31
14.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi.
obank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va
alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‗lgan kredit tashkiloti
tushuniladi.
Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga
oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim
operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas:
1. Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‗larini depozit hisob
raqamlariga jalb etish
3. Mazkur pul mablag‗larini o‗z nomiga joylashtirish
Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo‗g‗ini bo‗lib tijorat
banklari hisoblanadi.Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak
darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga
ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo‗ldi .
Nobank moliya tashkilotlari asosan quyidagilarga ko‗maklashadi:
- kam ta‘minlangan aholini tadbirkorlikka jalb etishga;
- kambag‗allikni qisqartirishga, insonlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga;
- ayollarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etib, gender muaamosini echishga:
- yangi ish o‗rinlari yaratishga;
- moliya bozorida yangi segmentni yaratilishiga va h.k.
Nobank moliya tashkilotlari funksiyasini iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarga
bo‗lish mumkin:
Iqtisodiy funksiyasi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga,
aholini ushbu jarayonga jalb qilinishiga, shuningdek, kichik biznesni
yiriklashishiga va mulkdorlar qatlamini yaratilishi ko‗maklashishdir.
Yangi moliya tuzilmasi sifatida - moliya tizimini kengayishi va
mustaxkamlashiga, jamg‗armalar va kreditlarni bozorini diversifikatsiyalashga
ko‗maklashadi. Shuningdek, keyinchalik banklardan kredit olish uchun kredit
tarixini yaratish vositasi ham hisoblanadi.
Dunyo tajribasiga ko‗ra moliya tashkilotlari uchta guruhga bo‗linadi:
- rasmiy institutlar;
- yarim rasmiy institutlar;
- norasmiy institutlar.
Rasmiy moliya institutlari mikromoliya xizmatlari ko‗rsatib, ularning
faoliyati umumiy qonunchilik bilan birga banklarning regulyativ qoidalari bilan
tartibga solinadi. Shuning uchun bunday moliya institutlari banklar singari nazorat
kilinadi.
Yarim rasmiy moliya institutlari umumiy qonunchilikka bo‗ysunadilar, lekin
ularning faoliyati banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinmaydi.
Norasmiy institutlarga esa umumiy tijorat hamda banklar qonunchiligi
ko‗llanilmaydi.
Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:
1. Kredit uyushmalari. Ular faqat o‗z-o‗zlariga depozit qabo‗l qiladi va o‗z-
o‗zlariga kredit beradi.
N
32
2. Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-
ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta‘minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular
depozit va omonatlar qabo‗l qilish huquqiga emas.
3. Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo‗li bilan kredit
beradi.
4. Lizing kompaniyalari
5. Faktoring kompaniyalari.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni
to‗la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
a) Moliyaviy lizing
b) Operativ lizing
Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog‗liq hujjatlarni sotib olish, ularni
rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug‗ullanadi.
Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o‗rtasida to‗lov instrumentlari
bo‗yicha o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Kredit kooperativlari ma‘lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarni
kreditlash maqsadida tashkil etilgan.
Pensiya fondi
Inkassatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to‗lov
hujjatlarini inkassatsiya qilish bilan shug‗ullanadi. Lekin O‗zbekistonda bunday
tashkilotlar yo‗q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya ―Respublikamiz
inkassatsiya birlashmalari‖ tomonidan amalga oshiradi.
Sug‗urta kompaniyalari.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega:
Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga
oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‗ladi. Bu
ularni raqobatbardoshligini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit
tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: