Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:
- Sukerman indeksi;
- GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;
- Eyffinger–Shaling indeksi;
Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta
ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-
kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini
moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi
mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy
mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta
ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini
baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli
ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi
GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy
me‘zonlari quyidagilar:
- MB raisini tayinlashda hukumat aralashuvi;
- MB raisi 5 yildan ortiqroq muddatga tayinlanishi;
- MB direktorlar kengashi hukumat aralashuvisiz tayinlanishi;
- MB direktorlar kengashi 5 yildan ortiqroq muddatda boshqarishi;
- MBning direktorlar kengashida xukumat vakillarini ishtirokiga zaruratning
yo'qligi;
- Pul-kredit siyosatiga oil qarorlarni hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim
emasligi;
- MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar
darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishi shart;
- MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik
normalarini mavjudligi.
Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:
- MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;
- MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;
- Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining
ulushi;
Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko'ra 1 dan 5 gacha baholanadi.
Hozirgi vaqtda MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining
qonun
bilan
boshqarilishidir.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
MBning
boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumat
doimiy aralashmoqda. Bank boshqaruvida hukumat vakillarining ko'pincha ishtirok
etishi.
Hukumat
bilan
munozaralarda
MBning
qonuniy
himoyasining
chegaralanganligi.
MB raisi yoki Prezidentlarini tayinlash. U quyidagicha amalga oshirilishi
mumkin. MB rahbarlarini tayinlashda:
- parlament, Bank boshqaruvi;
- qonunchilik hokimiyati;
- ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyati birgalikda;
- bir-ikki ijro jetuvchi hokimiyat vakillari(hukumat rahbar va/yoki moliya
vazirligining ishtiroki)
Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda
GMT indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib
taklif etgan olimlarning familiyalarini bosh harfidan kelib chiqqan.
* Grilli
* Maskiandaro
* Tabellini
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me‘zon
bo'yicha baholanadi:
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz
tayinlanadi.
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining
majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q.
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan
ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi.
7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida
mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak.
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning
pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining
mavjudligi.
Hozirgi davrda dunyo bo'yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan
Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir (YeMB).
• YeMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va evrohudud hukumatlariga
umuman bo'ysunmaydi.
• YeMB baholar barqarorligiga javob beradi.
• YeMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o'zgartirilishi mumkin emas.
YeMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko'rib chiqish
natijasida o'zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha
ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat
uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar
siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin tutadi. Markaziy
bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar
mavjud. Ulardan so'nggilari sifatida ―The New Index for Central Bank
Independence‖ reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu
ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini
aniqlaydi. Bunda asosiy me‘zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar
siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik
(MM) ko'rsatkichlariga yaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga
asoslanadi.
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me‘zon
bo'yicha baholanadi:
1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi.
2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi.
3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma'lum muddatga beriladi.
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi
hisoblanmaydi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog'ozlarining birlamchi ishtirokchisi
hisoblanmaydi.
6. Markaziy bank o'zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan
kelishmasdan, o'rnatadi.
7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan javobgardir. (Bu
holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball o'zlashtiriladi yoki boshqa davlat
organi bilan birgalikda amalga oshirilsa 1 ball qo'yiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |