tashkil etilgan va xalqaro huquq talablariga bo‘ysinuvchi moliya muassasasidir.
Boshqa bir xalqaro muassasalar va tashkilotlar XMTning aksiyadorlarini tashkil
etsada, odatda, uning egasi milliy hukumatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan
XMT turi - turli millatli moliya tashkilotlari hisoblanadi, lekin XMT hisoblanuvchi
ikki mamlakat birgalikda tuzgan moliya tashkilotlari ham mavjud. Eng mashhur
XMT tashkilotlari 2-Jahon Urushidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy
maqsadi Yevropani qayta qurishda ko‘mak berish va jahon moliya tizimini
boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi.
Ko‘p tomonli (ikkidan ortiq davlat ishtirokida tuzilgan) rivojlanish banki
(MDB) bir qancha mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan muassasa bo‘lib,
rivojlantirish maqsadida moliyaviy va professional maslahatlar beradi. MDB
ishtirokida yirik a‘zolar ko‘lamiga ega. MDB bozor qiymatida uzoq muddatli
qarzlar shaklida, bozor qiymatidan past narxda juda uzoq muddatli qarzlar
137
Shuningdek, yana bir qancha sub-mintaqaviy ko‘p tomonlama rivojlanish
banklari mavjud. Ularning a‘zolik ko‘lami, odatda, faqatgina
qarz oluvchi davlatlar
bilan cheklanadi. Ya‘ni banklar xalqaro kapital bozorlaridan qarz olib, a‘zo
davlatlarga taqdim etishadi. Chunki bu a‘zo davlatlarning o‘zi yakka holda qarzni
olganiga nisbatan birmuncha arzon narxda tushadi va qarzni to‘lab berish uchun
javobgarlikni taqsimlaydi. Bunday banklarga quyidagilar kiradi:
Karib Taraqqiyot Banki (CDB)
Markaziy Amerika Iqtisodiy Integratsion Banki (CABEI)
Sharqiy Afrika Taraqqiyot Banki (EADB)
G‘arbiy Afrika Taraqqiyot Banki (BOAD)
Qora Dengiz Savdo va Taraqqiyot Banki (BSTDB)
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Savdo va Taraqqiyot Banki (ETDB)
Yevrosiyo Taraqqiyot Banki (EDB)
Yangi Taraqqiyot Banki (NDB) (oldingi BRICS Taraqqiyot Banki)
Bundan tashqari, bir qancha ko‘p tomonlama moliyaviy muassasalar (MFI)
ham mavjud. MFI xuddi MDB ga o‘xshash tashkilotlardir, lekin ular yanada
chegaralangan a‘zolik ko‘lami va faqatgina ma‘lum loyihalarni moliyalashtirishiga
ko‘ra farq qiladi. Ular:
Yevropa Kommissiyasi (EC)
Xalqaro Immunizatsiya Moliya liniyasi (IFFIm)
Xalqaro Qishloq xo‘jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD)
Nordic Investitsiya Banki (NIB)
OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi (OFID)
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Golland Moliya Kompaniyasi (FMO)
Jahon Investitsiya Banki (IIB)
Afrika Iqtisodiy Taraqqiyoti Arab Banki (BADEA)
Bretton Woods tashkilotlari
Eng mashhur xalqaro moliya muassasalari (IFI) 2-Jahon Urushidan so‘ng
Yevropani qayta qurishda ko‘mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi
xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishni ta‘minlash maqsadida tashkil
etilgan. Ularga Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) va Xalqaro Moliya
Korporatsiyasi kiradi. Bugungi kunda eng yirik IFI Yevropa Investitsiya Banki
bo‘lib, 2011-yilda jami bo‘lib dunyo bo‘yicha 61 milliard yevrolik loyihalarni
moliyalashtirgan.
Mintaqaviy taraqqiyot banklari
Mintaqaviy taraqqiyot banklari bir nechta mintaqaviy muassasalardan tashkil
topgan bo‘lib, ular Jahon Banki Guruhi kabi faoliyat yuritadilar, lekin faqatgina
ma‘lum mintaqalarga asosiy e‘tibor qaratgan holda. Ushbu banklarning eng
taniqlilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqaviy guruhlariga deyarli mos
bo‘lgan mintaqalarni qamrab oladi, ular tarkibiga Inter-Amerika Taraqqiyot Banki,
Osiyo Taraqqiyot Banki,
Afrika Taraqqiyot Banki, Markaziy Amerika Iqtisodiy
Integratsion Banki hamda
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki kabilar biradi.
Islom Taraqqiyot Banki yetakchi banklardan biri hisoblanadi. Ushbu bank a‘zolik
ko‘lami bo‘yicha Jahon Bankidan keyin turuvchi yagona ko‘p tomonlama
138
taraqqiyot banki hisoblanadi. Osiyo, Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi qit‘alari
bo‘ylab 56ta a‘zo mamlakatga ega.
Ikki tomonlama taraqqiyot banklari va agentliklari
Ikki tomonlama taraqqiyot banki bitta alohida mamlakat tomonidan tashkil
etilgan, rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning bozorlarini shakllantirish
loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasadir. Ularga
misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Nederlandiya Taraqqiyot Moliya Kompaniyasi FMO, bosh offisi Gaagada
joylashgan; dunyo bo‘yicha eng yirik ikki tomonlama taraqqiyot banklaridan
biridir.
DEG – Germaniya Investitsiya Korporatsiyasi yoki Deutsche Investitions-
und
Entwicklungsgesellschaft, bosh offisi -
Köln, Germaniya
Fransiya Taraqqiyot Agentligi va Caisse des dépôts – 1816-yilda tashkil
etilgan, ikkala
tashkilot ham Paris, Fransiyada bosh offisi mavjud.
Boshqa mintaqaviy moliyaviy muassasalar
Qo‘shni mamlakatlarning o‘zaro birlashgan holda umumiy ahamiyatga ega
bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasalaridir.
Ularning ko‘chiligi markaziy banklar, taraqqiyot va investitsiya banklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: