13.5 Tijorat banklarining noa‘nanaviy operatsiyalari
ozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning
moliyaviy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish va
foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa‘nanaviy
operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga
faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft),
forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.
Faktoring operatsiyalari
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini
sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi
bo‗limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini
amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti
ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi), faktor – vositachi
bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‗lgan
pul mablag‗ini talab qiluvchi hujjatlar asosida ―faktor – vositachi‖ bilan faktoring
operatsiyasi bo‗yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring
shartnomasi asosida, ma‘lum komission to‗lov hisobiga mijozga sotilgan tovar
yoki ko‗rsatilgan xizmatlarga to‗lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda,
faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‗larni to‗lash bilan bog‗liq
to‗lov hujjatlarni komission to‗lov asosida ―sotib oladi‖.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar
sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi.
Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi
B
27
bo‗yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‗lagan summani to‗lay olmasa,
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari
sifatida quyidagilarni ta‘kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‗rsatilgan
xizmatlarga to‗lashi lozim bo‗lgan mablag‗larni o‗z vaqtida to‗lash
imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli
vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish
jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‗larga
bo‗lgan ehtiyojini ta‘minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‗lardan samarali foydalanish hisobiga
qo‗shimcha foydani shakllantirishga bo‗lgan ehtiyojining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |