(Velocity) – ne‘matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o‘rtacha
soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u
pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan
qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi.
Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining
mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma‘lum ma‘noda
ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqa
neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘z
xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini
jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.
Ko‘pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya‘ni
MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash
harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya‘ni
tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga
teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi
narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi.
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi
mutloq kattalikni EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi
undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi).
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular
pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan
pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog‘liq bo‘lmasligini asoslashga
urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi
va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo)
parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa
asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib,
narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Shubhasiz,
bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus
kasb etadi.
Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul
muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy
formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil
kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala
vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori
aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda,
pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj
kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o‘tishi
kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada
ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning
metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha
miqdori bo‘lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz xar
(xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga
asosan amalga oshadi.
Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning
miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz
bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta‘minlaydi,
shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z
kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish
rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu
tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar
bahosiga tug‘ri proportsional, ya‘ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi
muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘sir qiluvchi ikkinchi
omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir
ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim
omillarga aloxida e‘tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste‘mol kreditni rivojlantirish;
kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak
bo‘ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga
putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi
tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga, yoki pul
ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va
qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta‘siri bilan, ya‘ni:
Xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib
tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu oborotda
xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning
qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: