" s h a r q " n a sh r iy o t -m a t b a a a k s iy a d o r L ik k o m pa n iy a si bosh t a h r ir iy a t I



Download 17,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/702
Sana02.01.2022
Hajmi17,78 Mb.
#307312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   702
Bog'liq
Одилқориев Х.Т. Давлвт ва ҳуқуқ назарияси.Дарслик (1)

Davlat  va  huquq  nazariyasi 

—  davlat  va  huquqning  vujudga  kelishi, 

mohiyati,  faoliyat  ko ‘rsatishi  va  rivojlanishi  t o ‘g ‘risidagi  um um iy 

qonuniyatlarni  ifodalovchi  fundamental  bilimlar  tizimi.  Shuningdek,  bu 

fan  davlat  va  huquq  haqidagi  qarashlar,  g‘oyalar,  fikrlar  va  bilimlarni 

mantiqiy  tarzda  umumlashtirilgan  sistemasi  hisoblanadi.

Tarixiy  taraqqiyotning  har  bir  bosqichida,  ya’ni  muayyan  zamon  va 

m akonda  istiqomat  qilgan  insonlar  o ‘sha  davrning  siyosiy  tuzumi,  mafku- 

raviy-g‘oyaviy  jihatlari,  boshqaruv  tartibi,  ijtimoiy  ongi  va  madaniy 

taraqqiyotidan  kelib  chiqqan  holda  davlat  va  huquqqa  munosabat 

bildiradilar,  ularga  baho  beradilar.  H ar  bir  tarixiy  davrda  davlat  va 

huquqning  mohiyati  o ‘ziga,  davrga  mos  tarzda  namoyon  b o ‘ladi.

CTzbekiston  Respublikasi  o ‘z  mustaqilligini  q o ‘lga  kiritganidan  so‘ng 

jamiyat  hayotining  barcha  jabhalarida  b o ‘lgani  kabi  davlat  va  huquqqa 

ham  yangicha  qarash,  yangicha  yondashuv  paydo  bo‘ldi.  Davlat  va 

huquqning  mohiyatida  tub  o ‘zgarishlar  yuz  berdi.  M amlakatimiz  sobiq 

ittifoq  tarkibiga  kirgan  vaqtda  davlatga  iqtisodiy  hukm ron  sinflaming 

tashkiloti,  huquqqa  esa  ijtimoiy  tartibga  solishning  zo‘ravonlik  (sinfiy 

hukmronlik)  quroli  sifatida  munosabat  bildirilgan  edi.  Bugungi  kunga 

kelib,  ya’ni  demokratiya  sharoitida  davlat  ijtimoiy  qarama-qarshiliklarni 

zo‘rlik  va  bostirish  yo ‘li  bilan  emas,  balki  ijtimoiy  kelishuv,  xalq  t a ’biri 

bilan  aytganda,  murosa-yu  m adora  bilan  bartaraf  etish  vositasiga  aylan- 

moqda.  Zamonaviy  huquqqa  esa,  ijtimoiy  hamjihatlik  va  kelishuvga 

asoslangan  ijtimoiy  tartib-intizomga  erishish,  erkinlik,  adolatparvarlik  va 

tenglikni  vujudga  keltirish  vositasi  sifatida  yondashilm oqda1.



Karimov  I.A.

  V atan  sajdagoh  kabi  m uqaddasdir.  —  Т .,  1996.  20-b.

9



DAVLAT  VA  H U Q U Q   NAZARIYASI

Davlat  va  huquq  nazariyasi  ham  o ‘z  m azm un-m ohiyati  jihatidan 

tadrijiy  taraqqiy  etmoqda.  Unga  yangicha  zamonaviy  qarash,  yondashuv 

shakllanmoqda.  Ayniqsa,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘z  oldiga  demokratik 

huquqiy  davlat  va  fuqarolik jamiyati  qurishdek  buyuk  maqsadni  q o ‘ygan- 

ligi  bois  davlat  va  huquqqa,  uni  o ‘rganishga,  tadqiq  etishga  alohida  ehti­

yoj  sezila  boshladi.  Huquqiy  davlatda  qonun  ustuvorligi  eng  asosiy  ta m o ­

yil  sifatida  e ’tirof  etilsa,  fuqarolik  jamiyatining  zaruriy  sharti  —  fuqaro- 

larning  yuksak  huquqiy  ongi  va  madaniyati,  qonunlardan  xabardorlik 

darajasi  hamda  huquqqa  nisbatan  chuqur  hurmatidir.  Bu  tushunchalar 

albatta,  davlat  va  huquq  nazariyasining  obyekti  hisoblanadi.  Bundan 

shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  davlat  va  huquq  nazariyasi  zamonaviy 

dunyo  taraqqiyoti,  sivilizatsiya  bilan  ham ohang  harakatlanuvchi  m uhim 

ijtimoiy  fan  sifatida  maydonga  chiqadi.

Davlat  va  huquq  nazariyasi  nafaqat  mamlakatimizda,  balki  jah on  

hamjamiyatida  yuz  berayotgan  yangilanish  va  yuksalishlar  ta'sirida  rivoj- 

lanmoqda.  Davlat  va  huquqning  paydo  b o ‘lishi  va  rivojlanishidagi  um u- 

miylik,  o ‘zaro  aloqadorlik  davlat  bilan  bir  qatorda  huquq  ham  jadal 

takomillashib  borayotganligidan  dalolat  beradi.  H uquqqa  liberal  yon­

dashuv,  uning  insonlar  hayotiga  yanada  yaqinlashayotganida,  adolat  va 

erkinlik  g‘oyalarini  izchil  ifodalayotganligida,  fuqarolar  manfaatlarini 

yanada  mukammal  aks  ettirayotganligida  namoyon  bo‘lmoqda.

Insoniyat  ongi  va  tafakkurining  yuksalishi  barcha  ijtimoiy  hodisalar 

kabi  davlat  va  huquqni  ham  yangicha  talqin  etmoqda.  Davlat  ham ,  huquq 

ham  inson  uchun,  uning  manfaati  uchun  mavjudligi  va  faoliyat  olib  bori- 

shi  fuqarolar  tom onidan  tobora  anglab  yetilmoqda.  Turli  tarixiy  davrlar- 

da  davlat  va  huquqdan  turli  guruhlar,  tabaqalar  yoki  alohida  shaxslar 

manfaatining  himoyachisi,  ijtimoiy  qarama-qarshiliklarni  bostirish  quroli 

sifatida  foydalanilgan  b o ‘lsa,  bugunga  kelib  ular  inson  uchun  farovon  ha- 

yotni  ta ’minlash  vositasiga  aylanmoqda.

Davlatning  mohiyatini  anglash,  huquqqa  zamonaviy  yondashuv, 

huquqiy  davlatning  m azm un-m ohiyatini  ochish,  fuqarolik jamiyati  barpo 

etish,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta ’minlashning  asosiy  yo‘nalishlarini 

tadqiq  etish  aynan  davlat  va  huquq  nazariyasining  vazifasidir.  Bu,  o ‘z 

navbatida,  fanning  xususiyatlarini  ochib  berish  bilan  bir  qatorda,  uning 

ijtimoiy  ahamiyatini,  dolzarbligini  isbot  etadi.

10



I  В  О  В.  DAVLAT  VA  HU Q U Q   N A ZAR IYASIN IN G   PRED M ETI  VA  M ETODI


Download 17,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   702




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish