quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta’minlovchi vositadir.
# O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi talablardan foydalanib, o‘z imkoniyatlariga erishishadi?
- Ta’limiy; tarbiyaviy; rivojlantiruvchi;
Do'stlaringiz bilan baham: |