11.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy
bankning tashkiliy tuzilishi.
arkaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
-banknotalar (naqd pullar) emissiyasi,
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash,
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
-davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish,
-to‘lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
-valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish
funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu
soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda
belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan
pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank
davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini
boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda
aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli sug‘urta fondi sifatida
namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy
bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba‘zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi
ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o‘zida yig‘adi va burezervlar
xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash va
mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta‘minlash uchun ishlatiladi.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i
davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati
davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul
massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda
kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar
yig‘indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini
ta‘minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya
118
cbu.uz/uzc/o-banke/istoriya-bankovskoy-sistemy/
M
sur‘atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta‘minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish -
kredit ekspantsiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li
bilan olib boriladi, ya‘ni ishlab chikarish sur‘atlari tushib ketgan holda,
kon‘yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish - kredit
restriktsiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining
qisqarishiga asoslanadi.
Markaziy bank ―tor‖ va ―keng‖ ma‘noda pul -kredat siyosatini olib borishi
mumkin. ―Tor‖ siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa
muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta‘sir qiluvchi boshqa instrumentlar
yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. ―Keng‖ siyosatda
muomaladagi pul massasiga ta‘sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko‘rash olib
borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta
rezervlari va to‘lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo‘ladi.
Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib
boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib
quyidagilar xisoblanadi:
-minimal majburiy rezerv normalarini o‘rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |