29
Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar va kompaniyalar o‗rtasida
uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‗larni to‗lashda
qo‗llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.
Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok
etadi. Birinchisi, mol etkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi,
vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa.
Forfeyting operatsiyalarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida
ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga
tuzilishini ta‘kidlash mumkin.
Forfeyting iqtisodiy termeni odatda majburiyatni sotib olish ma‘nosida
qo‗llaniladi, uni so‗ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida
yuz beradi. ―a forfait‖ so‗zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‗lib, ―huquqdan voz
kechish‖ ma‘nosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‗ini olishga talabgor
bo‗lgan sotuvchi o‗tkaziladigan veksel inodassamentiga
143
―to‗lovni qaytarish
shartisiz‖ so‗zini qayd etish orqali to‗lov regressidan
144
o‗zini himoya qiladi.
Forfeyting vekslini sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni
to‗lov hujjati sifatida akseptlab sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlarning
summasini diskont asosida zudlik bilan to‗lash hisobiga barcha risk va
majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (ya‘ni vekseldagi summani to‗lab
beruvchi va o‗zida qayd etib boruvchi bankka) o‗tkazadi.
Agar importer birinchi darajali to‗lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy
mavqiega ega bo‗lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval
145
shaklida
kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‗lishi lozim.
Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‗liq
muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi.
Eksporter forfet krediti bo‗yicha hech qanday majburiyatni o‗ziga olmaydi,
faqatgina u jo‗natayotgan tovarlar va ko‗rsatilayotgan xizmatlarning sifati va
tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini ta‘minlashga mas‘ul
hisoblanadi.
Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQSHning Boing samolyotini
ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‗rtasidagi o‗zaro oldi
– sotdilarni keltirish mumkin. CHunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori
bo‗lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‗larni birdan to‗lash imkoniyatini
bermaydi, biroq o‗z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‗lovni
ololmagan
samolyotsozlik
kompaniyasida
ishlab
chiqarish
jarayonining
uzluksizligini ta‘minlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo
banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank
samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng kompaniyasi oldidagi
majburiyatlarini sotib oladi (savdo trattasi, o‗tkazma yoki oddiy veksel shaklida)
va to‗lovni bir yo‗la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya
o‗rtasida tuzilgan shartnomaga bo‗yicha asosiy summa tegishli jadval asosida,
qo‗shimcha foiz to‗lovlari bilan birgalikda undirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: