mission funksiyasi. Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish
bo‘yicha monopol mavqeiga ega. Bu «banknota yakka hokimligi», deb ham
miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir. Markaziy bankning naqd
pullarni berish jarayonidagi monopol mavqei, uning barcha pul massasining
hajmini, shu jumladan, tijorat banklarining hisob-raqamlaridagi pul mablag‘larini
ham nazorat qilishiga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xaqidagi qonunning 34-38- chi
moddalarida Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega
bo‘lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan. Shu nuqtai nazardan, u muomaladagi
pul massasining barqaror ravishda aylanishiga javobgardir.
Markaziy bank uchun banknotalarning xarid qobiliyatini barqaror darajada
saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng avvalo, muomaladagi
banknotalar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq. Bu holatni hisobga olgan bir qator
markaziy banklar, xususan, Germaniya Markaziy banki rahbariyati muomaladagi
naqd pul massasini tartibga solishni, kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir
qatorda, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashning muhim sharti, deb
hisoblaydi.
«Banklarning banki» funktsiyasi. Markaziy bankning «banklarning banki»
sifatidagi funktsiyasi, bizning fikrimizcha, asosan, quyidagi to‘rt yo‘nalishda
namoyon bo‘ladi:
Barcha tijorat banklari o‘z mablag‘larining ma‘lum qismini Markaziy
bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar sifatida saqlashga
majburdirlar.
Xususan, Germaniya Federativ respublikasida 1984 yildan boshlab, asosan,
barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq muddatli qo‘yilmalar bilan
shug‘ullanuvchi kredit institutlari va qurilish jamg‘arma kassalari ham minimal
rezervlarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo‘ldilar.
122
Bank mijozlari o‘zjamg‘armalarining yoki kreditlarining ma‘lum qismini
Markaziy bank biletlarida, ya‘ni naqd pullarda oladilar. Mijozlarning bu talabini
tijorat banklari Markaziy bankdagi muddatsiz jamg‘armalarining istalgan paytda
naqd pulga almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana
shunday yo‘l bilan butun bank tizimining to‘lovga qobilligiga ta‘sir qiladi. Ammo,
bundan har bir tijorat banki o‘zining naqd pullarga bo‘lgan talabini faqatgina ikki
muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Birinchidan, minimal
emission bank mablag‘lari hisobidangina qondira oladi, degan xulosa kelib
chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo‘ladi va
ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori rivojlangan
mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq ko‘chadi. Shunisi xarakterliki,
tijorat banklaridagi ortiqcha naqd pullar miqdori emission bank yaratgan pullar
miqdoriga tengdir. Demak, tijorat banklarining banknotalarni kreditga berish
imkoniyati cheklangan. Bu esa, ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy
bankka bog‘liqligini saqlab qoladi.
Shunday qilib, Markaziy bank rezervlar tizimi orqali bank tizimining to‘lovga
qobilligini ta‘minlayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, pul bozoridagi naqd pullarga
bo‘lgan talabni boshqarish orqali tijorat banklarining pul va kredit ekspansiyasini
nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘layapti.
122
Немецкий Федеральнқй банк. Специальное издания
Немецкого Федерального банка, №7, 1993 г., стр. 64.
1. Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit institutlari uchun
«so‘nggi kreditor»dir.
Tijorat banklari vaqtinchalik likvidli kredit oladilar. Bu kreditlar, albatta,
tijorat veksellari bilan, davlatning qimmatbaho qog‘ozlari bilan yoki bankning
boshqa qarz majburiyatlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish bo‘yicha amalga
oshiradigan doimiy operatsiyalari tufayli pul bozorining mq‘tadil faoliyati
ta‘minlanadi. Bu esa, o‘znavbatida, tijorat banklariga mijozlarga qulay bo‘lgan foiz
stavkalarida kreditlar berish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Ayni vaqtda, Markaziy bank, tijorat banklariga bergan kreditlari uchun
belgilaydigan foiz stavkalarini qzgartirish yo‘li bilan kredit resurslariga bo‘lgan
talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2. Markaziy bankning ushbu funktsiyasi doirasidagi uchinchi yo‘nalish,
asosan, ikki holatda namoyon bo‘ladi. Markaziy bank mamlakat hududida amalga
oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini, ularni qo‘llash tartibini va muddatini
belgilab beradi. Xususan, Nemis Federal banki to‘g‘risidagi qonunda
Bundesbankning «hisob-kitoblar tizimining banklar tomonidan mamlakatda va
xorij bilan bo‘lgan aloqalarda ijro etilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi» belgilab
qo‘yilgan.
Haddan ziyod katta miqdordagi zaxiralarni tijorat banklari tomonidan saqlab
turilishi xazina va tijorat veksellari kabi pul bozori vositalariga bo‘lgan talabni
qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga, tqlovning kechikishi yuqori inflyatsiya
sharoitida kelib tushadigan pul mablag‘lari real qiymatining pasayishiga, davlat va
korxonalar tomonidan kreditga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Bunday
sharoitda restriktsiyaviy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi, shubhasiz,
mablag‘lar etishmovchiligi natijasida ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarining
to‘planib qolishiga va korxonalarning o‘zaro qarzdorlik summalarining sezilarli
darajada o‘sishiga olib keladi.
3. Mamlakat bank tizimining mo‘‘tadil faoliyat ko‘rsatishida Markaziy
bankning qanday usullar yordamida va qay darajada tijorat banklari faoliyatini
nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish rivojlangan xorijiy
davlatlarda markaziy banklarning muhim faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk
Britaniya Markaziy bankigina nisbatan kech, ya‘ni 1979 yilda rasman, qonuniy
asosda banklar faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi.
Bundesbankning bu sohadagi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanmaydi. Balki nazoratni
Federal nazorat mahkamasi amalga oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat
mahkamasiga yaqindan ko‘maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda
bo‘linmalari mavjud emas va u to‘liq Federal bankning joylardagi
muassasalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat
mahkamasi bir qator masalalar bo‘yicha Markaziy bankning roziligini olishi
kerak. Masalan, banklarning o‘zkapitali va to‘lovga layoqatliligi xususida qaror
qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi bo‘lishi shart.
123
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng asosiy sababi
mamlakatda bank tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchni ta‘minlash. Bu ishonch tijorat
banklarining o‘zmijozlari - huquqiy va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini
to‘liq va o‘z vaqtida bajara olishi orqali ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: