― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


O„zbekiston hududida dastlabki metall tangalar



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

O„zbekiston hududida dastlabki metall tangalar  miloddan ilgarigi VI asrda 

Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‗irligi 

8,4  grammni  tashkil  etgan  bo‗lib,    ―darik‖  deb  nomlangan  tilla  tangalar  ekanligi 

taxmin qilinadi. O‗sha vaqtlarda, ya‘ni miloddan ilgarigi VI  – IV asrlarda hozirgi 

O‗zbekistonning  asosiy  qismi,  ya‘ni  Xorazm,  Sug‗diyona  va  Sak  qabilalari 

yashagan  hududlar  Ahmoniylar  davlati  tarkibida  bo‗lganini  hisobga  olsak,  ushbu 

―darik‖lar  O‗zbekiston  zaminida  amal  qilgan  bizga  ma‘lum  birinchi  tangalar 

bo‗lgan desak xato qilmaymiz. 

Miloddan  avvalgi  330  –  327  yillarda  makedoniyalik  Iskandar  Ahmoniylar 

saltanatini  tor  –  mor  qilib,  hozirgi  O‗zbekiston  zaminida  joylashgan  Baqtriya  va  

Sug‗diyonaga  bostirib  kiradi.  Makedoniyalik  Iskandar  surati    tushirilgan 

tangalardan  vazni    4,1  g.  bo‗lgan  kumush  draxma,  vazni  8,2  g.  bo‗lgan  kumush 

didraxma  (ikki  draxma)  hamda  vazni  16,4  g.  bo‗lgan  kumush  tetradraxma  (to‗rt 

draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‗lgani ma‘lum. Shuningdek, vazni 8,4 

g.  bo‗lgan  oltin  tanga  (starer)  va  vazni  40  grammdan  ortiq  bo‗lgan  kumush 

dekadraxma ham zarb qilingan. 

Yunon  –  Baqtriya  davlati  tomonidan  zarb  etilgan  tangalardan  100  donaga 

yaqini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu  davlat pul tizimi 

asosini  o‗sha    paytda  draxma,  didraxma,    tetradraxma  va  dekadraxmalar  tashkil 

etganligi tarixiy manbalardan ma‘lum. 




O‗rta  Osiyo  eramizning  V  asrida  tarixan  qisqa  muddat davomida sosoniylar 

tasarrufida bo‗lgan. Bu  davrda hozirgi  O‗zbekiston  xududida turli  davrlarda  zarb 

etilgan  tangalar  muomalada  bo‗lgan.  Jumladan,  sosoniylar  tangalari  asosan  oltin, 

kumush  va  bronzadan  zarb  qilingan  bo‗lib,  ularda  sosoniy  shohlariing  suratlari 

bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi  ham  tushirilgan. 

Hozirgi  O‗zbekistonning  asosiy  qismi  V  asrning  ikkinchi  yarmida 

Sirdaryoning  sharqiy  sohilidan  kirib  kelgan  deb  taxmin  qilinayotgan  va  tarixda 

eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi. 

Eftaliylar davrida  O‗rta Osiyo asta sekin rivojlana boshlagan. Xalqaro savdo 

ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Xindiston, Eron va Vizantiya (Rum) 

bilan amalga  oshirilgan. 

Eftaliylar  dastlabki  paytlarda  sasoniy  hukmdorlari  Bahrom  va  Perozning 

kumush  tangalaridan  keng    foydalanishgan.  Buning  asosiy  sababi  sifatida 

sosoniylar  tomonidan  eftaliylarga o‗lpon sifatida  to‗langan  juda  ko‗p  miqdordagi 

kumush tangalar xazinada to‗planganligiga bog‗liq deb taxmin qilinadi. 

Eftaliylar  hukmronligi  davrida  juda  ko‗p  miqdorda,  ba‘zi  ma‘lumotlarga 

qaraganda  200  dan  ko‗proq  marta  metall  tangalar  zarb  qilingan.  Har  bir  viloyat,  

har bir yarim qaram xudud o‗zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‗lgan. 

Umuman,  V  –  VI  asrlarda  hozirgi  O‗zbekiston  hududiga  shimol  va  sharq 

tomonlardan  turli  ko‗chmanchi  xalqlar  tinimsiz  bosqinchilik  qilib  kirib  kela 

boshlaydi.  VIII  asrning  o‗rtalarida  O‗rta  Osiyo  arablar  tomonidan  bosib  olinib, 

o‗lkada islom dini joriy etiladi va  qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. 

Shu  davrdan boshlab muomalada bo‗lgan metall tangalar ko‗rinishida o‗zgarishlar 

yuz bera boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning suratlari o‗rnini 

islom  oyatlari  egallaydi.  Natijada  «kufi»  nomi    bilan  tarixda  ma‘lum  bo‗lgan 

tangalar davri boshlanadi. 

