KIRISH
К I R I SH
Davlat va huquq paydo b o ‘lganidan buyon kishilik jamiyati hayotida
m uhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Davlat ham , huquq ham o lta
murakkab, serqirra ijtimoiy hodisalar bo ‘lganligi bois insoniyat azaldan
ushbu sirli fenomenlarning m a ’no-m azm unini anglashga jiddiy qiziqish
bildirib keladi. Qadim zam onlardan buyon aql daholarining sa’y-harakat-
lari bilan davlat va huquq haqida teran nazariy ta ’limot yaratildi. Ushbu
t a ’limot bugungi kunda “ Davlat va huquq nazariyasi” deb nomlanadi.
Davlat va huquq nazariyasi umumbashariy xususiyatga ega, uning univer
sal qoidalari, xulosalari va t a ’riflari jug ‘rofiy joylashuvi, milliy mansub-
ligidan q a t’i nazar, har qanday davlatga va huquqiy tizimga birdek taal-
luqlidir.
0 ‘zbekistonda mustaqillik tufayli qaror topayotgan davlatchilik hamda
huquqiy tizim davlat va huquq nazariyasining umumiy qonuniyatlari,
nazariy andozalari, tamoyil va mezonlariga bo ‘ysunadi. Boshqacha ayt-
ganda, yangi demokratik huquqiy davlatchilik, fuqarolik jamiyati va
adolatli huquqiy davlatchilik, fuqarolik jamiyati va adolatli huquqiy tizim
davlat va huquq nazariyasining ilmiy nuqtayi nazardan asoslantirilgan
xulosa, tavsiya va bashoratlari asosida barpo etilishi lozim.
Ayni vaqtda t a ’kidlash joizki, m am lakatimizda shakllanayotgan
davlat, huquqiy va qonunchilik tizimlarining mohiyati, ijtimoiy vazifasi
fanimiz doirasida keng mushohadaga, nazariy tahlilga muhtojdir. Zero,
ularga ham davlat va huquq nazariyasi tom onidan munosib ilmiy nazariy
baho berilgani yo‘q. Qolaversa, davlat va jamiyat qurilishida ro‘y bera-
yotgan islohotlar ham da modernizatsiyalash sharoitida davlat va huquq
ning nam oyon b o ‘lishi, o^zgarishi, takomillashuvi o ‘z xususiyatlariga ega
b o ‘lishi tabiiy. Shu bois 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
yangi qonunlari, xalqimizning tarixiy huquqiy merosi, huquqiy qadriyat-
lari va a n ’analari, shuningdek, davlatimiz rahbari I.A.Karimovning asar-
larida ilgari surilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga,
demokratiya va inson huquqlari tamoyillarini hayotga joriy qilishga
3
DAVLAT VA H U Q U Q NAZARIYASI
yo ‘naltirilgan g ‘oyalar asosida davlat va huquq nazariyasiga oid zam o-
naviy darsliklar yaratish o ‘zbek huquqshunosligi oldida turgan dolzarb
vazifadir.
Bugungi o ‘zbek jamiyati o ‘zi uch u n “ huquqiy davlat” , “inson
huquqlari” va “shaxs erkinligi” , “ demokratik fuqarolik jam iyati” , “ siyosiy
hurfikrlilik” (plyuralizm), “ hokimiyatlar taqsimlanishi” , “q o n u n ustu-
vorligi” , “ mustaqil sud hokimiyati” kabi fundamental tushunchalarni
qayta kashf etmoqda. Ayonki, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va m a ’naviy hayo-
tini zamonaviy m a ’rifiy tamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq
benihoya katta rol o ‘ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy
tizimning mavjud b o ‘lishi, huquqiy m unosabatlar oqilona tizimining
tashkil etilishi k o‘p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-huquqiy institut-
laming faoliyatiga bog‘liqdir.
M amlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va
m a ’naviy islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangan va q a t’iy
davlat — siyosiy ta ’minlanish mexanizmlariga ega b o ‘lgan taqdirdagina
samarali b o‘lishi isbot talab etilmaydigan aksiomadir. “ M ustahkam
huquqiy negiz b o ‘lgandagina, — deydi I. A. Karimov, — o ‘zini oqlama-
gan eski tizimni to ‘la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqti-
sodiyotiga ega b o ‘lgan yangi jamiyat qurish m u m k in ” 1. Ayni vaqtda,
davlatning faol tashkilotchilik va ijobiy bunyodkorlik roliga ham alohida
urg‘u beriladi. “ Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar
jarayonining tashabbuskori b o ‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi
yo ‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davla-
timizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o ‘zgarishlarni amalga oshirish
siyosatini ishlab chiqish va izchil ro ‘yobga chiqarishi kerak”2.
Davlat va huquqni tavsiflashdagi asosiy m ezon — ularning jamiyat
hayotida o ‘ynaydigan rolidir. Davlat jamiyatni uyushtirish, boshqarish
vositasi b o ‘lsa, huquq ijtimoiy munosabatlarni jamiyat va inson manfaat-
laridan kelib chiqib tartibga solish vositasidir. Davlat va huquq o ‘zaro
uzviy hodisalar boiganligi bois davlatning mohiyatida va faoliyatida q a n
day o ‘zgarishlar ro ‘y bersa, huquqning mohiyati va tabiatida ham shun-
1
Do'stlaringiz bilan baham: