|
|
Pdf ko'rish
bet | 283/339 | Sana | 31.12.2021 | Hajmi | 4,72 Mb. | | #258318 |
| Bog'liq pul va banklar
Qo„shimcha omillar. Moliyaviy inqirozning birinchi bosqichida boshqa
omillar ham muhim o‗rin egallaydi. Masalan, ba‘zi moliyaviy inqirozlarda
(masalan Meksika inqirozi) qo‗shimcha yuzaga keltiruvchi omil sifatida xorijiy
davlatlarning foiz stavkalarini oshishi, darvoqe AQSHda qattiq monetar
siyosatning amalga oshirilishi xizmat qilgandir.Foiz stavkalarning ko‗tarilishi
yuqori riskka ega firmalaning baland foiz stavkalarda to‗lovlarni amalga
oshirishiga
olib
keladi.
Yomonlashgan
tanlov
muammosi
yanada
murakkablashadi. Jumladan, yuqori foiz stavkalar firmalarning pul oqimini
qisqartirib, ularni assimetrik muammo chuqurlashgan tashqi kapital bozorlardan
fondlarni izlashga majbur qiladi.Xorijiy mamlakatlarda foiz stavkalarning oshishi
ichki foiz stavkalarning ko‗tarilishiga olib keladi. Natijada tanlovning
yomonlashishi va psixologik risk muammosini chururlashtiradi
Aktivlar bozori rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlar singari
yirik bo‗lmaganligi bois, moliyaviy inqiroz sharoitida past o‗ringa egadir.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida aktivlarning narxi tushishi, shubhasiz, firmalarning
sof
qiymatini
pasaytiradi
va
tanlovning
yomonlashuvi
muammosini
chuqurlashtiradi. Firmalarning sof qiymatini tushib ketishi qarz beruvchilar uchun
yo‗qotishlar o‗rnini qoplash uchun ta‘minotning pastligiva yuqori psixologik riskni
muammosini
yuzaga
keltiradi.
Firmalarning
egalari
inqirozdan
oldin
shug‗ullangan riskli faoliyatini cheklashganida ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zarar
ham kamroq bo‗lar edi. Aktivlar narxining tushishi bevosita tanlovning
yomonlashishi va psixologik risk muammosini yomonlashtiradi va aktivlarning
xisobdan chiqarilishibanklarning balansi holatini bilvosita yomonlashishigaolib
keladi.
Rivojlangan
davlatlarda
bo‗lgani
kabi
rivojlanayotgan
davlat
iqtisodiytushkunlik holatiga tushib qolgan bo‗lsa yoki yirik firmalar bankrotlikka
uchrasa, odamlarda investitsion loyihalardan oladigan daromadlar to‗g‗risida
shubhalar paydo bo‗ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda sezilarli nobarqaror siyosiy
tizimning mavjudligi noaniqliklarning yana bir manbasi hisoblanadi. Noaniqliklar
oshib borsa, qarz beruvchilar uchun yaxshi va yomon kredit riskini ajratib olish va
pul qarz bergan firmalarning faoliyatini monitoring qilish juda qiyinlashadi. Bu
holat yanada tanlovning qiynlashishi va psixologik risk muammosini
chuqurlashishiga olib keladi.
Ikkinchi bosqich. Valyuta inqirozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|