Islom  imperiyasida  markazlashtirilgan  boshqaruv  tizimi  tashkil  etilgandan 

keyin  xalifa  Abdumalik  696  yilda  imperiyaning  butun  hududida  yagona  pul 

tizimini  joriy  etdi.  Shu  davrdan  boshlab,    yirik  savdo  bitimlarini  amalga  oshirish 

uchun vazni 4,3 gramm bo‗lgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar  to‗lovi 

uchun vazni  2,8 gramm bo‗lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – 

sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma‘nosini 

anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‗sha 

davrda muomalada bo‗lgan. 

IX  asrga  kelib,  Movarounnahrda  somoniylar  davlati    vujudga  keladi. 

Somoniylar  xalifa    hukmronligini    rasman  tan  olishgan  bo‗lsada,  ular  amalda 

mustaqil  edilar.  Somoniylar  davlatining  poytaxti  Buxoro  shahri  bo‗lgan. 

Somoniylar  davlati  o‗z  tasarrufiga  hozirgi  O‗zbekistonning  asosiy  qismi, 

Turkmaniston  va  Tojikiston  hamda  Eronning  Xuroson  viloyatini  qamrab  olgan, 

markazlashgan  davlat  edi.  Bu  davlat  taxminan  120  yildan  ko‗proq  muddat 

davomida  mavjud bo‗ldi. 

XII  asrning  o‗rtalarida,  xorazmshoh  Otsiz  davriga  kelib,  Xorazm  davlati 

kuchayib  ketadi.  XII  asr  80  –  90  yillariga  kelib  Xorazm  o‗ziga  Movarrounnahr, 

Eron,  Forsiy  Iroqni    bo‗ysundiradi.  Xorazm  davlati  xorazmshoh  Tekash  (1172  – 




1200  yillar)  va  uning  o‗g‗li    Muhammad  (1200  –  1220  yillar)  hukmronligi 

davrlarida ayniqsa  gullab – yashnagan. 

Xorazmshohlar  davlatida  ham  an‘anaviy  musulmon  pul  birliklari  –  oltin 

dinorlar,  kumush  dirhamlar  va  mis  fuluslari  muomalada  bo‗lgan.  Bu  tangalarda 

ham  an‘ana  tarzida  xalifa  nomi  qayd  qilinib,  undan  so‗ng  xorazmshoh  nomi 

bitilgan. 

Mo‗g‗ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi 

xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‗lgan kumush dirhamlar muomalada bo‗lgan. 

Mayda savdo – sotiq uchun mis  pullar chiqarilgan. 

Mo‗g‗ullar    zulmiga    qarshi  xalq  bosh  ko‗taradi.  Bu  harakat  tarixda 

―Sarbadorlar‖ qo‗zg‗oloni deb nom olgan.Bu qo‗zg‗olon natijasida Samarqanddan 

mo‗g‗ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir Temur o‗tiradi 

va―Buyuk  Temur‖  saltanatini  barpo  etadi.  Ushbu  imperiya  tarkibiga  hozirgi 

O‗zbekiston,  Turkmaniston,  Tojikiston.  Qirg‗iziston,    Afg‗oniston,  Armaniston, 

Eronning  barcha  hududi,  Iroq,  Hindiston,  Ozarboyjon,  Gruziya,  Qozog‗istonning 

bir  qismi  kirgan.  Katta  miqdorda  vazni  2  grammni  tashkil  etgan  oltin  dinorlar, 

shuningdek,  vazni  1,8  gramm  bo‗lgan  kumush  tangalar  –  miralar  ham  zarb  etila 

boshlagan. 

Amir  Temurning  40  dan  ortiq  tanga  zarbxonalari  bo‗lganligi  va  bu  erlarda 

zarb  etilgan  oltin  va  kumush  tangalar  Evropada  ham  mashhur  bo‗lganligi  haqida 

ko‗p  ma‘lumotlar  mavjud.  Birgina  G‗arbiy  Eron  va  Ozarboyjonda  Amir 

Temurning  nomi  bitilgan  120  turdan  ortiq  oltin  va  kumush  tangalar  muomalaga 

kiritilgan

15



Rossiyada  XIX  asrda  va  XX  asrning  boshlarida  naqd  pul  shaklida  oltin 

tangalar keng qo‗llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin 

ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‗n va besh so‗mlik oltin tangalar 

mavjud  bo‗lgan.  O‗zbekiston  territoriyasida  ham    oktyabr  inqilobiga  qadar  Chor 

Rossiyasining  tangalari  bilan  bir  qatorda  Buxoro  va    Xiva  xonligining  oltin 

tangalaridan foydalanilgan.  

Jahon 

sivilizatsiyasining 



taboro 

rivojlanib 

borishi 

va 


iqtisodiy 

munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‗oz pullarning vujudga kelishiga 

zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‗rnini qog‗oz pullar egalladi. 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish